NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 2019 YIL UCHUN QUYIDAGI IXTISOSLIKLAR BO‘YICHA TAYANCH DOKTORANTURA, DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL E’LON QILADI
№ |
Ixtisoslik shifri |
Ixtisoslik nomi |
Ajratilgan kvota |
|
Tayanch doktorantura |
Doktorantura |
|||
1 |
07.00.01 |
O‘zbekiston tarixi |
1 |
- |
2 |
13.00.01 |
Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi |
7 |
- |
3 |
13.00.02 |
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) |
13 |
1 |
4 |
13.00.03 |
Maxsus pedagogika |
1 |
2 |
5 |
13.00.05 |
Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi |
1 |
- |
6 |
13.00.07 |
Ta’lim menejmenti |
1 |
- |
7 |
13.00.08 |
Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi |
1 |
- |
8 |
19.00.01 |
Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi |
1 |
- |
|
|
JAMI |
26 |
3 |
Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ariza; qisqacha biografik ma’lumotnoma; mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun); oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi; nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ariza; qisqacha biografik ma’lumotnoma; mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun); oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi; tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi; nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
Hujjatlar 2015 yil 15 sentyabr - 15 oktyabr kunlari qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Toshkent davlat pedagogika universitetining Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi (276-75-26, 276-76-87) ga (manzil: 100185, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy) murojaat etish mumkin.
Fayllar:
1. 1. Tayanch doktarantura.doc



