Muhandislik xizmati


Bosh muhandis:
Мajburiyatlari. Ish tavsifi
Har qanday muassasani texnik ishini, asosan, bosh muhandis bajaradi. Faoliyat qanday tashkil etilgan, uning qanday ishlashi, muvaffaqiyati bilan bog'liq bo'ladi. Texnikning salohiyati, muhandis tomonidan tayyorlanishning eng yuqori darajasida bo'lishi kerak. Buning uchun, Umuman ilm-fan yutuqlari va xususan boshqa tashkilotning ilg'or tajribalarni o'rganish uchun zarur hisoblanadi. Biroq, uning asosiy vazifasi alohida tashkilotning texnik rivojlanish bo'ladi.

Universitetning muhandislik xizmati faoliyati, bino va inshootlarning joriy va kapital, qayta qurish va mukammal ta’mirlash (rekonstruksiya) loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashni, inshootlarni va ulardagi kommunikatsiya tizimlarining doimiy ishchi faoliyatda bo‘lishini, o‘quv va laboratoriyalarni qayta jihozlanishini, texnika xavfsizligi va texnik ekspluatatsiya qoidalarini hamda yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish hamda elektr energiyasi, gaz va boshqa turdagi yoqilg‘ilardan foydalanishni yo‘lga qo‘yishini tartibga soladi.

Ish tavsifi. Asoslari
Bosh muhandis muassasa rahbarlaridan biri hisoblanadi. Boshqarish ikkinchi holatda, moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo`yicha prorektor vazifasini egallaydi. Istisnosiz, barcha ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish kerak. Bosh muhandis lavozimida ishlash uchun, oliy maxsus texnik bilim bo'lishi kerak. Shunga o'xshash bir sohada ish tajribasi kamida besh yil bo'lishi kerak. Uni ishga qabul qilish, yoki bo`shatish, rector tomonidan ta`luqli buyruq asosida amalga oshiriladilishi mumkin. Texnik xizmat va mutaxassislar to'g'ridan-to'g'ri bosh muhandis tomonidan nazorat qilinadi. O'z navbatida, faqat universitet rectori hamda moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo`yicha prorektoriga bo`y sinishi lozim bo'ladi. Agar bosh muhandis har qanday sababga ko'ra o'z vazifalarini bajarish uchun qobiliyatsiz bo'lsa, tayinlanishi kerak bo`lgan nomzodni faqat universitet rektori tayinlash huquqiga ega.
Bosh muhandis nimalarni bilishi kerak
Tashkilot faoliyatini qonunchilik doirasida tartibga soladi. Korxona va uning faoliyat yo'nalishi va boshqa tashkil etish, muassasaning istiqbolini oshirish uchun; uning yanada kengaytirish, ishda yangi texnologiyalarni qo'llash, muassasaning samarali quvvatini, ishlab chiqarish rejalari tuzishni va ularning bajarilishini kuzatib borishni, moliyaviy yoki biznes bitim amalga oshirishni, Ilm-fan yutuqlari sohasini, mehnat faoliyatini tashkil etish qoidalarini bilishi va uni nazorat qilishi, atrof-muhit va mehnat qonun hujjatlari normalarini, sanitariya-gigiyenik standartlarini, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini, yong`in xavfsizligi qoidalarini bilishi.
Muassasadagi ish vazifalari
Muassasa bosh muhandisi ish jarayonini tashkil etish, shuningdek, ish hajmini aniqlash kerak. Uning burch shart-sharoitlari, zamonaviy bozor tomonidan yaratilgan rivojlantirish yo'llari hisoblash uchuni, bundan tashqari, shunga o'xshash ta`lim muassasalari bilan raqobat qilish imkoniga ega bo'lishini ta'minlash kerak. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish esa iqtisodiy jihatdan samarali, iloji boricha xarajatlarini kamaytirish uchun yordam berishi kerak. Bosh muhandis rivojlanish va mukammal qayta qurish qilish uchun rejalarini, yuqori turuvchi rahbar bilan kelishilgan holda amalga oshiradi..

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining
muhandislik xizmati
NIZOMI

I.Umumiy qoidalari

1. Mazkur yo‘riqnoma universitetning muhandislik xizmati siyosati va rivojlanish yo‘nalishlarini, bino va inshootlarning joriy va kapital, qayta qurish va mukammal ta’mirlash (rekonstruksiya) loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashni, inshootlarni va ulardagi kommunikatsiya tizimlarining doimiy ishchi faoliyatda bo‘lishini, o‘quv va laboratoriyalarni qayta jihozlanishini, texnika xavfsizligi va texnik ekspluatatsiya qoidalarini hamda yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish hamda elektr energiyasi, gaz va boshqa turdagi yoqilg‘ilardan foydalanishni yo‘lga qo‘yishini tartibga soladi.

II. Lavozim vazifalari.
2. OTMning muhandislik xizmatiga tegishli bo‘limlar faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish;
3. OTMning muhim ob’ektlarida texnika xavfsizligi va texnik ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish;
4. OTMning mavjud ichki resurslari yoki pudratchi tashkilotlar bilan rekonstruksiya, kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha muzokaralar olib borish va ish qabul qilish;
5. Kapital ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini, jumladan bino va uning evakuatsiya rejasini tayyorlash;
6. OTMning moddiy-texnik bazasi bo‘yicha har bir ob’ekt uchun alohida materiallar ro‘yxatini tuzish va tayyorlash;
7. Mavjud ob’ektlarni qayta ta’mirlash hamda qimmat va ulkan hajmli uskunalarni binolarga o‘rnatishga moslashtirish bo‘yicha masalalarni yechishda qatnashish;
8. Binolar texnik holati va jihozlanishi hamda o‘z vaqtida ta’mirlanishining nazoratini amalga oshirish;
9. Bo‘ysunuvchi shu’balarga tushuntirish ishlarini olib borish hamda ularni mehnat xavfsizligi qoidalari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish;
10. OTMning moddiy-texnik bazasi va yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish;
11. O‘z vakolatlari doirasida o‘ziga bevosita bo‘ysunuvchi bo‘limlarga ko‘rsatmalar berish;
12. O‘z vakolatlari doirasida buyruq va farmoyishlar loyihasini tayyorlash;
13. Inshootlarning qayta rejalashtirilishi va ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha tavsiyalar berish;
14. OTMda yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish hamda elektr energiyasi, gaz va boshqa turdagi yoqilg‘ilardan foydalanishning limitlarini o‘rnatishni nazorat qilish;
15. O‘z bo‘ysunuvidagi shu’balar uchun zarur materiallarga buyurtmalar berish va taqsimlash;
16. OTMga tegishli mulkka zarar yetkazgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha takliflar berish.



III. Lavozimga oid (funksional) majburiyatlar

17. Loyiha, konstruktorlik va texnologiya, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda muhandislik xizmati me’yoriy hujjatlarini yuritilishini bilishi;
18. Vazirlikning buyruqlari, lavozim vazifalarini, tegishli sanoat tarmoqlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi hukumat qarorlarini, yuqori tashkilotlarning OTMsi faoliyatini texnik jihatdan ta’minlashga taalluqli qarorlari, farmoyishlar, buyruqlar, boshqa rahbariy va me’yoriy hujjatlarni bilishi.


IV. Malaka talablari.
19. Qurilish, rekonstruksiya, kapital va joriy ta’mirlash tajribasiga ega bo‘lishi;
20. OTMcini texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollari, shartnomalar tuzish va ulardan foydalanish tartibini bilishi;
21. Ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishni bilishi;
22. Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
23. Mehnat to‘g‘risidagi qonun asoslari; mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘inga qarshi himoya qoidalari va me’yorlarini bilishi zarur.


V. Lavozimga doir o‘zaro munosabatlar va aloqalar

24. Bosh muhandis ishiga doimiy rahbarlik qilish universitetning moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektori tomonidan amalga oshiriladi.
25. Bosh muhandis oldiga qo‘yilgan vazifa va majburiyatlarning bajarishi uchun shaxsan javobgardir.
26. Muhandislik xizmati faoliyati hamda ushbu Nizomda kelib chiqadigan vazifalarni hal etishga bosh muhandis vakolatlidir. U faoliyatiga oid me’yoriy va uslubiy yo‘riqnomalarning ishlab chiqilishiga bevosita rahbarlik qiladi.
27. Yuqori turuvchi vazirlik, vazirlik qoshidagi tashkilotlar, shahar, tuman, muhandislik xizmati faoliyati bilan bog‘liq korxonalar bilan universitetning faoliyatiga tegishli aloqalarni olib boradi.


Bosh muhandis E.Meyliev

OTMning muhandislik xizmatiga tegishli bo‘limlar faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish;
• OTMning muhim obyektlarida texnika xavfsizligi va texnik ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish;
• OTMning mavjud ichki resurslari yoki pudratchi tashkilotlar bilan rekonstruksiya, kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha muzokaralar olib borish va ish qabul qilish;
• Kapital ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini, jumladan bino va uning evakuatsiya rejasini tayyorlash;
• OTMning moddiy-texnik bazasi bo‘yicha har bir ob’ekt uchun alohida materiallar ro‘yxatini tuzish va tayyorlash;
• Mavjud obyektlarni qayta ta’mirlash hamda qimmat va ulkan hajmli uskunalarni binolarga o‘rnatishga moslashtirish bo‘yicha masalalarni yechishda qatnashish;
• Binolar texnik holati va jihozlanishi hamda o‘z vaqtida ta’mirlanishining nazoratini amalga oshirish;
• Bo‘ysunuvchi sho'balarga tushuntirish ishlarini olib borish hamda ularni mehnat xavfsizligi qoidalari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish;
• OTMning moddiy-texnik bazasi va yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish;
• O‘z vakolatlari doirasida o‘ziga bevosita bo‘ysunuvchi bo‘limlarga ko‘rsatmalar berish;
• O‘z vakolatlari doirasida buyruq va farmoyishlar loyihasini tayyorlash;
• Inshootlarning qayta rejalashtirilishi va ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha tavsiyalar berish;
• OTMda yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish hamda elektr energiyasi, gaz va boshqa turdagi yoqilg‘ilardan foydalanishning limitlarini o‘rnatishni nazorat qilish;
• O‘z bo‘ysunuvidagi shu’balar uchun zarur materiallarga buyurtmalar berish va taqsimlash;
• OTMga tegishli mulkka zarar yetkazgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha takliflar berish.