5A111801-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)

5A111801 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) magistratura mutaxassisligining malaka talablarining umumiy tasnifi

5A111801 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) magistratura mutaxassisligining malaka talablari bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi oliy ta’limning dasturi asosida amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxsga «magistr» malakasi (darajasi) hamda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi.

Oliy ta’limning 5A111801 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) magistratura mutaxassisligining malaka talablari bo‘yicha magistrlar tayyorlash o‘quv reja va fan dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalari uchun majburiy talablar majmuasini ifodalaydi.

Oliy ta’lim muassasasi mazkur magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash vakolatiga ega bo‘lganda asosiy o‘quv reja va fan dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi.

5A111801 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) magistratura mutaxassisligining malaka talablari - qo‘shimcha ravishda oliy ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida  jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

5A111801 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) magistratura mutaxassisligining malaka talablari bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:

qo‘shimcha ravishda oliy ta’lim tizimi muassasalarida mutaxassislik bo‘yicha o‘quv-tarbiya va ilmiy-tadqiqot jarayonlari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot  muassasalari ilmiy va texnik loyihalari, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanuvchi ob’ektlar majmuasini qamrab oladi.

Ta’lim sohasi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining turlari

·   ilmiy-pedagogik,

·   ilmiy-tadqiqot;

·   ma’naviy-ma’rifiy;

·   tashkiliy-boshqaruv;

·   oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi pedagogik faoliyatda va shu kabilarni o‘z ichiga oladi.

Mutaxassislik bo‘yicha tayyorlangan magistrlar kasbiy faoliyatlarining muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasasi tomonidan aniqlanadi.

Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari

Magistratura bitiruvchilari magistr akademik darajasini olgandan so‘ng oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ITIlarda katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirishi mumkin.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatida:

-   manbalarga asoslangan holda, innovatsion va fundamental tadqiqotlar olib borish, sohaning nazariy va amaliy muammolarini bilish, davr uchun dolzarb, hal etilishi lozim bo‘lgan va takomillashtirish talab etiladigan yo‘nalishlarga doir mavzularni aniqlay olish;

-   ilmiy-tadqiqotlarni o‘tkazish va yangi ilmiy hamda amaliy natijalarni olish;

-   zamonaviy tadqiqot metodlari va metodologiyasi, ta’lim-tarbiyaga doir nazariyalar, konsepsiyalar, ilg‘or tajribalardan foydalanish;

-   ilmiy muammolarni hal etishning konseptual va nazariy modellarini ishlab chiqish malakalariga ega bo‘lishi kerak.

 



O`quv me`yoriy hujjatlar
5А111801-таьлим ва тарбия назарияси методикаси(мактабгача таьлим) УР-2018.PDF - O`quv rejalari
by Юлдашева Хилола


5А111801-таьлим ва тарбия назарияси методикаси(мактабгача таьлим) УР-2018.PDF - O`quv rejalari
by Юлдашева Хилола


мактабгача таълим магистратура.pdf - Malaka talablari
by Юлдашева Хилола


Мутахассислик фанларини укитиш методикаси.pdf - Fan dasturlari
by Юлдашева Хилола


5А111801-МТ.pdf - Malaka talablari
by Юлдашева Хилола


5А111801-таьлим ва тарбия назарияси методикаси(мактабгача таьлим) УР-2018.PDF - O`quv rejalari
by Доттоев Сайфулла


5А111801-таьлим ва тарбия назарияси методикаси(мактабгача таьлим) УР-2018.PDF - O`quv rejalari
by Доттоев Сайфулла


5А111801-Таълим ва тарбия назарияси ва методикаси (мактабгача таълим) 2017.pdf - O`quv rejalari
by Доттоев Сайфулла