Reja-moliya bo`limi

Bo`limning vazifalari: Universitet barcha mablag‘larining tejamli va belgilangan maqsadlarda ishlatilishini nazoratga olish.


Universitetning yillik xarajatlar smetasini tasdiqlash, choraklik moliyaviy balans, yangi yaratilgan va qisqartirilgan shtatlar bo’yicha hisobotlarni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga topshirish. Universitetning professor o’qituvchilari mehnatiga hamda talabalar stipendiyasiga haq to’lash bo’yicha joriy etilgan bazaviy lavozim maoshlarini hisobga olgan xolda o’z vaqtida moliyalashtirish.

N I Z O M
Mazkur Nizom О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy ta’lim tо‘g‘risidagi nizomga muvofiq ishlab chiqilgan bо‘lib, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat о‘zbek tili va adabiyoti (bundan keyingi о‘rinlarda ToshdО‘TAU deb yuritiladi) moliya-iqtisodiyot bо‘limi (bundan keyingi о‘rinlarda moliya-iqtisodiyot bо‘limi deb yuritiladi) maqsadi va vazifalari, huquq va majburiyatlari hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

I. Umumiy qoidalar

1.1 Moliya-iqtisodiyot bо‘limi yuridik shaxs bо‘lmagan holda universitetning aloxida bо‘limi bо‘lib, bevosita Rektorga, moliya-iqtisodiyot ishlari bо‘yicha prorektor raxbarligida ish yuritadi.
1.2 Bо‘lim о‘z faoliyatida О‘zbekiston Respublikasi qonunlari, xukumat qaror va farmoyishlari, oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari va meyoriy xujjatlari, Universitet nizomi, universitetning ilmiy kengashi qarorlari va ushbu nizomga asoslangan xolda ish yuritadi.
1.3 Bо‘limning xodimlar soni О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 153-sonli qarori va Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat kо‘rsatuvchi va о‘quv yordamchi xodimlarining normativiga asoslanib belgilanadi.
1.4 Moliya-iqtisodiyot bо‘limini bо‘lim boshlig‘i boshqaradi, bо‘lim boshlig‘i rektor tomonidan tayinlanadi.
1.5 Ushbu bо‘lim Universitet iqtisodini rejalashtiruvchi va moliyalashtiruvchi asosiy bо‘lim hisoblanib, Universitetga tushgan pul mablag‘i tushumlari va chiqimlarini joy-joyida ishlatilishini tasdiqlangan smetalarga asosan nazorat qiladi.
II. Bо‘limning maqsadlari

2.1 Universitetning bozor itisodiyoti sharoitida moliyaviy barqarorligini ta’minlashga erishish.
2.2 Universitetni joriy saqlash va uning faoliyatini moliyalashtirish О‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar, shuningdek tо‘lov – kontrakt asosida о‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, qonun hujjatlarida ta’qiqilanmagan boshqa manbalar, jumladan tadbirkorlik faoliyatidan belgilangan tartibda olingan mablag‘lar hisobiga amalga oshirish lozim.
2.3 О‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq universitet Ustavida belgilangan vazifalarga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari kо‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga haqli. Universitetning asosiy faoliyatiga zarar yetmaydigan tartibda ta’lim va boshqa sohalarda pullik xizmat faoliyatini amalga oshirish. Universitet shug‘ullanadigan tadbirkorlik faoliyati uning Ustavida belgilangan vazifalarga mosligi ta’minlansin.
2.4 Universitetda pulli ta’lim xizmatlarini kо‘rsatish, shuningdek ilmiy-tadqiqot izlanishlarni amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan tuzilmalar tashkil qilinish.
2.5 Universitetda lavozim maoshlari mehnat sharnomasi (bitimi) tuzilayotganda “Oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq tо‘lash”tо‘g‘risida Nizom va mehnatga haq tо‘lashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilanadi, Universitet xodimiga lavozim maoshi (stavka), о‘z funksional vazifalarni hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlarni bajarganligi uchun tо‘lanadi: qо‘shimcha maosh, ustama va boshqa moddiy rag‘batlangirish tadbirlarining xajmini universitet mustaqil, ish haqi fondi doirasida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va xajmda belgilaydi.
2.6 Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning tejami, belgilangan maqsadlar yо‘lida sarflanishiga erishish.

III. Bо‘limning asosiy vazifalari

3.1 Universitet barcha mablag‘larining tejamli va belgilangan maqsadlarda ishlatilishini nazoratga olish.
3.2 Byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar bо‘yicha yillik smetalarni о‘z vaqtida tayyorlab, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishish va rо‘yhatdan о‘tkazish. Bunda har bir harajat moddalari bо‘yicha aniq, tо‘g‘ri va asoslangan hisob kitoblar orqali smetani tayyorlashga erishish.
3.3 Marketing bо‘limidan olingan ma’lumotga asosan pullik-shartnoma asosida ta’lim olayotgan talabalardan tushadigan mablag‘lar va ularning xarajatlari bо‘yicha yillik smetalarni о‘z vaqtida tayyorlab Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishish va rо‘yhatdan о‘tkazish.
3.4 Tasdiqlangan smetalarning bajarilishini nazoratga olish va bu tо‘g‘risida moliya va iqtisodiyot ishlari bо‘yicha prorektorga axborot berish.
3.5 Universitet shtatlar jadvalini tayyorlash, lavozimlar oylik maoshlarini belgilash, tayyor bо‘lgan shtat jadvalini rektor tasdig‘idan о‘tkazish.
3.6 Xukumat qarorlari asosida oylik maoshlari о‘zgargan hollarda ularni hisoblab о‘z vaqtida buyruq asosida tasdiqdan о‘tkazish.
3.7 Shtat jadvali bо‘yicha ma’muriyat, xizmat kо‘rsatuvchi soha xodimlari va professor - о‘qituvchilarning ishga qabul qilinishi va ishdan bо‘shatilishi bо‘yicha alohida rо‘yxat olib borish orqali shtatlar sonini nazorat qilib borish.
3.8 Universitet rektori bilan kelishgan holda shtatiga yil davomida zaruriyat tug‘ilganda о‘zgartirish kiritish.
3.9 Byudjetdan tashqari barcha tushumlarning xili va hajmini yanada kо‘paytirish bо‘yicha takliflar kiritish va tatbiq etishda qatnashish.

IV. Bо‘lim xodimlarining lavozim vazifalari

4.1 Bо‘lim boshlig‘i
• Bо‘lim xodimlarining vazifalarini belgilab berish va yuklatilgan ish vazifalarining bajarilishi ustidan doimiy nazoratni olib borish;
• Bо‘lim xodimlarining ishga о‘z vaqtida kelib ketishi ustidan doimiy nazoratni olib borish;
• Byudjet mablag‘lari bо‘yicha, byudjetdan tashqari mablag‘lar bо‘yicha, maxsus mablag‘lar bо‘yicha yil boshida tayyorlangan universitet shtatlar jadvalini tо‘g‘riligini kо‘rib chiqib, universitet rektoriga tasdiqdan о‘tkazish uchun taqdim etish;
• Universitet rektori tomonidan tasdiqlangan yuqoridagi mablag‘lar bо‘yicha universitet shtatlar jadvalini Oliy va о‘rta-maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etish;
• Byudjet, byudjetdan tashqari va maxsus mablag‘lar bо‘yicha daromad va xarajatlar smetasi uchun har bir moddalari bо‘yicha aniq, tо‘g‘ri va asoslangan hisob- kitoblar tayyorlash va vazirlikka taqdim etish;
• Byudjet mablag‘lari bо‘yicha, byudjetdan tashqari mablag‘lar bо‘yicha, maxsus mablag‘lar bо‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasini universitet rektoriga tasdiqlatish hamda Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishish, rо‘yhatdan о‘tkazish;
• Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligiga xisobot tayyorlash uchun har chorak, yillik hisobotlariga professor-о‘qituvchilar, ishchi xodimlar, katta ilmiy xodimlar, talabalar soni va belgilangan haqqi hisoblarini berish;
• Oylik ish haqlarini oshirish tо‘g‘risida vazirlikdan buyruq bо‘lganda har bir xodim ish haqini, ish haqining yagona ta’rif setkalariga asosan hisoblash;
• Ma’muriyat va bо‘limlarga qabul qilinayotgan va ishdan ketayotgan xodimlarni shtat о‘rinlari va oylik maoshlarini belgilab arizalarning rasmiylashtirishini ta’minlash, о‘quv-metodik bо‘lim tomonidan kafedra yuklamalarining taqsimotidan kelib chiqqan holda shtat soni va soatbay fondi belgilangan xolda ushbu shtat va soatbay fondlarga professor-о‘qituvchilarni rasmiylashtirilishini ta’minlash va nazoratini olib borish.
• Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligidan kelgan, bо‘limga talluqli bо‘lgan buyruqlarning ijrosini rektorning topshirig‘iga asosan amalga oshirish;
• Rektor, moliya-iqtisodiyot ishlari bо‘yicha prorektor va boshqa prorektorlarning shu bо‘lim vazifasiga kiruvchi topshiriqlarni о‘z vaqtida amalga oshirish;
• Universitet rektori bilan kelishgan holda (byudjet, tо‘lov kontirakt, byudjetdan tashqari maxsus mablag‘lar) shtatlariga yil davomida zaruriyat tug‘ilganda о‘zgartirish kiritish;
• Barcha bо‘limlar va bо‘limlar xodimlarining oylik maoshlarini hisoblashda shtat jadvali va buyruqlarga asosan tekshirish;
4.2 1-toifa iqtisodchi
• О‘quv-metodik bо‘lim va barcha kafedralar bilan birgalikda professor-о‘qituvchilar va kafedralar yuklamalarining taqsimoti, Oliy va о‘rta-maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan shtatlar jadvali va normativlarga qat’iy rioya qilish va doimiy nazorat qilish;
• Oylik ish haqining oshirilishi tо‘g‘risidagi Vazirlik va Universitet buyruqlariga asosan har bir professor-о‘kituvchining ish haqini yagona ta’rif setkalariga asosan ishlab chiqish;
• Kompyuterga kiritilgan professor-о‘qituvchilar tarkibi ma’lumotlar bazasiga joriy о‘zgarishlarni kiritish va haqiqiy oylik maosh fondining о‘rtacha miqdordagi fonddan oshmasligini nazorat qilish.
• Professor о‘qituvchilarning kafedralardagi belgilangan shtat birliklari va soatbay yuklamalariga asosan hisob daftari yurgizib, ularni taqsimlab, rasmiylashtirish;
• Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidagi shtatlar bо‘yicha professor-о‘qituvchilarni ishga qabul qilish va ishdan bо‘shatish haqidagi buyruqlarni о‘z vaqtida ishlab borish;
• Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hisobot tayyorlash uchun har chorak, yillik hisobotlariga professor-о‘qituvchilarning shtati, jismoniy shaxs soni va belgilangan haqqi hisoblarini berish;
• Professor о‘qituvchilar tо‘g‘risidagi har oy oxirida va zaruriyat tug‘ilganda hisobxona va xodimlar bо‘limi bilan tekshirib borish;
• Professor о‘qituvchilar tо‘g‘risidagi ma’lumotni kompyuterga kiritish va kerak vaqtda kompyuterdan chiqarib turish, xamda kompyuterga javobgarlik qilish
• Universitet bо‘yicha professor-о‘qituvchilarni mо‘ljallangan maxsus rag‘batlantirish fondidan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ajratilgan mukofot puli va ustama, qо‘shimcha haq pul mablag‘larini hisoblash va nazorat qilish;
• Bо‘limdagi har bir ishni kompyuterga kiritish va kerak vaqtida kompyuterdan chiqarib turish hamda kompyuterga javobgarlik qilish;
• Har xil joriy vazifalar.
4.3 2-toifa iqtisodchi
• Universitet shtatlar jadvalini tayyorlash, namunaviy shtatlar jadvali va normativlarga qat’iy rioya qilish, lavozimlar oylik maoshlarini belgilash, tayyor bо‘lgan shtat jadvalini tayyorlab borish ;
• Byudjet,byudjetdan tashqari pullik-shartnoma hisobidagi shtatlar bо‘yicha xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bо‘shatish haqidagi buyruqlarni о‘z vaqtida ishlab borish, shtatlar jadvaliga asosan buyruqlarni, ularning ish hajmi va oylik maoshlarining tо‘g‘riligini buyruq bо‘yicha tekshirib borish ;
• Universitet byudjet, byudjetdan tashqari pullik-shartnoma asosidagi shtatlar bо‘yicha oylik maoshlarini hisobxona bо‘limi bilan solishtirib, tekshirib borish;
• Universitet bо‘yicha byudjet, byudjetdan tashqari pullik-shartnoma hisobidagi ishchi-xodimlarini mо‘ljallangan maxsus rag‘batlantirish fondidan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ajratilgan mukofotlash, ustama haqlarini hisoblash va nazorat qilish;
• Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirlikka xisobot tayyorlash uchun xar chorak, yillik xisobotlariga ishchi xodimlar shtati va jismoniy shaxs soni belgilangan xaqqi xisoblarini berish;
• О‘quv-metodik bо‘lim va tegishli bо‘limlar tomonidan taqdim etilgan talabalar kontingenti xaqidagi ma’lumotlarni tekshirib borish;
• Bо‘limdagi har bir ishni kompyuterga kiritish va kerak vaqtida kompyuterdan chiqarib turish hamda kompyuterga javobgarlik qilish;
• Har xil joriy vazifalar.

V. Bо‘limning xuquqlari

5.1 Amalga oshirilmoqchi bо‘lgan har qanday moliyaviy xarajatlarni belgilangan maqsadida ishlatilmayotgan yoki noqonuniy bо‘lsa, ushbu ishni amalga oshirmaslik.
5.2 Davlat qonunlari, Hukumat qarorlari, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari xamda Universitet Nizomiga qarshi har qanday pul mablag‘lari tushumlari va xarajatlariga yо‘l quymaslik.
5.3 Ushbu Nizomda kо‘rsatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bо‘lgan xar qanday ma’lumot va xujjatlarni buxgalteriya,marketing va boshka barcha bо‘limlardan talab qilib olish.

VI. Bо‘limning javobgarligi.

6.1 Bо‘lim ushbu Nizomda kо‘rsatilgan barcha vazifalarni о‘z vaqtida bajarib borish bо‘yicha javobgardir.
6.2 Bо‘lim tomonidan tayyorlanadigan barcha ma’lumot va xujjatlarning tо‘g‘riligi bо‘yicha masuldir.
6.3 Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda universitet rektori tomonidan chiqarilgan buyruqlarni о‘z vaqtida bajarish uchun javobgardir.

VII. Yakuniy qoidalar

7. Moliya-iqtisodiyot bо‘limini qayta tashkil etish yoki uning faoliyatini tugatish qonun xujjatlari asosida Ilmiy Kengash qarori va rektor buyrug‘i bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Universitet barcha mablag‘larining tejamli va belgilangan maqsadlarda ishlatilishini nazoratga olish. Byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar bо‘yicha yillik smetalarni о‘z vaqtida tayyorlab, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishish va rо‘yxatdan о‘tkazish. Bunda har bir xarajat moddalari bо‘yicha aniq, tо‘g‘ri va asoslangan hisob kitoblar orqali smetani tayyorlashga erishish. Universitet shtatlar jadvalini tayyorlash, lavozim oylik maoshlarini belgilash, tayyor bо‘lgan shtatlar jadvalini rektor tasdig‘idan о‘tkazish.