Marketing xizmati bo`limi

O`zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o`tish bilan bog`liq tub isloxatlar, tabiiyki ta’lim sohasini chetlab o`tmagan. Respublika ta’lim tizimini zamon talablari darajasida tashkil etish, kadrlar bozorini, raqobatini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim xizmatlari ko`rsatish bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori (1998 yil) mazkur yo`nalishidagi ishlar uchun me’yoriy-xuquqiy zamin hozirladi.

O`zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o`tish bilan bog`liq tub isloxatlar, tabiiyki ta’lim sohasini chetlab o`tmagan. Respublika ta’lim tizimini zamon talablari darajasida tashkil etish, kadrlar bozorini, raqobatini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim xizmatlari ko`rsatish bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori (1998 yil) mazkur yo`nalishidagi ishlar uchun me’yoriy-xuquqiy zamin hozirladi. Ushbu qarorga muvofiq Nizomiy nomidagi TDPU rektorinig 1998 yil 26 martidagi 48-U sonli buyrug`i bilan universitet Marketing xizmati bo`limi tashkil etildi, uning nizomi va ish rejasi tasdiqlanadi. Marketing xizmati bo`limi quyidagi kabi vazifalarni xal etishga chaqirilgan: - ta’lim muassasalaridan tushgan takliflar asosida «Buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish, talab va takliflarni o`rganish asosida ixtisoslik yo`nalishlariga qabul miqdori haqida takliflar kiritish; - yangi ixtisoslik yo`nalishlari ochish haqida takliflar kiritish; - universitetda ta’lim xizmati ko`rsatish bozorni shakllantirish; - akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumta’lim maktablarini yetuk mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida bitiruvchilar bilan ish olib borish; - universitet bitiruvchilarini ishga joylashtirish va ular haqida statistik ma’lumotlar to`plash; - pulli-shartnoma asosida o`qiyotgan talabalarning pul tushumini nazorat qilish va stipendiya farqlari hisob-kitob ishlari va boshqalar. MXB yuqorida ko`rsatilgan Vazirlar qarori universitet rektori buyrug`i va MXB nizomi , ish rejalari asosida mahkamasining faoliyat yuritib kelmoqda . Bo`lim joylardagi Xalq ta’limi bo`limlari , Kasb-hunar ta’limi boshqarmalari bilan yaqindan hamkorlik qilib ta’lim muassasalarini mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash borasida ish olib boradi .

Bo`lim internetda o`z saytlariga ega: www.http://tgpumarketing.best-host.ru/ www.http://tdpumarketing.uzgate.com/ Bo`limda bitiruvchilar, ularni ishga joylashtirish, kadrlar talab qilinayotgan ta’lim muassasalari haqida ma’lumotlar bazasi to`plangan. Bo`lim shartnoma asosida o`qiyotgan talabalar, ta’lim muassasalari bilan ikki yoki uch tomonlama shartnomalar tuzish, shu asosida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish borasida ibratli ishlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, bo`lim pulli-shartnoma shartlari talabalar tomonidan o`z vaqtida bajarilishi, ta’lim uchun to`lovlar talablar yoki buyurtmalar tomonidan vaqtida to`lanishini nazorat qiladi, stipendiya farqlarini qayta hisoblash bilan shug`ullanadi. Bo`lim o`z oldiga katta maqsadlarni qo`yib, ularni aniq amalga oshirib kelmoqda.


Respublika ta’lim tizimini zamon talablari darajasida tashkil etish, kadrlar bozorini, raqobatini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim xizmatlari ko`rsatish bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori (1998 yil) mazkur yo`nalishidagi ishlar uchun me’yoriy-xuquqiy zamin hozirladi.
Ushbu qarorga muvofiq Nizomiy nomidagi TDPU rektorinig 1998 yil 26 martidagi 48-U sonli buyrug`i bilan universitet Marketing xizmati bo`limi tashkil etildi, uning nizomi va ish rejasi tasdiqlanadi.
Marketing xizmati bo`limiga 1998 yildan 2001 yilgacha Yuldashov Rashidxon Tursunovich, 2001 yildan 2010 yilgacha Bekmuratov Nurill Shukurullaevich, 2010 yildan 2012 yilgacha Xabibullaev Fayzulla, 2012 yildan 2014 ylgacha Egamberdiev Umid Xujaevich, 2014 yildan 2015 yilgacha Zufarov Sherzod Djalilovich, 2015 yildan 2018 yilgacha Bekmuratov Nurill Shukurullaevich, 2018 yildan Yuldashov Rashidxon Tursunovich bo’lim boshlig’i lavozimida ishlab kelmoqda.
Marketing xizmati bo`limi quyidagi kabi vazifalarni xal etishga chaqirilgan:
- ta’lim muassasalaridan tushgan takliflar asosida «Buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish, talab va takliflarni o`rganish asosida ixtisoslik yo`nalishlariga qabul miqdori haqida takliflar kiritish;
- yangi ixtisoslik yo`nalishlari ochish haqida takliflar kiritish;
- universitetda ta’lim xizmati ko`rsatish bozorni shakllantirish;
- akademik litsey hamda umumta’lim maktablarini yetuk mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida bitiruvchilar bilan ish olib borish;
- universitet bitiruvchilarini ishga joylashtirish va ular haqida statistik ma’lumotlar to`plash;
Marketing xizmati bo`limi yuqorida ko`rsatilgan Vazirlar maxkamasi qarori universitet rektori buyrug`i va Marketing xizmati bo`limi nizomi, ish rejalari asosida faoliyat yuritib kelmoqda.
Bo`lim joylardagi Xalq ta’limi bo`limlari, bilan yaqindan hamkorlik qilib ta’lim muassasalarini mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash borasida ish olib boradi.
Bo`limda bitiruvchilar, ularni ishga joylashtirish, kadrlar talab qilinayotgan ta’lim muassasalari haqida ma’lumotlar bazasi to`plangan.
Bo`lim shartnoma asosida o`qiyotgan talabalar, ta’lim muassasalari bilan ikki yoki uch tomonlama shartnomalar tuzish, shu asosida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish borasida ibratli ishlarni amalga oshirmoqda.
Bo`lim o`z oldiga katta maqsadlarni qo`yib, ularni aniq amalga oshirib kelmoqda.

Bo'lim 2018 yil 20 noyabrdan boshlab Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo'limi deb ataladi.

UNIVERSITET REKTORI




MARKETING XIZMATI BO‘LIMI MARKETING XIZMATI BO‘LIMI



Universitet qoshidagi AL

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI Universitet fakultet va kafedralaridan bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha mas’ullar



MAKTABGAChA TA’LIM MUASSASALARI

Bo‘lim boshlig‘ining vazifalari

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limini boshqarish va doimiy nazorat qilish. Talim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini uzliksiz amalga oshirib, talim xizmatlariga qo‘yilgan, yani bakalavriat yo‘nalishlarini va magistrtura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning kasb maxoratini o‘rganish hamda ularning ish beruvchilar talablariga muvofiqligini aniqlash.
Respublika va tegishli hududlarda (viloyatlarda) iqtisodiyot hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda yangi talim yo‘nalishlari yoki mutaxassisliklarni ochish, shuningdek, talim xizmatlari bozori talablariga jovob bermaydigan yo‘nalish va mutaxassisliklarni to‘xtatish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
Universitet bitiruvchilarini ishga taqsimlash bo‘yicha taqsimot komissiyasini tashkil etish, taqsimot komissiyasi tamonidan ish beruvchi muassasa, karxona va tashkilotlarning kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlariga muvofiq bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini ishlab chiqishi va yakuniy taqsimotni o‘tkazish.
Imzolangan shartnomalarga muvofiq ish beruvchilarni belgilangan muddatdalarda bitiruvchilar bilan taminlash maqsadida universitetning barcha tegishli bo‘limlari bilan talabalar qabuli va bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini mofiqlashtirish.
Universitetning tegishli bo‘limlari (kengashlar, fakultetlar, kafedralar va h.k) bilan hamkorlikda bakalavriat yo‘nalishlari va magistrtura mutaxassisliklarini davlat granti asosida bitiruvchilarni uch yil kafolatli ishlashi, shuningdek, uch yillik majburiy ishlab berish shartini o‘tayotgan yosh mutaxassislarning kasbiy faoliyati, saviyasini oshirish borasidagi ishlar va ularning xizmat pog‘onalaridan ko‘tarilishiga ko‘maklashish yuzasidan chora tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.
Talim xizmatlari bozori bo‘yicha marketing izlanishlarini olib borish va tahliliy xulosalar tayorlash.

Bo‘lim katta nazoratchilarining vazifalari

Joriy yil bitiruvchilari xaqida (talim yo‘nalishlari mutaxassisliklar qismida davlat granti va to‘lov shartnoma asosida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakillari bo‘yicha familiyasi, ismi-shariflari ko‘rsatilgan holda) malumotlar bankini yaratish.
Talabalar qabul ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar) ning mavjud talim (tayorlash) yo‘nalishlari va mutaxassisliklarga bo‘lgan talablari (buyurtmalari)ni hisobga olgan holda davlat grantlari va to‘lov kantrakt bo‘yicha joriy va istiqbolli “buyurtmalar portfelini” shakillantirish.
Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va ularning joylashishiga oid barcha zaruriy hujjatlarni (diplomdan ko‘chirma, ishga yuborilganlik to‘g‘risida yo‘llanma, taqsimot komissiyasi qarori, shaxsiy taqsimot qaydnomasi) tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga topshirish.
Ishga taqsimlangan va joylashgan bitiruvchilardan ishga yuborilganlik to‘g‘risidagi yo‘llanmalarning bo‘lagini to‘liq qabul qilib olish va ularning taqsimot yoki qayta taqsimot (mustaqil ishga joylashish), shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha korxonalar va tashkilotlar kesimida ishga joylashuvi haqida to‘liq yakuniy malumotlar bankini yaratish.
Yosh mutaxassislarning mehnat faoliyati, malaka oshirish va xizmat pog‘onalaridan ko‘tarilishi yuzasidan monitoring olib borish.

Kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlar va bitiruvchilarni yakuniy ishga taqsimlash natijalari haqidagi malumotlarni taalluqli vazirlik (idora)ning mahsus komissiyasi hamda ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarga davriy ravishda taqdim etish, ishga taqsimlash jarayoni nazorat rejasining bajarilishi bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus talim vazirligiga axborotlar taqdim etish.
Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirish, yosh mutaxassislarning mehnat faoliyati natijalari bo‘yicha universitetni ichki hisobotini yuritish. Marketing xizmati bo‘limining yillik hisobotini tayyorlash.
Bo‘limning yil davomidagi faoliyati va amaliy tadbirlari haqida maqolalar chop etish.