Ilmiy tadqiqot yo`nalishlari

NIZOMIY NOMIDAGI  TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETIDA 2017-2021 YILLARGA MO‘LJALLANGAN  ILMIY-TADQIQOT IShLARINING USTUVOR YO‘NALIShLARI

 

Universitetning bosh ilmiy-tadqiqot mavzusi

 

Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagogik kadrlarni tayyorlash nazariyasi va metodikasini takomillashtirish

        

Universitetdagi ilmiy tadqiqotlarning asosiy ustuvor yo‘nalishlari

 

1. Demokratik huquqiy davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, bozor munosabatlarini takomillashtirish jarayonlarining iqtisodiy va huquqiy asoslarini tadqiq etish;

2. Uzluksiz ta’limda pedagogika fanlar tizimida fanlararo aloqadorlik va integratsiyalashuvining metodologik-didaktik muammolarini tadqiq etish.

3. Uzluksiz ta’lim tizimida davlat ta’limi standarti, malaka talablari va o‘quv dasturlarini xorijiy ilg‘or tajribalar asosida takomillashtirish;

4. Uzluksiz ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya samaradorligini oshirish texnologiyalarini tadqiq qilish.

5. Uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismlari mantiqiy uzviyligi, uzluksizligini hamda izchilligini ta’minlash va strategiyasi muammolari yechimini ishlab chiqish;

6. Sog‘lom hayot tarzini shakllantirish va jismoniy madaniyatni rivojlantirishning ilmiy va konseptual asoslarini tadqiq qilish;

7. Uzluksiz ta’lim tizimida bolalarning ijtimoiy moslashuvi, maxsus pedagogika, inklyuziv ta’lim muammolarini tadqiq qilish:

8.  Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining  nazariy va amaliy muammolarini tadqiq etish.

9. Uzluksiz ta’lim tizimida kasbiy kompetentlik, chet til kompetensiyalari va axborot madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarini tadqiq qilish

Toshkent davlat pedagogika universiteti kafedralari ilmiy tadqiqotlarining  ustuvor yo‘nalishlari

 

Kafedra nomi

Ustuvor yo‘nalish nomi

Boshlang‘ich ta’lim fakulteti

1

Boshlang‘ich ta’lim metodikasi

Boshlang‘ich ta’limning sifatini oshirish, fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish

2

Jismoniy madaniyat

Uzluksiz ta’lim tizimida jismoniy madaniyatni o‘qitish metodikasini takomillashtirish

Pedagogika, psixologiya va defektologiya fakulteti

3

Musiqa o‘qitish metodikasi

Uzluksiz ta’lim tizimida musiqani o‘qitishning sifat va samardorligini oshirish muammolarini tadqiq qilish

4

Korreksion pedagogika

Jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalarning ijtimoiy moslashuvini takomillashtirish

5

Maxsus ta’lim metodikasi

Uzluksiz ta’limda maxsus pedagogika va metodika fanlarini o‘qitishning ilmiy va o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirish

6

Maktabgacha ta’lim kafedrasi

Maktabgacha ta’lim sohasida ta’lim va tarbiya jarayonining o‘zaro uzviyligini ta’minlash

7

Pedagogika kafedrasi

Uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim jarayonining didaktik ta’minotini takomillashtirish va zamonaviy pedagogika texnologiyalarni tadqiq qilish

8

Psixologiya kafedrasi

Psixologiya fani va uning dolzarb muammolarini tadqiq qilish

Kasb ta’limi fakulteti

9

Axborot texnologiyalari

Kasbiy ta’limda axborot texnologiyalarini takomillashtirish, intellektual mulk yaratish vositalarini ishlab chiqish

10

Kasb ta’limi metodikasi

Mehnat va kasb ta’limini o‘qitishning zamonaviy metodikalarini ishlab chiqish va takomillashtirish

11

Mexnat ta’limi va dizayn

Uzluksiz ta’lim tizimida mehnat va kasb ta’limini o‘qitishda amaliy kompetensiyalarni takomillashtirish

12

Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi

Uzluksiz ta’lim tizimida tasviriy san’atni o‘qitish metodikasini tadqiq qilish va takomillashtirish

13

Muhandislik grafikasi va uni o‘qitish metodikasi

Umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim tizimida chizmachilik, muxandislik grafikasini o‘qitish metodikasini rivojlantirish va takomillashtirish

Tabiiy fanlar fakulteti

14

Biologiya o‘qitish metodikasi

Uzluksiz ta’lim tizimida biologiya va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish

15

Botanika

Tabiiy fanlar va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish

16

Geografiya o‘qitish metodikasi

Uzluksiz ta’lim tizimida innovatsion yondashuv asosida geografiya va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish

17

Zoologiya va anatomiya

Tabiiy fanlar bo‘yicha eksperimental tadqiqotlar olib borish

18

Kimyo o‘qitish metodikasi

Umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limda kimyo fani va uni  o‘qitish metodikasini takomillashtirish

Tarix fakulteti

19

Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari

Ijtimoiy hayotni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning falsafiy masalalarini o‘rganish

20

Tarix va uni o‘qitish metodikasi

Uzluksiz ta’lim tizimida tarix va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish

21

O‘zbekiston tarixi

O‘zbek xalqi hamda davlatchilik tarixini tadqiq etish

22

Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

Jamiyatning falsafiy, diniy, huquqiy, siyosiy taraqqiyotini tahlil qilish va uni o‘rganishni takomillashtirish

Fizika-matematika fakulteti

23

Informatika o‘qitish metodikasi

Uzluksiz ta’lim tizimida informatika fani va uni o‘qitishni takomillashtirish, ta’lim jarayoniga multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

24

Umumiy matematika 

Matematika fanining zamonaviy masalalarini tadqiq qilish

25

Matematika o‘qitish metodikasi

Uzluksiz ta’lim tizimida matematika fani va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish

26

Fizika va astronomiya   o‘qitish metodikasi

Uzluksiz ta’lim tizimida fizika, astronomiya fani va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish

Chet tillari fakulteti

27

Ingliz tili amaliy kursi

Ta’lim oluvchilarda ingliz tilida muloqot qilish madaniyati, til kompetensiyalarini rivojlantirish

28

Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi

Uzluksiz ta’lim tizimida ingliz tili va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish

29

Rus adabiyoti  va uni o‘qitish metodikasi

Uzluksiz ta’lim tizimida rus adabiyoti va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish

30

Rus tili va uni o‘qitish metodikasi

Uzluksiz ta’lim tizimida rus tili va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish

Umumuniversitet kafedralari

31

Hayot faoliyati xavfsizligi

Fuqaro muhofazasi va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish amaliy tadqiqotlar olib borish

32

O‘zbek tili va nutq madaniyati

O‘zbek tilining dolzarb masalalarini tadqiq etish, davlat tilini targ‘ib qilish

33

Umumiy pedagogika

Uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik fanlar o‘zaro va mutaxassislik fanlari bilan integratsiyalash muammolarini tadqiq etish

34

Umumiy psixologiya

Barkamol shaxsni shakllantirishda psixologik masalalarning dolzarb muammolarini tadqiq qilish

35

Chet tillar

Uzluksiz ta’limda chet tillarni o‘rganish kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini  tadqiq qilish

36

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

Ijtimoiy-iqtisodiy falsafiy muammolarning dolzarb masalalarini tadqiq qilish

37

Chaqiriqqacha harbiy ta’lim

Oliy ta’lim tizimida chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlikni rivojlantirish

 

Universitetda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish uchun belgilangan istiqbolli vazifalar

 

1. Universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda amaliy yordam ko‘rsatish orqali universitet ilmiy salohiyatini 65-70 foizga yetkazish.

2.  Universitetda har bir professor-o‘qituvchining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlarining aniq rejasini ishlab chiqish, bajarilishini ta’minlash va uning ijrosi monitoringini olib borish.

2. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali  ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 365-sonli qarori asosida universitetdagi pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari bo‘yicha Ilmiy kengash faoliyati samaradorligini oshirish, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning o‘z muddatida himoya qilishini ta’minlash.

3. Ta’lim muassasalari bilan o‘rnatilgan hamkorlikni yuqori ko‘rsatkichlarga erishishini ta’minlash maqsadida dolzarb ilmiy-amaliy mavzular bo‘yicha universitet innovatsion guruhlari doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari hajmi va natijadorligini oshirish.

4. Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida kafedralarning faol ishtirokini ta’minlash orqali xo‘jalik shartnomalari, jumladan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida shartnomalar tuzishni faollashtirish.

5. Innovatsion hamkorlik doirasida magistratura  va bakalavriat bosqichi talabarining real va  moliyaviy  sektor korxonalari  va tashkilotlarida  amaliyot o‘tashlarini  kengaytirish va korxonalarda  magistrlik  dissertatsiyasi  hamda  bitiruv malakaviy ishlar himoyasini tashkil qilish.

6. Xorijiy mamlakatlar  bilan  hamkorlik  miqyosini  kengaytirish, bakalavr, magistrlar, ilmiy izlanuvchi, professor-o‘qituvchilar uchun  almashinuv  dasturlarini  tuzishni  yanada kengaytirish  (AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, XXR va boshqa davlatlar).

 

Yakunlovchi qoidalar

 

Mazkur hujjatda belgilangan holatlar universitetdagi barcha ilmiy tadqiqot ishlari uchun umumiy asos sifatida qabul qilinadi. Kafedralarda tashkil etiladigan ilmiy-tadqiqot rejalari va dasturlarda ushbu holatlar aks etishi lozim. Bunda har qaysi qafedra asosiy ustuvor yo‘nalishlarning muayyan xususiy sohalarini o‘z istiqbolli ilmiy tadqiqot yo‘nalishi sifatida belgilab olishi nazarda tutiladi. Kafedralarga ularning ilmiy tadqiqot  yo‘nalishidagi istiqbolli rejalari ijrosini ko‘rib chiqishda har bir soha bo‘yicha aynan qanday ishlar bajarilganini o‘rganish amaliyotiga mo‘ljal olish tavsiya qilinadi.