Madaniy-ma`rifiy tadbirlar

Universitetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar jamoat tashkilotlari, fakultetlar, kafedralar va tegishli bо‘limlar, akademik guruh murabbiylarining ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar rejalari asosida olib boriladi.

 

Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlar 9 ta yо‘nalish amalga oshiriladi.

О‘quv yili davomida ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirlik hay’ati qarorlari, buyruqlari va modemlarida berilgan vazifalar ijrosi universitetda, fakultetlar, kafedralar va tegishli bо‘limlarda bajariladi. Jumladan:  “2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qо‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi,  “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qaror,  “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirishchora-tadbirlari tо‘g‘risidagi” qaror, “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va О‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qо‘llab-quvvatlash tо‘g‘risida”gi farmonlar asosida universitetning chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqildi va ijrosi ta’minlandi.

Universitetning Targ‘ibot guruhi tomonidan otaliqqa olingan ta’lim muassasalarida “Fidoying bо‘lgaymiz seni, О‘zbekiston!” shiori ostida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Xar yili о‘quv yili boshlanshi bilan О‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi bayramiga xamoxang tarzda barcha akadem guruhlarida “Mustaqillik va “Xotira darslari” о‘tkaziladi. Shuningdek ustoz murabbiylar kuni ya’ni 1-oktabr universitetimizda keng nishonlanadi. Fodoiy professor-о‘qituvchilar rag‘batlantiriladi. Ularga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Universitetimizda Vatanimiz qomusi bо‘lmish Konstitusiyaning qabul qilinganligi, Navrо‘z bayrami, shonli sanalar, buyuk mutafakkirlar tavallud ayyomlarini nishonlash bо‘yicha oyliklar tashkil etilgan xolda keng nishonlanadi. Ushbu tadbirlarda universitetimizning barcha professor-о‘qituvchilari, talabalari faol ishtirok etishadi.

Universitemiz jamoasi doimiy tarzda tarixiy maskanlarga, teatrlarga, muqaddas qadamjolarga, ziyoratgohlarga  tashriflar uyushtirishadi.

Universitetimiz faxriylari doimo e’zozdalar. Ularni shogirdlari turli bayram munosabatlari bilan tabriklab yо‘qlab turishadi.