Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Abay va o‘zbek adabiyoti” nomli doimiy ekspozitsiya ish boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 martdagi PQ-3598-sonli “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboev ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Abay va o‘zbek adabiyoti” deb nomlangan doimiy ekspozitsiya tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 martdagi PQ-3598-sonli “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboev ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Abay va o‘zbek adabiyoti” deb nomlangan doimiy ekspozitsiya tashkil qilindi. Doimiy ekspozitsiya buyuk ma’rifatparvar shoir va mutafakkir, xalqlar do‘stligining otashin kuychisi Abay Qo‘nonboevning hayoti va ijodi, o‘zbek va qozoq adabiy aloqalari tarixiga oid ma’lumotlarni o‘zida mujassamlagan. Ekspozitsiyaning ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Qozog‘istonning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Utembaev Yerik Miltiqbaevich, yurtimizdagi Qozoq milliy madaniy markazi raisi Usenov Serik Nazarovich, universitet faxriylari, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Marosimda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilayotgan bugungi kunda bu kabi ekspozitsiyalar har ikki xalqning buyuk farzandlari qoldirgan o‘lmas merosni o‘rganishda katta ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi. Universitet matbuot xizmati