Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalariga Italiyaning Turin Politexnika universiteti professori ma’ruza o‘qimoqda

2018 yil 18 oktyabr kuni universitetimizning Kasb ta’limi metodikasi kafedrasiga Italiyaning Turin Politexnika universiteti professori Andrea De Marke taklif asosida keldi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 5 iyundagi PQ - 3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq xalqaro reytingi yuqori bo‘lgan xorijiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini ta’lim jarayoniga jalb qilish vazifasi belgilangan.

2018 yil 18 oktyabr kuni universitetimizning Kasb ta’limi metodikasi kafedrasiga Italiyaning Turin Politexnika universiteti professori Andrea De Marke taklif asosida keldi.

Professor Andrea de Marke - mutaxassisligi Metrologiya, o‘z faoliyatini 1972 yilda Turin Politexnika universitetida boshlagan. Faoliyati davomida AQShning Kolorado shtati Boulder universiteti – (1974-1994 yy.), Massachusets Beverli ilmiy tadqiqot stansiyalarida (1980-81 yy.) ilmiy xodim, Fransiyaning Parij (SYRTE) markazida  ilmiy xodim, (Braunshvayt Germaniya), AIST (Tsukuba, Yaponiya) KRISS (Taejong, Koreya) ilmiy markazlarida ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.

Doktor Andrea de Marke 20-31 oktyabr kunlari “Mehnat ta’limi” yo‘nalishi bakalavrlari uchun “Standartlashtirish, sertifikatsiyalar va metrologiya” fanidan ma’ruzalar  o‘qiydi.

Bugun, 22 oktyabr kuni italiyalik professor “ISO xalqaro standartlashtirish” mavzusida ma’ruza mashg‘ulotini olib bordi. Ma’ruza talabalarni faollashtirish, mustaqil fikrlashga yo‘naltirilgan metodlar asosida o‘tildi.