Magistratura bo`limi


«Ta’lim to‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-son qaroriga muvofiq hamda oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida Magistratura bo'limi tashkil etilgan.

Yuklab olish uchun fayllar

O'quv yili uchun berilgan kvota asosida qabul qilingan talabalar kontengentini shakllantirish.
O'quv jarayonini tashkil qilsh. O'quv reja asosida o'qitiladigan fanlar oqitilish sifatini nazorat qilish.
Oquv jarayoniga taaluqli buyruqlar loyihalarini tayyorlash.
Amaliyotlarni tashkil qilinishini nazorat qilish va kerakli me'yoriy hujjatlar bilan ta'minlash.
MD bajarilishini nazorat qilish.
Davlat attestasiyasini tashkil qilish va o'tkazish.
Bitiruvchilarni ishga joylashish monitoringini amalga oshirish.




Yuklab olish uchun fayllar

Magistratura to‘g‘risida NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekistan Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida»gi konunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmoni, O‘zbekis¬ton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-son qaroriga muvofik magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida ishlab chikilgan va oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashning asosiy koidalari va tartibini, umumqabul qilingan xalqaro standartlarga binoan magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan mezonlar va talablarni belgilaydi.

Yuklab olish uchun fayllar

Oliy ta’lim muassasalarida magistrlarni tayyorlashni muvofiqlashtirishni magistratura bo‘limlari amalga oshiradi, ular kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda: magistrlar tayyorlash buyicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga, ularga takdim etilayotgan ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat kilishga ko‘maklashishni; o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini; oliy ta’lim muassasalari barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash buyicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat kilishni; magistrlarni o‘qitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirishni, magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlaydi.