Texnik foydalanish va xo`jalik bo`limi


Nizomiy nomidagi TDPU 1935 yil 14 sentyabrda tashkil etilgan bo'lib shaharning 6 ta xududida joylashgan 8 ta o'quv bino hamda 5 talabalar turar joyidan iborat. Texnik foydalanish va xo'jalik bo'limi universitet tashkil bo'lgan yildan beri o'z faoliyatini olib boradi. Bo'lim tashkil topkan davirdan to hozirgi paytgacha universitetning obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, o'quv binolari va talabalar turar joylarini qishgi-kuzgi mavsumga tayorlab borish ishlari bilan shug'ulanib kelinmoqda.

1.Universitetga tegishli o'quv binolari, talabalar turar joylari va ularning xududlarini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish.
2.Bо‘lim institutning moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash, kafedra, laboratoriya, ma’ruza xonalarida bilim olish uchun shart-sharoitlar yaratish, talabalar uylarida yashash uchun zaruriy ijtimoiy-maishiy sharoitni ta’minlash uchun hizmat qiladi. Shuningdek, davlat mulkini asrab avaylash, saqlash institut xududida, о‘quv binolarida, talabalar uylarini tiklash-ta’mirlash ishlarini bajarib, xududni kо‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkillashtiradi.
3.O'quv binolari va talabalar turar joylarini o'quv yiliga tayorlab borish. Talabalar turar joylari, o'quv binolar yer to'lalarini gigenik holatini doimiy nazorat qilish. O'quv binolari va talabalar turar joylariga kirib chiqishni muntazam nazorat qilish.
4.Universitetning tegishli hududlarida, о‘quv binolari va talabalar turar joylarida kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik kо‘rish bо‘yicha profilaktik tadbirlar о‘tkazib borish.
5.Universitet о‘quv binosining inventarlarini moddiy javobgarligi va sanitar xolda saqlash.
6.Universitet о‘quv binolarini ish holatida saqlash va tozaligini ta’minlash.
7.Universitetni xо‘jalik ishlarini bajarish.
8.Universitet xо‘jalik ishlarini boshqarish.
9.Universitet moddiy texnika ta’minoti bilan shug‘ullanish.

О‘zbekiston Respublikasi
Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti






“TASDIQLAYMAN”
Nizomiy nomidagi TDPU rektori
_____________ Sh.Sharipov
“___”_________ 2018 yil







Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining texnik foydalanish va xо‘jalik bо‘limi
NIZOMI







Toshkent-2018 y
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining texnik foydalanish va xо‘jalik bо‘limi
NIZOMI
I. Umumiy qoydalar

1. Mazkur yо‘riqnoma universitetning texnik foydalanish va xо‘jalik bо‘limi siyosati va rivojlanish yо‘nalishlarini, rahbarligidagi xodimlarini umumiy boshqarish, universitet atrof muhitini obodonlashtirish va kо‘kalamzorlashtirish ishlariga rahbarlik qilish, universitet binolari va atrof muhitini talab darajada saqlanish, ularga xizmat kо‘rsatish ishlarini boshqarish, о‘quv, laboratoriya va talabalar turar joylari binolarini о‘quv va yumshoq mebel bilan jihozlash ishlarini boshqarish faoliyatini yо‘lga qо‘yishini tartibga soladi.

II. Lavozim vazifalari.

2. Universitetning tegishli hududlarida, о‘quv binolari va talabalar turar joylarida kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik kо‘rish bо‘yicha profilaktik tadbirlar о‘tkazib boradi. Barcha о‘quv binolari va TTJlarda joylashgan ijarachilar va oshhonalarni shart-sharoitlarini о‘rganib, shartnomalarni nazorat qilib borish;
3. О‘quv binolar va talabalar turar joylarini о‘quv yiliga tayyorlab boradi. Barcha TTJlar, о‘quv binolari yer tо‘lalarini gigenik holatini doimiy nazorat qilib borish;
4. Joylashgan barcha talabalar rо‘yxati (propiska) dan о‘tqazishni nazorat qilib boradi. Chordoqlar holatini о‘rgani, gigenik holatini doimiy nazorat qilish ularni xavfsizlik choralarini kо‘rish va kafolat xatini taqdim qilib borish;
5. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, deraza va eshiklarni ta’mirlash, duradgorlik va santexnika ishlarini doimiy nazorat qilib boradi. Xо‘jalik bо‘limida faoliyat kо‘rsatayotgan ishchi va xizmatchi xodimlar bilan dolzarb vazifalarni bajarishga qaratilgan yig‘ilishlar о‘tkazib borish;
6. Universitet atrof muhitini obodonlashtirish va kо‘kalamzorlashtirish ishlariga rahbarlik qilish;
7. Universitet binolari va atrof muhitini talab darajada saqlanish, ularga xizmat kо‘rsatish ishlarini boshqarish;
8. О‘quv, laboratoriya va talabalar turar joylari binolarini о‘quv va yumshoq mebel bilan jihozlash ishlarini boshqarish;
9. Xо‘jalik ishlariga ajratilgan mablag‘ va xо‘jalik ashyolarini tejamli sarflanishini nazorat qilish;
10. Xonalardagi jihozlarni talab darajada saqlanishini nazorat qilish;
11. Toshkent shahar xokimiyati qaroriga binoan shanba kuni о‘tqaziladigan obodonlashtirish va kо‘kalamzorlashtirish ishlariga xо‘jalik xodimlarini jalb qilib boradi. Xо‘jalik bо‘limi xodimlari bilan о‘quv binolari va talabalar turar joylaridagi mavjud ashyolar hamda imkoniyatlardan tejab-tergab samarali foydalanishda ortirilgan tajribalarni amaliyotga tadbiq etib borish;
12. О‘z bо‘ysunuvidagi shu’balar uchun zarur zarur materiallarga buyurtmalar berish va taqsimlash;
13. OTMga tegishli mulkka zarar yetkazgan shaxslarga nisbatan chora kо‘rish bо‘yicha takliflar berish.

III. Lavozimga oid (funksional) majburyatlar

14. Xо‘jalikni yuritishga taalluqli Nizom, yо‘riqnomalar va meyoriy
hujjatlarni, universitet ichki tartib-qoidalarini bilishi;
15. Vazirlikning buyruqlari, lavozim vazifalarini, tegishli sanoat tarmoqlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yо‘nalishlarini belgilab beruvchi xukumat qarorlarini, yuqori tashkilotlarning OTM faoliyatini texnik jixatdan ta’minlashga taalluqli qarorlar, farmoyishlari, buyruqlari, boshqa rahbari va meyoriy hujjatlarni bilishi.

IV. Malaka talablari.

16. Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-ingellekt, madaniyatli, ijodiy
qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bо‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatiy harakat qilish, universitet strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bо‘lishi;
17. Ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlashi;
18. Ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishni bilishi;
19. Oliy ma’lumotga ega bо‘lishi;
20. О‘z sohasiga tegishli masalalar bо‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bо‘lishi zarur.

V. Lavozimiga doir о‘zaro munosabatlar va aloqalar

21. Texnik foydalanish va xо‘jalik bо‘limi boshlig‘i ishiga doimiy rahbarlik qilish universitet moliyaviy iqtisodiy ishlar bо‘yicha prorektor tomonidan amalga oshiriladi.
22. Texnik foydalanish va xо‘jalik bо‘limi boshlig‘i oldiga qо‘yilgan vazifa va majburiyatlarning bajarilish uchun shaxsan javobgardir.
23. Texnik foydalanish va xо‘jalik bо‘limi faoliyati hamda ushbu Nizomda kelib chiqadigan vazifalarni hal etish bо‘lim boshlig‘i vakolatlidir. U faoliyatiga oid meyoriy va uslubiy yо‘riqnomalarning ishlab chiqilishiga bevosita rahbarlik qiladi.
24. Yuqori turuvchi vazirlik, vazirlik qoshidagi tashkilotlar, shahar, tuman, obodonlashtirish va kо‘kalamzorlashtirish xizmati faoliyati bilan bog‘liq korxonalar bilan universitetning faoliyatiga tegishli aloqalarni olib boradi.


Texnik foydalanish va xо‘jalik
bо‘limi boshlig‘i A.Nurmanov













Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti kengashining
2018 yil “___”_________dagi___-sonli
qarori bilan tasdiqlandi.

1.O'quv binolari va talabalar turar joylarini o'quv yiliga tayorlab borish. Talabalar turar joylari, o'quv binolar yer to'lalarini gigenik holatini doimiy nazorat qilish. O'quv binolari va talabalar turar joylariga kirib chiqishni muntazam nazorat qilish.
2.Universitetning tegishli hududlarida, о‘quv binolari va talabalar turar joylarida kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik kо‘rish bо‘yicha profilaktik tadbirlar о‘tkazib borish.
3.Joylashgan barcha talabalar rо‘yxati (propiska) dan о‘tqazishni nazorat qilib boradi. Chordoqlar holatini о‘rgani, gigenik holatini doimiy nazorat qilish ularni xavfsizlik choralarini kо‘rish va kafolat xatini taqdim qilib borish.
4.Universitet atrof muhitini obodonlashtirish va kо‘kalamzorlashtirish ishlari.
5.Universitet binolari va atrof muhitini talab darajada saqlanish, ularga xizmat kо‘rsatish ishlari.
6.О‘quv, laboratoriya va talabalar turar joylari binolarini о‘quv va yumshoq mebel bilan jihozlash ishlari.
7.Universitet о‘quv binosining inventarlarini moddiy javobgarligi va sanitar xolda saqlash.
8.Universitet xо‘jalik ishlarini boshqarish.
9.Universitet moddiy texnika ta’minoti bilan shug‘ullanish.