“IDEAL” QVZ jamoasi о‘tkazgan bayram tadbiri

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida О‘zbekiston yoshlar ittifoqi shaxar kengashi va universitet boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan 16.10.2018 yil kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faollar zalida “Ideal” QVZ jamoasining xayriya konsert dasturi bо‘lib о‘tdi. Konsert dasturini Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Ismoilxonov Sunnatulla Yо‘ldoshxon о‘g‘li ochib berdi. konsert qizg‘in ruxda boshlandi. Bu tadbirda 400 nafarga yaqin talabalarimiz tomoshabin sifatida ishtirok etishdi va tadbir sо‘ngiga qadar qiziqish bilan tomosha qilishdi. Konsert davomida “Ideal” QVZ jamoasi talabalarimiz bilan xam о‘yin о‘tkazishdi va ishtirokchilarni о‘z faxriy yorliqlari bilan taqdirlashdi.