Ustoz-shogird maktabi

NIZOMIY NOMIDAGI TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “USTOZ-SHOGIRD” TIZIMI

So‘nggi yillarda respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida bir qator salmoqli ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi jarayoni yanada takomillashdi. Xorijiy ilg‘or tajribalarning respublikamizda ta’lim tizimini tashkil etishda amalda chuqurroq tatbiq etilishi kuzatildi. Xususan, bu holatni respublikamizda ilmiy-tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish, doktorlik dissertatsiyalarni tayyorlash, innovatsion ishlanmalarni yaratish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining uzviyligini ta’minlashda ko‘rishimiz mumkin. Ilm-fan taraqqiyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, ilmiy-tadqiqot ishlarining muvaffaqiyati har qanday jamiyatda intellektual salohiyat ortib borishining bosh mezoni hisoblanadi.

Yoshlar respublikamiz aholisining yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Shuningdek, yoshlar jamiyatimizning asosiy qatlami bo‘lib, mamlakatimizning ishonch va e’tiqodiga aylanishi bilan ham bog‘liqdir. Yoshlar jamiyatning ilg‘or rivojlantiruvchisi va mustaqillik ne’matlarini kelajak avlodga yetkazuvchisi hisoblanadilar. Bugun yoshlarimiz qanday qadriyatlar sari intilmoqda, qanday orzu-niyat va o‘y xayollar bilan yashamoqda – biz bunga aslo loqayd va befarq qaramasligimiz kerak. 

Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash borasida deyarli 80 yillik tajribaga ega. Universitetda pedagogika (asoschisi akademik S.Rajabov), psixologiya (asoschisi professor M.Davletshin), o‘zbek tilshunosligi (asoschisi akademik M.Askarova), kimyo (asoschisi akademik M.Toshpo‘latov), tarix (asoschisi akademik A.Askarov), biologiya (asoschisi A.Zikiryaev), kasb ta’limi (asoschisi  U.Nishonaliev), geografiya (asoschisi professor X.Vaxobov), pedagogika (asoschilari professorlar B.Mirzaxmedov, L.Mo‘minova) yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy maktablar yaratilgan. So‘nngi yillarda universitet olimlaridan pedagogika sohasida Sh.Sharipov, N.Muslimov, B.Abdullaeva, falsafa sohasida I.Karimov, K.Tulenovalarning, psixologiya sohasida G‘.Shomurov, N.Safaev, Z.Nishonovalarning shogirdlari sermahsul tarzda disertatsiyalarini himoya qilganlar.

       Mustaqillik g‘oyalarini yoshlarimiz ongiga singdirish, ularning qalbida ana shu g‘oyalar yaxlitligi bo‘lmish istiqlolimiz mafkurasiga ishonch-e’tiqodni shakllantirish jamiyatni demokratlashtirish, yangilash va modernizatsiya qilish ta’lim borasida dolzarb vazifa bo‘lib qoladi. So‘zsiz, ushbu vazifani izchil amalga oshirish va pirovard maqsadga erishishda Toshkent davlat pedagogika universiteti  “Ustoz-shigird”  tizimining uzviyligi va uzluksizligini to‘liq ta’minlash muhim o‘rin egallaydi. Yosh avlod tarbiyasi o‘ta dolzarb masala bo‘lib, u ta’lim-tarbiyada uzviylik, qat’iylik va talabchanlik, ishlashning zamonaviy va ta’sirchan usul va vositalarini talab etadi. 

Ustoz-shogird tizimi yoshlarda:

        - mustaqillikka xavf tug‘diruvchi tashqi omillar: diniy ekstremizm,  aqidaparastlik, vahobiylik, akromiylar, hizbut-tahrir, missionerlik, kosmopolitizm kabi oqimlar ta’siriga qarshi kurasha olish;

         - mustaqillik yillarida ma’naviyat borasida xalqimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlarni asrab-avaylashga intilish;

          - hushyorlikning ziddiyati bo‘lgan g‘aflatdan saqlanish, befarqlik, loqaydlik, beparvolikka qarshi murosasiz bo‘lish;

          - faoliyatida milliy o‘zlik, milliy g‘urur va milliy iftixor tuyg‘usi bilan yashash;

          - milliy va ma’naviy qadriyatlarni hurmat qilish. Ijtimoiy faoliyatda fidoyilik, tinchliksevarlik fazilatlarini namoyon etish;

          - ijtimoiy munosabatlarda insonparvarlik fazilatlarini namoyon etish;

           - milliy-madaniy merosimiz va milliy qadriyatlarimizni hurmat qilish;

           - ma’naviyatning inson kamolotida tutgan o‘rnini chuqur anglash. ma’naviy olamning barqaror va mustahkamligi uchun kurashishga tayyor bo‘lish

kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi

         Hozirda ustoz-shogird ananalarini rivojlantirish maqsadida quyidagi ishlar amalaga oshirilgan:

-         talabalarni 2-kursdan boshlab ilmiy–ijodiy ishlar yo‘nalishtirish:

-         talabalarda innovatsion fikrlashni rivojlantirish;

-         mavjud ilmiy maktablarni rivojlantirish va yangi ilmiy yo‘nalishlar yaratish.