Talabalar hayoti

Universitetda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli fan, ilmiy, ijodiy, sport, san’at to‘garaklari tashkil etilgan. To‘garak faoliyati natijasi sifatida turli respublika va xalqaro miqyosidagi musobaqalarda talabalarimizning ishtirok etib munosib o‘rinlarga erishganliklari bizning yutug‘imizdir.

Jumladan 2017 yili Xitoyning Xux-xato shahrida bo‘lib o‘tgan pedagogika oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan futbol musobaqasida universitetimizning “Turon” jamoasi ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘ringa va kubokka ega bo‘lishdi. Shunigdek, Universitetmizda “Ziyo” talabalar teatr studiyasi o‘tgan yilda Abdulla Oripovning “Jannatga yo‘l” asarini joriy yilda esa Erkin Vohidovning “Ikkinchi tumor” asarlarini sahnalashtirib respublika tanlovlarida munosib ishtirok etib kelishmoqda.

 

Oltin meros” xalq badiiy xavaskorlik dastasi

 

Universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan “Oltin meros” xalq ansambli 2000 yilda tashkil qilingan. Respublika miqyosida 2000-2005 yillarda o‘tkazilgan “O‘zbekiston – Qo‘shiq bayrami”, ”Yagonasan Muqaddas Vatan”, 2006 yildagi “Barhayot an’analar” ko‘rik-tanlovlarida  g‘olibliklarni qo‘lga kiritgan.

 

Jamoa erishgan yutuqlari uchun 2008 yilda “Xalq badiiy xavaskorlik ansambli” unvoni bilan taqdirlangan. Har yil bir marotaba ansambl O‘zbekiston televideniesi orqali namoyish etib kelinayotgan “Tarannum” musiqiy dasturida faol ishtirok etib keladilar. Ansambl ishtirokchilari Alimov Sanjar, Burhonova Mohinur 2017 yil oktbyar oyida Xitoyning Sian shahrida o‘tkazilgan 5 Xalqaro simpoziumda ishtirok etib keldilar.

 

Dasta badiiy rahbari Davron Qodirovga  “Eng yaxshi badiiy rahbar” diplomi, Nilufar Rejametovaga  va Sanjar Alimovga “Mohir ijrochi” nominatsiyalari diplomlari taqdim etildi.

2018 yil mart oyida jamoa Germaniya davlatining Frayburg, Xaydelberg, Frankfurt shaharlarida o‘tkazilgan “Navro‘z bayrami”tantanalarida ishtirok etib keldilar.

 

Universitetimizda talabalar ishtirokida tashkil etilayotgan tanlovlar faoliyatidan lavhalar

“Quvnoqlar va zukkolar”, “Talabalar teatr studiyasi”, “Kelajak o‘qituvchisi”, “Tafakkur sminovlari”,  “Yilning eng yaxshi kitobxoni”, “Yosh ijodkor” tanlovlari, “Zakovat” intelektual o‘yini hamda “Ozod va obod Vatanga baxshida umr” va “Islom Karimov asarlarining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyati”, “Islom Karimov asarlari bilimdoni”, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?”, “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?”, “Odam savdosi-mudhish jinoyatdir” mavzusida insholar va referatlar hamda maqolalar tanlovlarida universitetning mingdan ortiq talabalari faol ishtirok etmoqda.