Axborot resurs markazi


Universitetning asosiy kutubxonasi respublikaning eng yirik pedagogik kutubxonasi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimidagi oliy va o'rta pedagogik ta'lim muassasalarining metodik va muvofiqlashtiruvchi markazi hisoblangan. Oliy ta'lim muassasalari uchun yuqori malakali mutaxassislar - o'qituvchilar va xodimlarni tayyorlashda, dolzarb psixologik va pedagogik masalalar bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishda muhim o'rin tutgan. Kutubxonaning tashkil topishi va rivojlanishi tarixi butun universitet tarix bilan uzviy bog'liq. Kutubxona Markaziy Osiyo davlat universiteti fakulteti negizida tashkil etilgan bo'lib, universitetimizga o'tkazilgan.
Shu davrda kutubxona kichik xonada joylashgan va 315 nafar kitobxonga xizmat ko'rsatgan, uning xodimlari esa faqat 2 nafardan iborat bo'lgan, 1945/46 o'quv yilining boshida uning kitob fondi 127564 nusxada, kitobxonlar soni esa 4,167 edi.Pedagogika va oqituvchilar institutlarini qo'shilishi kitob fondining hajmi va o'quvchilar soni sezilarli darajada oshdi va kelgusi yillarda, xususan qiyin urush va urushdan keyingi yillarda ham o'sishda davom etdi.
Hozirgi kunda universitet axborot-resurs markazi fondi 55976 nomda 900746 nushani tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi hukumatlari o'rtasida 2011 yil 23 avgust kuni "Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik institutida elektron kutubxonalarni yaratish" loyihasini amalga oshirish to'g'risidagi shartnoma Grant asosida imzolandi.
"Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida va Toshkent davlat sharqshunoslik institutida elektron kutubxonalarni yaratish" loyihasini amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida 2012 yil 5 sentyabrdagi Koreya Respublikasi Hukumati ko'magida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1815-sonli qarori asosida universitetimizda elektron kutubxona tashkil etildi.
“Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik institutida elektron kutubxonalarni tashkil etish” loyihasini amalga oshirish uchun asosiy vazifalar: ta’lim jarayoni, ta’lim muassasalarining ilmiy-metodik, innovatsion-tadqiqotchilik va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatiga sifatli axborot-kutubxona xizmati kо‘rsatish maqsadida doimiy amal qiladigan va yangilab boriladigan о‘quv-metodik , tahliliy-statistik resurslar elektron bazasini yaratish, zamonaviy yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning intellektual va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun keng axborot-resurs bazasini shakllantirish, axborot resurslari va elektron (raqamli) nashrlar elektron katalogini yaratish bilan kutubxonachilik faoliyatining barcha jarayonlarini avtomatlashtirish, elektron kutubxonaga foydalanuvchilarni keng qamrab olishni ta’minlaydigan foydalanuvchilarga xizmat kо‘rsatishning yangi, xalqaro amaliyotda sinalgan shakllarini va ilg‘or dasturiy mahsulotlarni tizimli asosda joriy etish, elektron axborot-kutubxona resurslarini uzoq muddat saqlashni tashkil etish yо‘li bilan elektron kutubxonalarning dunyo axborot makoniga integratsiyalashuvini belgilash. Mazkur qarorda belgilangan vazifalarni bajarish ishlari jadal suratlarda amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda elektron kataloglarning soni 47206 tani tashkil etadi.


Axborot-resurs markazida 5 ta bo`lim faoliyat yuritadi:
1. Ilmiy-uslubiy va axborot-ma'lumot bo`limi
2. Elektron axborot resurslari bo`limi
3. Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo`limi
4. Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko`rsatish bo`limi
5. Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo`limi



“TASDIQLAYMAN”
Nizomiy nomidagi TDPU Kengashining 2018 yil “__26__” yanvardagi____6____-sonli yig‘ilish bayonnomasi

_____________________

Nizomiy nomidagi TDPU Axborot-resurs markazini
badiiy, ilmiy-ommabop, ma‘naviy- ma‘rifiy adabiyotlar bilan
ta‘minlash to‘g‘risida
Nizom
1. Umumiy q‘oidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2018 yil 8 yanvardagi “Oliy ta‘lim muassasalarining Axborot-resurs markazlarini badiiy, ilmiy-ommabop va ma‘naviy-ma‘rifiy adabiyotlar bilan ta‘minlash to‘g‘risida”gi 14-sonli buyrug‘i ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tasarrufidagi oliy ta‘lim muassasalarining axborot-resurs markazlarini badiiy, ilmiy-ommabop va ma‘naviy-ma‘rifiy adabiyotlar bilan ta‘minlash to‘g‘risidagi NAMUNAVIY NIZOM” va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va ommalashtirish tizimini rivojlantirish, o‘qish madaniyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi haqida” 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kitob maxsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” talablariga ko‘ra ishlab chiqilgan.
2. Mazkur Nizom universitet Axborot-resurs markazining (bundan keyin ARM deb nomlanadi) fondini badiiy, ilmiy-ommabop va ma‘naviy-ma‘rifiy adabiyotlar bilan ta‘minlash tartibi va qoidalarini belgilaydi.
3. Universitet ARMni badiiy, ilmiy-ommabop va ma‘naviy-ma‘rifiy adabiyotlar bilan ta‘minlash rejasi belgilangan tartibda ajratilgan mablag‘lar miqdori va tuzilgan shartnomalarga muvofiq universitet tomonidan belgilanadi.


2. Universitet ARMni badiiy, ilmiy-ommabop va ma‘naviy-ma‘rifiy adabiyotlar bilan ta‘minlash tartibi
4. ARM uchun badiiy, ilmiy-ommabop va ma‘naviy-ma‘rifiy adabiyotlar o‘rnatilgan tartibda shu maqsadlarga ajratilgan universitet mablag‘lari hisobiga harid qilinadi yoki chop etiladi.
5. Talabalarning badiiy, ilmiy-ommabop va ma‘naviy-ma‘rifiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish maqsadida ARMning bir o‘quv zali uchun 3 dan 10 nusxagacha miqdorda ushbu adabiyotlar harid qilinadi.
6. ARM fondini badiiy, ilmiy-ommabop va ma‘naviy-ma‘rifiy adabiyotlar bilan to‘ldirish manbalari bo‘lib vazirliklar va idoralar, kitob savdosi va kitob nashr etish tashkilotlari, kompaniyalar va boshqalar hisoblanadi.
7. ARM fondini universitet professor-o‘qituvchilar tomonidan nashr etilgan (yoki nashrga tayyorlangan) darslik, o‘quv qo‘llanma va monografiyalarning to‘liq matndagi elektron versiyasi bilan to‘ldirish.
8. Universitetning Axborot-resurs markazi:
- bosib chiqariladigan va nashr etiladigan adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojni va kitoblar bozorini o‘rganadi, bosma nashrlarga bo‘lgan taxminiy buyurtmalarni shakllantiradi;
- o‘rnatilgan tartibda ko‘tara-chakana kitob savdosi korxonalari, nashr kitob savdosi korxonalari va boshqa bosma mahsulot sotish va yetkazib berish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar bilan adabiyotlarni yetkazib berishga shartnomalar tuzadi;
- o‘rnatilgan tartibda qabul qilingan buyurtmalarga ko‘ra kelib tushadigan adabiyotlarni kirim daftariga qayd qiladi;
- badiiy, ilmiy-ommabop va ma‘naviy-ma‘rifiy adabiyotlar xususiyatidagi yangi axborot-kutubxona resurslarining sotib olinishini nazorat qiladi;
- boshqa axborot-kutubxona muassasalari, regional axborot-kutubxona markazlari, uslubiy markazlar hamda axborot-kutubxona muassasalari tarmog‘iga ega barcha tashkilotlar va idoralar bilan yaqindan aloqa o‘rnatadi va hamkorlikda faoliyat yuritadi;
- talabalar va o‘qituvchilarning badiiy, ilmiy-ommabop va ma‘naviy-ma‘rifiy mazmundagi adabiyotlardan foydalanishi, ularni ommalashtirish va faol foydalanish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi;
- maqsadli, regional, respublika va xalqaro kitob yarmarkalari va ko‘rgazmalarida ishtirok etadi;
- ARMlarning avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi mavjud ta‘lim resurslari badiiy, ilmiy-ommabop va ma‘naviy-ma‘rifiy adabiyotlarni eReader elektron o‘quv qurilmalaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.
9. Universitet ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha prorektori ARM bilan birgalikda:
- talaba yoshlarda badiiy, ilmiy-ommabop va ma‘naviy-ma‘rifiy adabiyotlarga, ularni o‘qishga bo‘lgan qiziqish, ARM resurslaridan foydalanish ko‘nikmalari, bosma nashrlarga nisbatan extiyotkorona munosabatni shakllantirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishini;
-talabalar va o‘qituvchilar orasida badiiy, ilmiy-ommabop va ma‘naviy-ma‘rifiy mazmundagi adabiyotlarga bo‘lgan qiziqish va ehtiyojni monitoring qilib borish, uning asosida bosma nashrlar bo‘yicha buyurtmalar shakllantirilishini;
- ko‘rish ahzolari zaif talabalar uchun ARMning badiiy, ilmiy-ommabop va ma‘naviy-ma‘rifiy nashrlarining audioversiyalarini tayyorlanishini hamda ulardan foydalanish uchun sharoitlar yaratilishini tashkil qiladi.
3. Yakuniy qoidalar
10. Zaruriy xollarda o‘rnatilgan tartibda mazkur Nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
11. Universitet Axborot-resurs markazini badiiy, ilmiy-ommabop va ma‘naviy-ma‘rifiy adabiyotlar bilan to‘ldirish jarayonida yuzaga kelgan nizoli xolatlar va kelishmovchiliklar amaldagi qonunchilik asosida hal etiladi.









Yuklab olish uchun fayllar

1.Kitobxonlarning badiiy, ilmiy-ommabop va ma‘naviy-ma‘rifiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish;
2.ARM fondini universitet professor-o‘qituvchilar tomonidan nashr etilgan (yoki nashrga tayyorlangan) darslik, o‘quv qo‘llanma va monografiyalarning to‘liq matndagi elektron versiyasi bilan to‘ldirish;
3.Bosib chiqariladigan va nashr etiladigan adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojni va kitoblar bozorini o‘rganadi, bosma nashrlarga bo‘lgan taxminiy buyurtmalarni shakllantirish;
4.Bosib chiqariladigan va nashr etiladigan adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojni va kitoblar bozorini o‘rganadi, bosma nashrlarga bo‘lgan taxminiy buyurtmalarni shakllantirish;
5.Talabalar va o‘qituvchilarning badiiy, ilmiy-ommabop va ma‘naviy-ma‘rifiy mazmundagi adabiyotlardan foydalanishi, ularni ommalashtirish va faol foydalanish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish;
6.ARMlarning avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi mavjud ta‘lim resurslari badiiy, ilmiy-ommabop va ma‘naviy-ma‘rifiy adabiyotlarni eReader elektron o‘quv qurilmalaridan foydalanish imkoniyatlarini yarataih.


Yuklab olish uchun fayllar