Ilmiy-tadqiqot faoliyati

Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha 2017-2018 o‘quv  yiliga mo‘ljallangan  ish rejasining bajarilishi haqida hisobot

 

Universitetda ilmiy – tadqiqot ishlari bo‘yicha 2017-2018 o‘quv  yiliga mo‘ljallangan  ish rejasi 26 banddan iborat bo‘lib, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash,innovatsion ishlarni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish va xalqaro ilmiy hamkorlik rivojlantirishga qaratilgan. Ish rejasida bajariladigan ishlar mazmuni, bajarish mexanizmlari, mas’ullar, bajarish muddatlari va kutiladigan natijalar ko‘rsatilgan.

Universitetda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchi (PO‘) larning ilmiy salohiyati. Hisobot davrida universitetda 32 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularda jami 171 nafar fan nomzodlari va 27 nafar fan doktorlari faoliyat ko‘rsatgan. Universitetning ilmiy salohiyati 43 foizni tashkil etgan.

2018 yil avgust holatiga ko‘ra universitetning ilmiy salohiyati 43 foizni tashkil etadi:

 

Stavkasi

Jami faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar soni

Shundan ilmiy darajalilar

Shundan

Ilmiy darajasiz lar soni

Fan nomzod lari

Fan doktorlari

PhD lar

DSclar soni

1

Asosiy shtatda

414

177

142

27

7

1

237

2

O‘rindosh

0

0

0

0

0

0

0

Jami

414

177

142

27

7

1

237

 

Shuningdek, ushbu ko‘rsatkich ilmiy unvonlilar kesimida quyidagi ko‘rinishga ega:

 

Stavkasi

Jami faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar soni

Ilmiy unvonlilar soni

Shundan

Ilmiy unvon-larsiz

 

Dotsentlar (Katta ilmiy xodim)

Profes-sorlar

Aka-demiklar

 

1

Asosiy shtatda

414

141

112

28

1

273

 

2

O‘rindosh

0

0

0

0

0

0

 

Jami

414

177

112

28

1

237

 

 

Kafedralar kesimida ilmiy daraja va ilmiy unvon olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot:

 

 

 

 

 

 

 

Kafedra nomi

Prof. o‘qit. soni

Fan dok tori soni

Fan nom zodi soni

Ilmiy salohiyatga ega bo‘lma gan

Ilmiy salohiyat
(% hisobida)

Daraja olgan

Unvon olgan

1

Matematika o‘qitish metodikasi

10

0

4

6

40,0

-

1

M.Barakaev

2

Umumiy matematika

9

0

6

3

66,7

-

-

3

Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi metodikasi

14

3

5

6

57,1

-

1

X.Tojboeva

4

Informatika o‘qitish metodikasi

15

1

4

10

33,3

-

-

5

Kimyo o‘qitish  metodikasi

14

1

5

8

42,9

-

2

O.Iskandarov

M.Ibodullaeva

6

Biologiya o‘qitish metodikasi

12

1

5

6

50,0

2

G.Ergasheva

I.Azimov

-

7

Botanika

9

1

4

4

55,6

-

-

8

Zoologiya va anatomiya

10

2

4

4

60,0

-

-

9

Geografiya o‘qitish metodikasi

14

0

8

6

57,1

-

3

Z.Amanbaeva

N.Safarova

A.Nizamov

10

Pedagogika va umumiy psixologiya

14

1

7

6

57,1

3

Z.Salieva

I.Raximova

P.Ergashev

5

M.Umarova

N.Mirashirova

Z.SAlieva

J.Gulyamov

A.Muxsieva

11

Psixologiya

10

1

3

6

40,0

1

G.Yakubova

-

12

Maktabgacha ta’lim metodikasi

10

0

4

6

40,0

 

1

G.Djanpeisova

13

Korreksion pedagogika

8

0

5

3

62,5

-

-

14

Maxsus ta’lim metodikasi

9

0

4

5

44,4

1 D.Yakubjanova

-

15

Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti

9

0

3

6

33,3

-

-

16

Ingliz tili amaliy kursi

10

0

1

9

10,0

-

1

O.Yusupov

17

Rus tili va uni o‘qitish metodikasi

8

1

2

5

37,5

-

-

18

Rus adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi

11

0

5

6

45,5

-

-

19

O‘zbekiston tarixi va o‘qitish metodikasi

17

2

6

9

47,1

1

D.Karimova

-

20

Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari

12

1

7

4

66,7

-

2

N.Jamolov

U.Nigmanova

21

Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

12

2

5

5

58,3

3

E.Yusupova

Sh.Otakulov

N.Kalkonov

-

22

Kasb ta’limi metodikasi

10

0

4

6

40,0

3

Sh.Abduraimov

X.Kodirov

 

-

23

Mehnat ta’limi va dizayn

14

0

3

11

21,4

1

D.Mamatov

1

M.Axmedov

24

Muhandislik grafikasi va uni o‘qitish metodikasi

8

0

4

4

50,0

-

-

25

Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi

9

1

2

6

33,3

--

-

26

Axborot texnologiyalari

8

0

2

6

25,0

--

-

27

Boshlang‘ich ta’lim metodikasi

22

2

15

5

77,3

2

 A.Xalikov

U.Masharipova

5

M.Djumaev

U.Masharipova

D.Xodieva

Z.Urazova

X.Sattarova

28

Jismoniy madaniyat

12

0

4

8

33,3

1

B.Maxmudov

1

U.Rajapov

29

Musiqa ta’limi

10

0

6

4

60,0

-

-

30

Tillar va nutq madaniyati

30

0

2

28

6,7

-

-

31

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

17

2

6

9

47,1

-

2

Ye.Li

M.Tilovoldieva

32

Umumiy pedagogika

19

4

5

10

47,4

-

-

33

ChXT

18

 

 

18

0,0

-

-

 

JAMI:

414

26

150

238

42,7

18

25

 

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Tillar va nutq madaniyati, Ingliz tili amaliy kursi kafedralarining salohiyati 10 foizdan kam.

 

REJALAShTIRILGAN IShLAR

 

  2016-2017 o‘quv yili yakunlari bo‘yicha nomli stipendiyalarga tavsiya etilgan nomzodlarning  hujjatlarini Vazirlik komissiyasiga topshirish. 2016-2017 o‘quv yili yakunlari bo‘yicha nomli stipendiyalar tanloviga universitetdan jami 9 nafar talabgorlarning  hujjatlari o‘rnatilgan tartibda 2017 yil 15 avgustda topshirildi va tanlov natijalariga ko‘ra ikki nafar (To‘xtashev Umarali Fayziraxmonovich – Kasb ta’limi fakulteti KIAT ta’lim yo‘nalishi III bosqich talabasi, Begimqulov Hasanboy Shukurboy o‘g‘li – Kasb ta’limi fakulteti Kompyuter grafikasi va dizayn ta’lim yo‘nalishi III bosqich talabasi)  talabalarimiz Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi va bir nafar talaba (Ziyoviddinova Madinaxon Faxriddin qizi – Pedagogika fakulteti Defektologiya ta’lim yo‘nalishi III bosqich talabasi) Islom Karimov  nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldilar.

2018 yil  iyun oyida Davlat stipendiyalari tanlovining 1-bosqichi o‘tkazildi. Tanlov  natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovlarida ishtirok etish uchun 2 nafar (N.Yoriqulova, B.Israilova), Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etish uchun 4 nafar talaba (A.Tyukmaeva, M.G‘iyosova, J.Tojiboev, D.Xaldibekova) va Islom Karimov nomidagi stipendiya tanlovida ishtirok etish uchun  1 nafar talaba (N.Qodirova) nomzodi tavsiya etildi. Rejaga muvofiq 2018 yil 15 avgust kuni ularning hujjatlari tanlovda ishtirok etish uchun vazirlikka topshirilgan.

Bajarilishi 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadqiqotlar dasturlari doirasidagi loyihalar tanlovida kafedra professor-o‘qituvchilarining faol ishtirok etishini ta’minlash. Universitetda hisobot yilida ilmiy texnik dasturlar doirasida jami 6 ta loyiha bajarildi. Ularning 3 tasi amaliy, 3 tasi fundamental hisoblanadi. Bajarilayotgan loyihalarda jami 67 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etmoqda, jumladan, 9 nafar fan doktori, 19 nafar fan nomzodi, 12 nafar o‘qituvchi, 8 nafar doktorant va talabalar jalb qilingan. Loyihalar doirasida 2017-2018 o‘quv yili davomida 2 ta monografiya, 32 ta xorijiy, 67 ta mahalliy ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar, 32 ta xalqaro ilmiy anjumanlar, 80 dan ortiq respublika anjumanlari to‘plamlarida ma’ruzalar chop etildi.

           Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun 16ta loyiha tayyorlangan. Tanlov natijalariga ko‘ra  N.Kamilova  rahbarligida PZ-0170928676 raqamli “O‘zbekiston uyushmagan yoshlarida mafkuraviy immunitetni shakllantirishning ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish” mavzusida, A.Nurmanov rahbarligida - PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusida, Z.Nishanova rahbarligida - PZ-0170923121  raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish mavzusida 3ta amaliy loyiha g‘olib deb topilgan.

   2018 yil iyul oyida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasiga universitetda bajarilayotgan barcha 6ta loyihalarga ijobiy xulosalar berildi.

Kafedralar va fakultetlarning 2017-2018 o‘quv yili uchun  ilmiy-tadqiqot ishlari  rejalarini o‘rganish, tahlil qilish va tasdiqlash. 2017 yil avgust– sentyabr oylarida universitetdagi barcha kafedralarning ish rejalari o‘rganildi va tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 maydagi “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 302-sonli va 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini  yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  304- sonli Qarorlari asosida kafedralarning 2017 yil kalendar yili uchun mo‘ljallangan ish rejalariga qisman o‘zgartirishlar kiritildi. Ish rejalarining bajarilishi kafedra majlislarida, fakultet kengashlarida va rektor huzuridagi majlislarda bir necha marotaba muhokama qilingan.

Hisobot davrida universitetda 32 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularda jami 171 nafar fan nomzodlari va 27 nafar fan doktorlari faoliyat ko‘rsatgan. Universitetning ilmiy salohiyati 43 foizni tashkil etgan.

         Xorijiy hamkor  OTM va  tashkilotlar hamda diplomatik  korpuslar  hamkorligida  O‘zbekiston  yutuqlarini  xalqaro  maydonda  keng tushuntirish  uchun xalqaro,   respublika  miqyosidagi  nufuzli  ilmiy-amaliy anjumanlarni  o‘tkazish. Xorijiy hamkorlar vakillari, mamlakatimizning yetakchi mutaxassislari bilan fikr almashish, ilmiy munozara va muhokama uyushtirish maqsadida tashkil etilgan “Zamonaviy uzluksiz ta’lim muammolari: innovatsiya va istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya joriy yilda universitetning eng muhim ilmiy voqealaridan biriga aylandi.

Konferensiya ishida 600 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi, ilmiy xodim va talabalar ishtirok etdi. Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Italiya, Malta, Qozog‘iston, Tojikiston kabi mamlakat vakillari ishtirok etgan konferensiyaning bosh maqsadi respublikamiz va xorijda uzluksiz ta’lim jarayonining asosiy tendensiyalarini aniqlash, kadrlar tayyorlash sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar hamda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashishdan iborat bo‘ldi.

     O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 martdagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2018 yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 233-sonli buyrug‘i asosida universitetda bir qator konferensiyalar tashkil etildi. 2018 yil 30 mart kuni “Geografiya va geografiya ta’limidagi muammolar” mavzusida, 2018 yil 16 may kuni “Loyihalashtirish usulidan foydalangan holda o‘quvchilarning ilmiy-tadqiqot malakasini rivojlantirish” mavzusida, 2018 yil 2 aprel kuni “Defektologiyaning dolzarb masalalari” mavzusida, 2018 yil 21 aprel kuni “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv-tarbiya jarayoniga integratsiyani joriy etilishining ilmiy-nazariy va metodologik asoslari” mavzusida, 2018 yil 23 aprel kuni “Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar” mavzusida, 2018 yil 22 aprelda “Zamonaviy informatikaning dolzarb muammolari: o‘tmish tajribasi, istiqbollari” mavzusida konferensiyalar tashkil etildi.

Xorijiy hamkorlar vakillari, mamlakatimizning yetakchi mutaxassislari bilan fikr almashish, ilmiy munozara va muhokama uyushtirish maqsadida tashkil etilgan “Zamonaviy uzluksiz ta’lim muammolari: innovatsiya va istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya joriy yilda universitetning eng muhim ilmiy voqealaridan biriga aylandi.

Konferensiya ishida 600 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi, ilmiy xodim va talabalar ishtirok etdi. Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Italiya, Malta, Qozog‘iston, Tojikiston kabi mamlakat vakillari ishtirok etgan konferensiyaning bosh maqsadi respublikamiz va xorijda uzluksiz ta’lim jarayonining asosiy tendensiyalarini aniqlash, kadrlar tayyorlash sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar hamda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilarlarga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashishdan iborat bo‘ldi.

Hisobot davrida 12 ta xorijiy delegatsiyalar universitetimizga tashrif buyurganlar. 2017-2018 o‘quv yilida xorijiy ta’lim muassasalariga stajirovka, magistratura va doktoranturaga o‘qishga yuborishni tashkil qilish bo‘yicha ko‘p ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2017-2021 yillarda xorijiy davlatlarga stajirovka va o‘qishga yuboriladiganlar to‘g‘risida rejalar shakllantirildi. Xususan¸ 2017-2021 yillar davomida 79 nafar xodimlarning borishi rejalashtirilgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hisobot davrida Belgorod davlat universiteti, Sharqiy Xitoy universiteti, Turkmaniston davlat pedagogika univesitetlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Fransiya, Buyuk Britaniya, Koreya, Afg‘oniston davlatlaridan delegatsiyalar keldi. Professor-o‘qituvchilarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari ortdi. AQSh, Kanada davlatlari OTMlari bizning universitetimiz bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qiziqmoqdalar. Ularga TDPU haqida ingliz tilida ma’lumotlar tayorlab berildi.

Konferensiyada zamonaviy uzluksiz ta’lim muammolari quyidagi yo‘nalishlarda muhokama qilindi: oliy pedagogik ta’limda innovatsion jarayonlar; zamonaviy ta’limni rivojlantirishning dolzarb pedagogik-psixologik muammolari; uzluksiz ta’lim tizimida o‘qitishning innovatsion metodlari; maktabgacha ta’lim: islohotlar va istiqbollar;  O‘zbekistonda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini isloh qilishning nazariy va amaliy muammolari; alohida ehtiyojmand  bolalarga ta’lim berishning dolzarb muammolari; oliy ta’limdan keyingi ta’limni rivojlantirish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalari.

Hozirda 2019 yilda o‘tkaziladigan konferensiyalarga taklif berish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

         O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2016 yil 21 noyabrdagi  103-sonli  bayonida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq amaliy tadbirlarni amalga oshirish. Ushbu qarorda universitetda ustoz-o‘qituvchilarga biriktirilgan doktorant, izlanuvchi, mustaqil izlanuvchilar va bitirib ketgan sobiq katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning dissertatsiya ishlari nazoratsiz qolganligi, Ilmiy maktablarni rivojlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish sohasidagi faoliyati talab darajasida emasligi ta’kidlangan.

         Xususan, ushbu qaror asosida himoyasi kechikkan 42 nafar KIXIlarning 4 nafari (B.Turaev, A.Isyanova, M.Nazarova, I.Raximova) doktorlik dissertatsiyasini himoya qildilar.

         Universitetda fan doktorlarining ilmiy salohiyatidan unumli foydalanish, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash samaradorligini oshirish va ilmiy ishlarning amaliy natijadorligini ko‘tarish maqsadida  “Innovatsion g‘oya va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash” kengashi tuzilgan bo‘lib, unga 43 nafar fan doktorlari va professorlar a’zo sifatida kiritilgan. Har bir fan doktorining 2018 yil uchun yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat, ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etish, shaxsiy ilmiy maktabni rivojlantirish, mavjud ilmiy maktablar doirasida ilmiy-tadqiqotlar olib borish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy konferensiyalar tashkil etish bo‘yicha aniq tadbirlar belgilangan.

         Universitetda fan-ta’lim sohasi kadrlari salohiyatini mustahkamlash, fundamental amaliy va innovatsion tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning ilmiy salohiyati va boy hayotiy tajribasidan samarali foydalanish maqsadida tarix fanlari doktori, akademik A.Asqarov universitetning «Tarix o‘qitish metodikasi» kafedrasiga biriktirildi.  Barcha fakultet kengashlarida va kafedra majlislarida akademik A.Asqarovning ilmiy salohiyati va imkoniyatidan foydalanish, akademik bilan uchrashuvlar tashkil qilish, o‘quv-ilmiy jarayonni takomillashtirish va ma’naviy hayotni sog‘lomlashtirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil qilish yuzasidan tahlil qilib, ish rejalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritganlar.

            2018 yilda universitet tasarrufidagi O‘zPIFTI xodimi R.Djuraev akademik unvonini olishga muvaffaq bo‘ldi.

Kafedralar va fakultetlarning 2018  yil uchun  ilmiy-tadqiqot ishlari  rejalarini o‘rganish, tahlil qilish va tasdiqlash. Kafedralarning ilmiy sohada olib boriladigan ishlari rejalari 2018 yilda kalendar yili uchun ham ishlab chiqilgan. Bulardan tashqari kafedralarning 2018 yildagi ishlari OTMlar reytingini ko‘tarish bo‘yicha ishlab chiqilgan taqsimotda ham o‘z aksini topgan.

  2018 yil yanvar oyida barcha kafedralar professor-o‘qituvchilarining olib borilayotgan hisobotlari eshitildi va tahlil etildi. Shuningdek, 2018 yil iyul oyida professor-o‘qituvchilarni 110 ballik tizim asosida baholash jarayonida rejalarning bajarilishi yana bir marta tahlil etildi.

Rivojlangan xorijiy davlatlarda fan doktori tayyorlash tajribasini chuqur tahlil qilgan holda fan doktorlari tayyorlash,  yuqori ilmiy-usulubiy va amaliy-tatbiqiy ahamiyatga ega monografiya va ilmiy maqolalar tayyorlash va ularni nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilishini tahlil qilish. Hisobot davrida professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot sohasida va  ilmiy ishlar sohasida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lgan. Xususan, universitetning professor-o‘qituvchilaridan Q.Saparov, M.Urazova, B.Li, I.Matyakubov, P.Mirxamidovalar  xorijiy mutaxassislar bilan ta xammualliflikda o‘quv adabiyotlari (Biologicheskaya ximiya, Delovoy koreyskiy yazыk, Alpamish, Vospitatelnaya sistema kak faktor sotsialnogo stanovleniya starsheklassnikov, Ocherki po istorii, kulture i ekonomike  Korei, Koreya tarixi, madaniyati va iqtisodiyotga oid ocherklar, Gelmintы jvachnыx jivotnыx Uzbekistana) chop etilgan.

Hisobot davrida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan 14ta monografiya, 79ta xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar nashr qilingan.

Universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, tayanch  doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda amaliy yordam ko‘rsatish orqali universitet ilmiy salohiyatini  oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish. 2017-2018 o‘quv yilida universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan 46 nafar doktorantlar, 38 nafar mustaqil izlanuvchilar va 100dan ortiq erkin izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyasi mavzusi tasdiqlandi. 2017 yilda universitet tadqiqotchilari tomonidan 12ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilingan bo‘lsa,  2018 yilning olti oyi davomida universitet o‘qituvchilari tomonidan yana 6ta (N.Kalkonov, E.Yusupova, Sh.Otaqulov, U.Masharipova, I.Azimov, B.Maxmudov) dissertatsiya (PhD) himoya qilingan.

Hisobot yilida 2 nafar tayanch doktorant (S.Babadjanov, I.Rasulov)larning muddatidan oldin doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilganligni alohida ta’kidlash lozim. Bulardan tashqari 1 nafar tayanch doktorant (N.Abidova) ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminardan muhokamadan o‘tdi. Shuningdek, 2 nafar doktorant (A.Raximov, I.Ilxamova) hujjatlarini ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashga topshirdilar. Bulardan tashqari mustaqil izlanuvchilardan A.Xalikov, A.Magrupov, Ya.Ismadiyarov, G.Ergashevalar doktorlik (DSc) doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilganligini aloxida ta’kidlash lozim.

Bulardan tashqari universitet professor-o‘qituvchilarining 2 nafari (Sh.Sharipov, M.Djumaev) professor, 24 nafari (Barakaev Murod - Matematika o‘qitish metodikasi» kafedrasi dotsenti v.b., Urazova Z.M. – boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti v/b; Masharipova U.A. – boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, Nigmanova U.B. – milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi o‘qituvchisi; Xodieva D.P. – boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti v/b; Mirashirova N.A. – Pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi dotsenti v/b; Djanpeisova  G.E. – maktabgacha ta’lim kafedrasi mudirasi v/b; Radjapov U.R. – jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri; Sattorova X.M. – boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti v/b; Umarova M. – pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi dotsenti v/b; Nizamov A. – geografiya o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti v/b; Yusupov O.N. – ingliz tili amaliy kursi kafedrasi mudiri v/b. Safarova N. – geografiya o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti v/b; Amanbaeva Z. – geografiya o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti v/b; Iskandarov A.Yu. – kimyo o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri v/b; Ibodulloeva M.I. – kimyo o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti v/b; Nigmanova U.B. – milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi o‘qituvchisi; Jamolov N.Q. – milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi mudiri. Salieva Z.T. – Pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi mudiri; Muxsieva A.Sh. – Pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi dos. v/b.; Li Ye.V.– Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi dotsent v/b; Tilavoldieva M.X. – Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi dotsent v/b.; Axmedov M.B. – Mehnat ta’limi va dizayn kafedrasi dotsent v/b.;Tajiboeva X. – Fiz.-ast. kafedrasi dotsent v/b.; Gulyamov J.R. – Pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi dos. v/b.) dotsent ilmiy unvonini olishga erishdilar.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli Qarori va VMning 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 371-sonli Qarorlarida belgilangan vazifalarning fakultetlar va kafedralardagi ijrosini ta’minlash. Professor-o‘qituvchilarning xorijiy tillarda ilmiy maqolalar nashr etishiga aloxida e’tibor qaratilgan. 2017 yilda vazirlik tomonidan reyting ko‘rsatkichlariga oid ma’lumotlarning bajarilishi elektron tizimi yaratildi va har oyda monitoring olib borish tartibi shakllantirildi. Mazkur masala rektor huzuridagi majlisda bir necha marotaba muhokama qilindi. Bu yili universitet reytingiga oid ma’lumotlarni to‘plashda kafedra mudiri va fakultet dekanlarining shaxsiy javobgarligi oshirildi. Taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchli ekanligini har bir kafedra mudiri imzosi bilan tasdiqlab berdi. To‘plangan ma’lumotlar tahlil qilindi, ularni tasdiqlovchi asoslarining elektron zahirasi yaratildi. Umuman, reyting ko‘rsatkichlariga oid ma’lumotlarning dinamik o‘zgarishi bo‘yicha tahliliy jadvallar, diagrammalar tayyorlandi. Tasdiqlangan jadvallar asosida to‘plangan ma’lumotlar tegishli tashkilotlarga o‘z muddatida topshirilgan.

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 noyabrdagi 47-sonli majlis bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’atining 2015 yil 18 noyabrdagi  49- son majlisi bayonida innovatsion hamkorlik aloqalarini tashkil etish va rivojlantirishga oid belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash. Hisobot davrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2015 yil  4 noyabrdagi 47- sonli majlis bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’atining 2015 yil 18 noyabrdagi  49- son majlisi bayonida berilgan  innovatsion hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uslubiy asoslar yaratish vazifasi bajarildi. Ushbu me’yoriy hujjatlar asosida kafedralarda innovatsion hamkorlik o‘rnatilishi lozim bo‘lgan tashkilotlar, mas’ullar va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar qayta ko‘rib chiqildi. 2018 yil iyun oyida innovatsion yondashuvga asoslangan talabalarning “Yosh innovator – faol tadbirkor”, “Tadbirkor – elga madadkor” nomli  qo‘l mehnati ishlari innovatsion yarmarkalari tashkil etildi.

Toshkent davlat pedagogika universitetida  2018 yilda kafedralarning ilmiy sohada reytingni ko‘tarishga oid tayyorlashi lozim bo‘lgan nashr ishlari taqsimotida belgilangan vazifalarniing bajarilishini tashkillashtirish, tahlil qilish, monitoringini olib borish. 2017 yilda vazirlik tomonidan reyting ko‘rsatkichlariga oid ma’lumotlarning bajarilishi elektron tizimi yaratildi va har oyda monitoring olib borish tartibi shakllantirildi. Mazkur masala rektor huzuridagi majlisda bir necha marotaba muhokama qilindi. Bu yili universitet reytingiga oid ma’lumotlarni to‘plashda kafedra mudiri va fakultet dekanlarining shaxsiy javobgarligi oshirildi. Taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchli ekanligini har bir kafedra mudiri imzosi bilan tasdiqlab berdi. To‘plangan ma’lumotlar tahlil qilindi, ularni tasdiqlovchi asoslarining elektron zahirasi yaratildi. Umuman, reyting ko‘rsatkichlariga oid ma’lumotlarning dinamik o‘zgarishi bo‘yicha tahliliy jadvallar, diagrammalar tayyorlandi. Tasdiqlangan jadvallar asosida to‘plangan ma’lumotlar tegishli tashkilotlarga o‘z muddatida topshirilgan.

O‘tgan 2017 yil bo‘yicha universitet respublikadagi OTMlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi. Universitet 2017 yilda ayrim baholash indikatorlari (reytingni aniqlashda yetakchi 8 indikatordan 4ta indikator) bo‘yicha OTMlar reytingi ko‘rsatkichlarida eng yetakchi OTM sifatida qayd etilgan. Jumladan xorijiy talabalar soni (43 nafar) bo‘yicha respublika OTMlari  o‘rtasida 5-o‘rin; dunyoning nufuzli 1000 ta OTMlarida dasr-mashg‘ulotlarini o‘tgan PO‘lar (1 nafar)soni bo‘yicha 25-o‘rin; reytingni aniqlash yilida ilmiy ishlarni himoya qilgan PO‘lar soni bo‘yicha (9 nafar) 8-o‘rin; PO‘lar tomonidan nashr etilgan ilmiy nashr hissasi (189 ta) ga ko‘ra 6-o‘rinni egallagan.

Quyidagi 5 ta indikator ko‘rsatkichlari bo‘yicha universtetning qayd etgan reyting ballari eng yaxshi 10 ta universtet ko‘rsatkichlaridan quyida qayd etilgan:

Jumladan: xorijiy OTMlar ilmiy darajalarini olgan PO‘lar ulushi; fan doktori hamda fan nomzodi ilmiy darajasiga ega PO‘ lar ulushi (ilmiy salohiyat); xalqaro ma’lumotlar indekslariga ko‘ra universitet PO‘lari ilmiy ishlariga iqtiboslar soni; ilmiy faoliyatdan topilgan mablag‘lar.       O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2018 yil 7 martdagi 9-sonli qo‘shma qaroriga binoan OTM lar reyting ko‘rsatkichlarini aniqlash tizimiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mazkur qo‘shma qaror talablarini bajarish maqsadida universitet rektorining 2018 yil 24 mayda 467-U buyrug‘i chiqarilgan.

Yuqoridagi me’yoriy hujjatlarda  belgilangan indikator ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, universitetda 2018 yil uchun reyting talablarini bajarish rejasi (har bir kafedra kesimida PO‘larga aniq rejalar), reyting ko‘rsatkichlari bajarilishiga ma’ul rahbarlar, universitet reytingini oshirish indikatorlarining statistik jamlanmalari  ishlab chiqildi.

Ushbu reyting ko‘rsatkichlarini bajarish rejasi universitetning bir qator rahbariyat yig‘ilishlarida ko‘rib chiqildi va bildirilgan fikr mulohazalar hamda takliflarga binoan takomillashtirildi.

Universitet huzurida faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy kengash faoliyati uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish, dissertatsiyalarning kafedra yig‘ilishlarida va fakultet qoshidagi ilmiy seminarlarda chuqur muhokama etilishiga amaliy yordam berish. Universitetda pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.Ped.26.01 raqamli kengash faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur kengashga kelib tushgan hujjatlarni ekspertiza qilish, kengash qoshidagi ilmiy seminarlar faoliyati, dissertatsiyalar himoyasi va attestatsiya hujjatlarini tayyorlash va topshirish OAK talablari asosida amalga oshirilgan.

Professor-o‘qituvchilarning, doktorant va tayanch doktorantlarning xorijiy davlatlarda, respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etishini tashkillashtirish, monitoringini olib borish. Hisobot davrida professor-o‘qituvchilarning, izlanuvchilarning xorijiy davlatlarda, respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etishini ta’minlash maqsadida xalqaro miqyosdagi 15ta va respublika va vazirlik miqyosidagi 40dan ortiq konferensiyalar haqidagi xabornomalar tarqatildi. Hisobot davrida 36ta doktorantlar xorijiy ilmiy konferensiyalarda 61 ta tezislarini nashr qilishga muvaffaq bo‘ldilar. Shuningdek, 21 nafar doktorantlar xorijiy ilmiy jurnallarda kamida 1tadan ilmiy maqola nashr etishga muvaffaq bo‘ldi. 2017 yil 25 may kuni universitetda tashkil etilgan xalqaro konferensiyada barcha doktorantlar faol ishtirok etdilar.

Monografiyalar, ilmiy maqolalar, innovatsion loyihalarning tanlovlarini o‘tkazib borish, g‘oliblarni taqdirlash. Universitetda 2018 yil mart oyida “Eng yaxshi monografiya muallifi” va “Eng yaxshi xorijiy maqola muallifi” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov tashkil etildi. Monografiyalar bo‘yicha tanlov natijalariga ko‘ra aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi yo‘nalishi bo‘yicha - A.Abdukodirov, D.Mamatov, G.Ergasheva, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi yo‘nalishi bo‘yicha  - S.Bulatov, I.Panfyorova, Yu Matenova, pedagogika-psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha P.Ergashev, Z.Urazova, Ya.Ismadiyarovlar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritganlar. Xorijiy maqolalar bo‘yicha tanlov natijalariga ko‘ra aniq fanlarni o‘qitish metodikasi yo‘nalishi bo‘yicha X.Yusupov, A.Xo‘jaev, R.Turgunbaev, tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi yo‘nalishi bo‘yicha – Q.Saparov, D.Sharipova, G.Tursunbaeva,  pedagogika-psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha - M.Urazova, D.Nurkeldieva, U.Masharipova, ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishi bo‘yicha – E.Yusupova, S.Tillaboev, K.Tulenovalar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritganlar.

Kafedralarning O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxonalari va OTMlar bilan hamkorligini rivojlantirish. Universitet bilan hamkorlik o‘rnatiladigan korxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan. Ularning umumiy soni 69ta bo‘lib, aksariyati ta’lim muassasalari hisoblanadi. Hamkorlik o‘rnatilgan korxonalarning 5tasi ishlab chiqarish korxonasi, 13tasi Fanlar akademiyasi tarmoq instituti, 7tasi oliy ta’lim muassasalari, 14tasi xalq ta’limi muassasalari, 37tasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari hisoblanadi.

2018 yil sentyabr oyidan boshlab Fanlar akademiyasi tarmoq institutlari bilan hamkorlik shartnomalari va ularning moddiy-texnik bazalaridan foydalanish uchun alohida choralar belgilanmoqda.

Kafedralar qoshidagi ilmiy-metodik seminarlar faoliyatini tashkil etish va nazorat qilib borish. Ularda iqtidorli talabalar, magistrlar, doktorant va tayanch doktorantlarning faol ishtirokini ta’minlash. Barcha kafedralar qoshidagi ilmiy seminarlar faoliyat ko‘rsatib turibdi. Bulardan tashqari fakultetlarda yirik 8ta seminar faoliyat ko‘rsatdi. Mazkur seminarlardan “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi”, “Tabiiy fanlar va ularni o‘qitish metodikasi” ilmiy seminarlari faol ishladilar.

Oliy va o‘rta maxsus  ta’lim vazirligi va boshqa tashkilotlardan keladigan rasmiy hujjatlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash. Bo‘limda xodimlarining ishga kelish-ketishlarini qayd qilish daftari yuritilgan va qayd qilib borilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  farmon, farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlarida qo‘yilgan  vazifalar ijrosining  belgilangan  muddatda  va talab darajasida  ta’minlanishi  qayd qilib borilgan. Yuqori tashkilotlardan kelgan barcha  xujjatlarni  ro‘yxatga olish  bo‘yicha  5ta daftar mavjud bo‘lib, ular  talab  darajasida yuritilgan. Yuqori tashkilotlardan kelgan  va qayd qilingan  xujjatlar bo‘yicha aniq ijrochilar belgilangan, ularning ijrosi daftarlarga belgilab borilgan. Hujjatlar  yig‘ma  jildlarda  talab darajasida saqlangan. Ilmiy ishlar prorektorining jismoniy  va yuridik  shaxslarni qabul qilish  grafigi  mavjud va unga rioya qilinadi. Fuqarolar  murojaatlari belgilangan  muddatlarda  va o‘rnatilgan  tartibda   ko‘rib chiqilgan.

Tayanch doktorant va doktorantlarning chorak va yarim yillik hisobotlarini  muhokama qilish. 2018 yildan e’tiboran universitetda doktorantlarning faoliyatini olib borishning elektron tizimi shakllantirildi. Unda doktorantlar har haftada amalga oshirilgan ishlarini elektron tizimga kiritib bormoqdalar. Bulardan tashqari 2018 yil 3-4 iyul kunlari rektor tomonidan tasdiqlangan grafik asosida pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash a’zolari D.Sharipova, L.Muminova, R.Isyanov va B.Abdullaevalar ishtirokida doktorantlar faoliyati monitoringi o‘tkazildi va doktorantlarga kerakli tavsiya va xulosalar berilgan.

Muntazam ravishda tashkil etiladigan “Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va loyihalar” yarmarkasida faol ishtirok etish. 2018 yil 28 mart kuni o‘tkazilgan “Yoshlarning innovatsion g‘oyalari va texnologiyalarini qo‘llab-quvvaitlash yarmarkasi”da universitetning tayanch doktorantlari M.Rustamova va N.Ruzikulova, dotsenti N.Voxidovalar ishtirok etganlar. Mazkur yarmarka natijalariga ko‘ra faol ishtiroki uchun Innovatsion rivojlanish vaziri, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi raisi tomonidan universitet rektori tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

2018 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida ishtirok etish uchun universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan 18 ta ishlanma taqdim etilgan. Taqdim etilgan ishlanmalar, asosan, ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, o‘qitish texnologiyalari va multimediyali darsliklar yaratishga qaratilgan.

Universitet talabalarining fanlar bo‘yicha olimpiadalarini o‘tkazish, g‘oliblarni Respublika bosqichiga tayyorlash va ularning faol ishtirokini ta’minlash. Universitetda 2018 yilda 35ta fan bo‘yicha talabalar fan olimpiadasining birinchi bosqichi o‘tkazildi va g‘oliblar respublika bosqichiga tavsiya etildi. Umuman, respublika miqyosida o‘tkazilgan olimpiada natijalariga ko‘ra universitet talabalari jami 8ta sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shulardan  3 nafari 1-o‘rin, 2 nafari 2-o‘rin va 3 nafari 3-o‘rin sohiblari hisoblanadi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 19 iyundagi   24-XFU - son buyrug‘i asosida universitetimizda 2018 yil 4-chorak davomida Informatika fani bo‘yicha mintaqaviy olimpiadani tashkil etish va o‘tkazish belgilab berilgan. Informatika fani bo‘yicha mintaqaviy olimpiada o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida informatika fanidan mintaqaviy olimpiada o‘tkazishga tayyorgarlik va tashkiliy ishlarni amalga oshirish  bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlangan va mas’ullar tomonidan tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Universitetning  xalqaro  nufuzini  oshirish maqsadida  xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlarini universitetga  jalb etish. Universitetda  “ERAZMUS+” xalqaro fondning “Internalizatsiya i modernizatsiya obrazovaniya i protsessov v sfere vыsshego obrazovaniya Uzbekistana”  mavzusidagi xalqaro loyiha bajarilmoqda. Mazkur loyihani  bajarishda universitetning Kasb ta’limi fakulteti dekani Ya.Ismadiyarov, p.f.n. L.Nabiulina,  p.f.n., dos. R.Isyanovlar  ishtirok etmoqdalar. Bulardan tashqari universitetning bir qator professor-o‘qituvchilari mazkur loyihaga ijrochi sifatida jalb qilingan.

            Universitetda “ERAZMUS+” dasturi doirasida 2017 yil 1 dekabrdan boshlab  “Giyohvandlikka qarshi turing (Stand Against Drugs)” nomli loyiha bajarila boshlandi. “Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi U.A.Kulijanov mazkur loyihaning koordinatori etib tayinlangan.

                2018 yil avgust oyida yana 2ta xalqaro grant loyihalari tayyorlandi.

Universitetda OAK tomonidan belgilangan fanlar bo‘yicha malakaviy imtihonlarni o‘tkazish. Universitetda 2017 yil noyabr-dekabr oylarida va 2018 yil fevral-may oylarida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish bo‘yicha talabgorlardan ixtisoslik imtihonlari va ingliz tili fanidan malakaviy imtihonlar tashkil etildi. Bulardan tashqari 2018 yil iyun oyida universitetda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgorlardan “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar”, “Pedagogik fikrlar tarixi”, “Oliy ta’limda metematika o‘qitish metodikasi”, “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanlaridan malakaviy imtihonlar qabul qilindi.

Kafedralarda amalga oshirilgan ilmiy-tadqikot faoliyati yuzasidan yillik ilmiy hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil 2 apreldagi 92-sonli buyrug‘ining 2-ilovasida keltirilgan shakllarga muvofiq har yilning 15 dekabriga qadar Fan va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga  taqdim etib borish. Kafedralarda amalga oshirilgan ilmiy-tadqikot faoliyati yuzasidan yillik ilmiy hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil 2 apreldagi 92-sonli buyrug‘ining 2-ilovasida keltirilgan shakllarga muvofiq har yilning 15 dekabriga qadar Fan va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga  taqdim etib  borilgan. Hisobot 2-kismdan iborat bo‘lib, jadvallar va matn qismlaridan iborat

         Universitetning veb sahifasida ilmiy-tadqiqot ishlarining keng yoritib borilishini tashkillashtirish, ilmiy-sohadagi tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berib borish, interaktiv xizmatlar tizimini takomillashtirish. Universitetning veb sahifasida ilmiy-tadqiqot ishlarining keng yoritib borilishini tashkillashtirish, ilmiy-sohadagi tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berib borish, interaktiv xizmatlar tizimini takomillashtirishda kafedra mudirlarining mas’uliyatini oshirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Ilmiy-tadqiqot ishlarining keng yoritib borilishini tashkillashtirish, ilmiy-sohadagi tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berib borish, interaktiv xizmatlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Saytda  ilmiy-tadqiqot ishlariga oid ma’lumotlar yangilandi, kafedralar haqidagi ma’lumotlar 3ta tilda joylashtirildi. Rektor virtual qabulxonasiga bevosita ilmiy soha bo‘yicha  tushgan 2ta murojaatga javob tayyorlanib, ijrosi ta’minlandi.  2018 yil may oyida universitet veb sahifasidagi Fan bo‘limi modernizatsiya qilindi. Eng avvalo, rubrikalarning dizayni o‘zgartirildi, rus, ingliz va o‘zbek tillarida yangi ma’lumotlar joylashtirildi. Veb-sahifa oliy ta’limdan keyingi ta’limni tashkil etish borasidagi me’yoriy-huquqiy asoslar va ilmiy-tadqiqot natijalari haqidagi ma’lumotlar bilan boyitildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 avgustdagi 14/1-2020 sonli xati asosida universitetning jozibadorligini oshirish yuzasidan kompleks targ‘ibot materiallarini, xususan, bukletlar va prospektlar tayyorlash (shu jumladan elektron ko‘rinishda), bunda asosiy e’tiborni o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot ishlari, moddiy-texnik bazasining imkoniyatlari, o‘quv laboratoriyalari, grantlar hamda bitiruvchilarning respublika va xorijdagi yutuqlarini yoritishga qaratilgan ishlar rejalashtirildi.

         Kafedralar qoshidagi ilmiy-metodik seminarlar faoliyatini tashkil etish va nazorat qilib borish. Ularda iqtidorli talabalar, magistrlar, doktorant va tayanch doktorantlarning faol ishtirokini ta’minlash. Xar bir kafedra qoshidagi ilmiy seminarlar tashkil etilgan va hujjatlar rasmiylashtirilgan.  Bulardan tashqari, fakultetlarda fan sohalari bo‘yicha ilmiy seminarlar tashkil etilgan. Ilmiy innovatsion tadqiqot ishlarini targ‘ib qilish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatilgan koxonalarda universitetdagi kafedralar tomonidan kamida bir marta seminar va davra suhbatlari tashkil etildi. Bulardan tashqari, O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida ham pedagogika sohasida olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish maqsadida 2018 yil may oyidan e’tiboran “Metodologik komissiya” tashkil etildi va u o‘z faoliyatini boshladi. Konferensiyalar tashkil etish ilmiy-tadqiqotlarimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

         Har oyning 5 sanasigacha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 21 noyabrdagi  103-sonli bayoni ijrosi yuzasidan ma’lumot kiritib borish. Universitetda ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haftaning shanba kunlari Ichki nazorat va monitoring bo‘limiga, har chorakda Innovatsion rivojlanish vazirligiga, talabga ko‘ra oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga topshirib borildi.

REJADAN TAShQARI BAJARILGAN IShLAR

 

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3698 sonli Qarorining ijrosini ta’minlash. Universitetda Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘limi, innovatsion jamg‘arma tashkil etildi. Bo‘lim va jamg‘armaning namunaviy nizomi ishlab chiqildi. Ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida ilmiy-innovatsion ishlanmalarga bo‘lgan ehtiyojni tizimli ravishda tahlil qilish va innovatsion mahsulot (ish, xizmat)larga bo‘lgan talabni o‘rganish, yuqori tijorat salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor bo‘lgan istiqbolli loyihalarni tanlab olish bo‘yicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3698 sonli Qarorini bajarish yuzasidan fakultet dekanlarining ilmiy ishlarni tijoratlashtirishga qaratilgan yo‘l xaritalari ishlab chiqilmoqda va belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari  rektor huzuridagi majlisda har haftada muhokama etilmoqda.

     Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’atining 2018 yil 20 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 martdagi PQ-2848- son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jahon banki kredit mablag‘lari hisobidan oliy ta’lim muassasalarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va o‘quv laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash hamda “Ilm-fan - 2020” dasturini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar to‘g‘risida”gi 2/3-son qarori asosida universitetda halqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanishni tashkil etish va uning monitoringini olib borish, bajarilayotgan doktorlik va magistrlik dissertatsiyalari, bitiruv malakaviy ishlar va kurs ishlarini tayyorlashda xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalari materiallaridan tizimli foydalanishni tashkil etish va ularni foydalangan adabiyotlar ro‘yxatida qayd etilishini nazoratga olish vazifalari yuklatildi. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorning mazkur topshiriqni bajarishi ustuvor vazifa qilib belgilandi.

         2018 yil iyun oyida “Toshkent davlat pedagogika universitetining ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasi” hamda “Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorining yangi 2018-2019 o‘quv  yiliga tayyorgarlik ko‘rishi bo‘yicha yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

 Universitet profesor-o‘qituvchilari uchun  xalqaro ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha  mutaxassislardan iborat “Maslahat markazi” tashkil etildi,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi  “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son Qarori ijrosi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi  “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son Qarori ijrosi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi  “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son Qarorining 9-bandida belgilangan vazifalarni bajarishi yuzasidan yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Mazkur qarorga muvofiq, professor-o‘qituvchilar va doktorantlarning regulation.gov.uz. saytida joylashtirilgan qonun loyihalarini muhokama qilishda ishtirok etishiga e’tibor qaratilmoqda. Xususan, “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida” va “Fan to‘g‘risida”gi Qonun loyihalari muhokamalarida 1 nafar bo‘lim boshlig‘i (A.Abdazimov), 2 nafar kafedra mudiri (O.Iskandarov, O.Yusupov), 7 nafar doktorantlarning ishtirok etishi ta’minlandi.

  Pirovardida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishda quyidagi  tadbirlarni amalga oshirish taklif etiladi:

-    universitet kafedralari ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan choralarni ko‘rish;

- fakultetlarda ilmiy tadqiqot-ishlarini patentlash, tijoratlashtirish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ishlarning rejalashtirilishi va iqtisodiy samaradorligini oshirish;

- xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga ilmiy stajirovkalarga yuborilishi, magistratura va PhD dasturlari bo‘yicha ilmiy ishlarga (xorijiy investitsiyalarning) dunyoning yetakchi professor-o‘qituvchilarining jalb qilinishiga erishish;

- professor-o‘qituvchilarning xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanishlari bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar va xorijiy impakt-faktorli nashrlarda ilmiy ishlarni chop etish samaradorligini oshirish;

- tayanch doktorant, doktorant va izlanuvchilarning o‘zuddatlarida himoya qilishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish;

- iqtidorli talabalar bilan ishlash, ilmiy to‘garaklar faoliyati, fan olimpiadalarida ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlariga tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

- xorijiy va mahalliy grantlarning bajarilishining tizimli ravishda tashkil etish, professor-o‘qituvchilarning Innovatsion g‘oyalar, loyihalar va ishlanmalar Respublika yarmarkasida ishtirok etish va shartnoamalar tuzishlariga erishish.

 

 

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar

bo‘yicha prorektor                                                      B.S.Abdullayeva