Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida fakultetlar o’rtasida “ZAKOVAT” intelektual o’yini o’tkazilganligi to’g’risida.

23.10.2018 yil kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti binosining 5-04 xonasida fakultetlar o’rtasida “Zakovat” intelektual o’yini tashkillashtirildi. Ayni intelektual o’yinda universitetimizning “Deduction” (Chet tillari fakulteti), “Admiral” (Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti), “Samo” (Fizika-matematika fakulteti), “Turon” (Tarix fakulteti), “Intellekt” (Pedagogika va psixologiya fakulteti), “Yoshlar” (Fizika-matematika fakulteti), “Iftihor” (Kasb ta’lim fakulteti), “Parvoz” (Boshlang’ich ta’lim fakulteti), “Zukkolar” (Defektologiya fakulteti) jamoalari ishtirok etishdi. “Zakovat” o’yining ochilish qismini Nizomiy nomidagi TDPU Yoshlar masalalari prorektori O.A.Qo’ysinov ochib berdi. O’yinning asosiy qismini “Zakovat” intelektual klubi a’zosi Abdullayev Farrux olib bordi. O’yin 2 raund davom etdi. Har bir raundda 12 ta savol o’ynaldi. Barcha fakultetlar o’yinga qiziqish bilan yondashishdi. Faxrli 3-o’rinni ikkita jamoa “Yoshlar” (Fizika-matematika fakulteti), “Iftihor” (Kasb ta’lim fakulteti) jamoalari qo’lga kiritishdi. Faxrli 2-o’rinni “Admiral” (Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti) jamoasi qo’lga kiritdi. “Zakovat” o’yinida o’z intelektual saloxiyati va bilimi bilan oliy o’ringa “Intellekt” (Pedagogika va psixologiya fakulteti) loyiq deb topildi.