Xorijda malaka oshirish va ta`lim

“Iqtisodiy bilim asoslari” kafedrasi PhD., dotsent Abdilakimov Gafur Abdixalikovichning Xindiston davlatining ITEC dasturi bo‘yicha National Institute for Entrepreneurship and small business development (NIESBUD)da “Small business planning and promotion(SBPP)” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirganligi to‘g‘risida 

 

        Joriy 2018-2019 o‘quv yili davomida Xindiston davlatining ITEC dasturi bo‘yicha National Institute for Entrepreneurship and small business development (NIESBUD)da “Small business planning and promotion(SBPP)” yo‘nalishi bo‘yicha grant soxibi bo‘ldim va  2018 yil 7 oktyabrdan – 2018 yil 1 dekabrgacha malaka oshirishim davomida qo‘yidagi ishlarni amalga oshirdim.

 

2018 yil 7 oktyabrda Xindiston davlati New Delhi shaxriga yetib keldim va 8.10.2018 yilda National Institute for Entrepreneurship and small business development (NIESBUD)da “Small business planning and promotion(SBPP)” yo‘nalishi bo‘yicha dars jarayoni boshlandi.

Ikki oy davomida 36ta davlatdan tashrif buyurgan 37ta malaka oshiruvchilar ishtirok etdi va 15dan ortiq yetuk mutaxassislar tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tildi.

Darsning birinchi kunlarida xar bir malaka oshiruvchi tomonidan o‘zining davlati to‘g‘risida qisqacha taqdimot qilindi.

 

Xaftaning xar shanba kunlari Xindistonning yirik korxonalarida uchrashuv tashkil etildi va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirildi.

 

Xar bir ishtirokchilar o‘zining elchixonasiga tashrif buyurishdi va Universitetga chet el professor-o‘qituchilarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

 

Dasrlarda professor-o‘qituvchilar tomonidan biznes rejalar ishlar chiqish mexanizmi o‘rgatildi va xar bir tinglovchi tomonidan biznes reja taqdimoti qilindi.

 

Xar bir mavzu yakunida test topshirildi.

 

Malaka oshirishim yakunida imtihonlardan muvafaqqiyatli o‘tganligim uchun Xindiston davlatining ITEC dasturi bo‘yicha National Institute for Entrepreneurship and small business development (NIESBUD)ning “Small business planning and promotion(SBPP)” yo‘nalishi bo‘yicha  (A+) sertifikati berildi.