Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimi nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom mazmuni to'g'risida talabalarga tushuntirish berildi

2018 yil 10 oktyabr kuni Nizomiy nomidagi TDPU 5-talabalar uyida “Oliy ta’lim  muassasalarida talabalar bilimi nazorat  qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi  nizom” xususida  talabalar bilan Botanika  kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan davra suhbati o‘tkazildi.

 

2018 yil 10 oktyabr kuni Nizomiy nomidagi TDPU 5-talabalar uyida “Oliy ta’lim  muassasalarida talabalar bilimi nazorat  qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi  nizom” xususida  talabalar bilan Botanika  kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Botanika kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Tabiiy fanlar fakulteti 1 kurs talabalari ishtirok etdi.

Mazkur Nizom  O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5  iyundagi PQ-3775 – son “ Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash  bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga muqofiq oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimini belgilaydi. Talabalar mazkur Nizom bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va qoniqarli javoblar olishdi.