Bolalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish nomli multimediali elektron qо‘llanma dasturi

M.M.Rustamova Ishlanmaning maqsadi boshlang‘ich ta’lim mehnat darslarida о‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishda innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va о‘quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish.

Loyihaning yangiligi - Boshlang‘ich ta’lim mehnat darslarini о‘qitishda innovatsion yondavshuv hamda yangi avlod adabiyoti yaratilganligi; - Jahon tajribalari asosida о‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish uchun xizmat qiladigan multimedia resurslaridan keng foydalanilganligi; - О‘quvchilarni dars va darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil foydalanish mumkinligi turli multimedia va grafiklar о‘quvchilarni yanada о‘ziga jalb qiladi; - Mehnat ta’limi darslarini tashkil etishga doir ish turlarining yasalish bosqichlari, kasbga yо‘naltirishga oid ma’lumotlar о‘rin olgan. Joriy etishga tayyor Multimediali elektron qо‘llanma sifatida shakllantrilgan о‘quv adabiyoti maktab yoki mustaqil ta’lim oluvchi, jumladan imkoniyati cheklangan bolalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. Qо‘llanma yasash texnologiyalari, rasm chizish, amaliy topshiriqlar, multimediali video-materiallar, о‘yinlar, shuningdek, kasb-hunarga yо‘naltirish bо‘yicha ma’lumotlarni о‘z ichiga oladi. Bolalar о‘zlari qiziqqan yо‘nalishi, fan sohasi bо‘yicha yetarli ma’lumotlarga ega bо‘ladilar, intellektual salohiyatlari yanada rivojlanadi, ularda yangi g‘oyalar paydo bо‘lishiga olib keladi. Shu orqali bolalarda fanga qiziqish, yangilik yarata olish kо‘nikmalari oshib boradi, elektron qо‘llanma orqali kasb-hunar turlari haqida ham qiziqarli ma’lumotlarga ega bо‘ladilar, о‘yin, topshiriq, test, krossvord, videodarslar orqali о‘rganilayotgan mavzuga kompleks yondashuv imkoniyati yanada ortadi. “Bolalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish” nomli multimediali elektron qо‘llanma uchun О‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan guvohnoma olindi (24.04.2017 y. DGU 04351), Ushbu multimediali elektron qо‘llanmadan bо‘lajak о‘qituvchilar hamda umumiy о‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari Mehnat ta’limi (Texnologiya) fanini о‘qitishda, sinfdan tashqari tо‘garak ishlarini tashkil etishda foydalanishlari mumkin. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti tayanch doktoranti Rustamova Manzura Mirkamalovna Tel: (+99897) 766-92-35 El.pochta: manzura-2012tashkent@mailru