Eng nufuzli xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy unvon, mukofotlar

Alfred Bernxard Nobel

Alfred Bernxard Nobel, dinamitning ixtirochisi va Nobel mukofotining

tadbikotchisi

1833 yil, 21 oktyabr

Tavalludi

Stokgolm, Shvesiya 1896 yil, 10 dekabr

V a f o t i

Sanremo, Italiya M i l l a t i Shved S o xa s i Kimyo Mashxur Dinamit ishlari Nobel mukofoti

 

NOBEL MUKOFOTI SOVRINDORLARI VA UNING YaRATILISh

TARIXI

Har yili dekabr oyining dastlabki kunlari jaxon ilm axlining nigoxi Shvesiyaning Stokgolm shaxriga karatiladi. Chunki bu yerda yirik kashfiyot va olmshumul ixtirolar mualliflarini utib borayotgan yil natijalari buyicha buyuk kashfiyotchi olim Alfred Nobel nomi bilan ataladigan eng nufuzli mukofot bilan takdirlash marosimlari o‘tkaziladi

Ilm fan rivoji butun fan olimlarinng tabiat inomlarini o‘rganish yo‘lidagi buyuk ishlarida ularni doimo birlashtirib kelgan. Inson tafakkurining maxsuli bulgan kashfiyotlar bevosita ilmiy va nazariy tadkikotlar bilan bog‘lik bo‘lgani bois, turli mamlakatlar olimlarining xamkorligi nafakat fan va texnikaning, balki butun insoniyat rivojining asosi xisoblanadi.

Turgan gapki keng jamoatchilik olimlarning qo‘lga kiritayotgan yutuqlariga befarq qarab turmagan xamda ularning buyuk xizmatlariga nisbatan xolis baxo berish tizimlari ishlab chiqilgan. Ayniksa, bizning davrimizga kelib fan va texnika soxasidagi yutuqlarni keng ko‘lamda taqdirlash ommalashib ketdi.

Ilmiy markazlar, akademiya va jamiyatlar, ko‘plab milliy tashkilotlar, turli davlatlarning maxsus qo‘mitalari xamda xalqaro tashkilotlar olimlarning ilm-fan rivojidagi xizmatlari yoki kashfiyotlarini turli mukofotlar kurinishida munosib takdirlab kelmokda. Ana shunday ilmiy mukofotlardan biri 1900 yil 29 iyunda ta’sis etilgan Nobel mukofotidir. Ushbu noyob mukofot taniqli shved olimi Alfred Nobel vasiyatiga asosan ta’sis etilgan bo‘lib, xar yilning dekabr oyida berib boriladi. Vasiyatnomaning o‘zbekcha tadbiliga nazar tashlaylik.

 

Alfred Nobel xayotiga bir nazar

Nobellar sulolasi vakillari XIX asrda dinamitning ixtiro kilinishi va nufuzli mukofotlar bilan bog‘liqligi bilan o‘sha davrdagi yirik sanoatchi xamda moliyachilar o‘rtasida katta obruga ega bo‘lgan. Ushbu sulolaga XVPasr boshlarida asos solingan bo‘lib, Alfred Nobel beshinchi avlod vakili xisoblanadi. Uning otasi Emmanuel Nobel(1801-1872) Upsaldagi universitetni tamomlagach, Stokgolmda arxitektor bo‘lib ishlay boshlaydi. 1837 yili o‘sha davrda Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan Finlyandiyaga junab ketadi. 1842 yili esa u xotini va uch o‘g‘li Robert, Lyudvig hamda Alfredlar bilan Petrburgga ko‘chib o‘tadi. o‘sha yillari rossiya Imperiyasi nisbatan agrar mamlakat bulganligi sababli kuchli armiyaga, qolaversa armiya uchun kurol-aslaxa va o‘q-dori yetkazib beradigan xarbiy zavodlarga muxtoj edi. Texnika soxasida chuqur bilimga ega bulgan Emmanuel Nobel aynan shu yo‘nalishda izlanishlarni yo‘lga qo‘ydi, keyinchalik bu ishilarini uning o‘g‘li Alfred davom ettirdi.

Alfred Nobel to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, ko‘pchiliki u qanday odam bo‘lgan, degan savol qiziqtirsa kerak, albatta.

1833 yilda tug‘ilgan Alfred o‘rta bo‘yli ko‘rkam kishi edi. Uning sochlari tim qora, ko‘zlari to‘q moviy bo‘lib, soqoli o‘ziga yarashib turar edi.Alfred Nobel usha vaktda urf bo‘lgan qora ipli ko‘zoynak takib yurardi.

Alfredning bolaligi Rossiyada o‘tgani bois petrburgda rus tilini o‘rgandi va xususiy o‘kituvchilar qo‘lida bilim oldi. Bir necha yil Rossiya va Yevropaning yirik davlatlarida bilim olgan Alfred, 1863 yili otasining iltimosiga binoan Shvesiyaga qaytib keldi. Petrburglik professor N.N.Zinin raxbarligida bir qator ilmiy ishlarni amalga oshirgan A.Nobel, 1846 yili Italiyalik olim Askanio Sobrero tomonidan kashf kilingan yangi modda nitroglitseringa kizikib koldi.

1864 yil oktyabr oyida A.Nobel Shvedsiya temir yo‘llar davlat boshqaruvini o‘zi yaratgan portlovchi moddalarni tunnellar qurilishida. qo‘llashda va katta mikdorda ishlab chiqarishga ko‘ndirdi.

A.Nobel uz ixtirolariga xorijiy mamlakatlar patentlarini olish bilan bir katorda portlovchi moddalarni ishlab chiqarishni xam yo‘lga qo‘ya boshladi.

1866 yili Alfred nitroglitserin bilan kezelgurning aralashmasi asosida yangi modda yaratdi. Bu ixtiro kilingan portlovchi modda “dinamit yoki Nobelning xavfsiz portlovchi” deb atala boshlandi. Bir yildan so‘ng u o‘z mukofoti uchun patent oldi. Kelajagi porloq dinamitning dovrugi tez tarkaldi.

XIX asrning 80-yillarida Nobel portlovchi moddalariga bo‘lgan o‘sib borayotgan talabni qondirish maksadida Yevropaning bir qator mamlakatlarida yangi korxonalar qurdira boshladi. Bu vaktda Shvet muxandisi va ixtirochisi edi buyuk tadbirkor xamda malakali moliyachi sifatida tanilib qolgan edi. Uning umumiy mol-mulkidan olinadigan daromadi xam kundan kunga orta bordi. Shunga xam karamasdan A.Nobel fizika va kimyo soxasidagi ilmiy izlanishlarini davom ettirib, yanada samaraliroq bo‘lgan yangi turdagi portlovchi moddalar yaratish bilan shug‘ullandi. Bunday yangi ixtirolar qatoriga tutinsiz portlaydigan nitrogilitserinli porix-ballistitni kiritish mumkin.

1876 yili A.Nobel Vena shaxridagi Banen-bay-Vin sixatgoxida 20 yoshli kelishgan va go‘zal Sofi Gess bilan tanishib qolgan. Bu paytga kelib 43 yoshni urib qo‘ygan A.Nobel bilan yosh Sofi ortasida muxabbbat rishtalari paydo bo‘ldi. Gul dukonida sotuvchi bulib ishlayotgan Sofi xikoyamiz qaxramoni bilan Parijga birga ketadi. Ular 1891 yilgacha birga yashaydilar lekin ular o‘rtasidagi farq va Nobel sog‘lig‘idagi qusirlar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi xamda olim o‘lmidan bir necha yil oldin ular ajrashdi.

Umrining sungi yillarini San-Remoda utkazgan A.Nobel, ogir yurak kassaligiga uchraganligiga karamasdan, adabiy asarlar yozish bilan xam shug‘ullandi, xamda bu soxada xam o‘tkir kalam soxibi ekanligini namoish etdi.

Insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk olim va ajoyib fazilatlar egasi A.Nobel 1896 yil o‘lgan. Bu vaqtga kelib uning 93 korxonasida yiliga 66500 tonna tiurli portlovchi moddalar ishlab chiqarilar edi.

Alfred Nobel vasiyati

Men, quyida imzo chekuvchi, Alfred berixard Nobel, chuqur uylab va xal qilib, o‘limim yuz beradign kungacha tuplagan boyligim tug‘risidagi ushbu vasiyatnomani ma’lum qilaman.

Mendan keyin qoladigan barcha boyliklarim quyidagicha taqsimlansin: vasiyatni ijro etuvchilar tomonidan xamma qimmatbaxo qog‘ozlarga aylantirilsin ular asosida fond tashkil kilinib, undan olinadigan foizlar har yili insoniyat ravnaqi yo‘lida eng ko‘p xissa qo‘shgan kimsalarga mukofot ko‘rinishida berib borilsin. Aytib o‘tilgan foizlar teng besh kimsga bo‘linsin xamda kuyidagicha taqsimlansin: birinchi kismi fizika soxasida buyuk kashfiyot va ixtiro yaratganlarga, ikkinchisi kimyo olamida qo‘lga kiritilgan yangi va olamshumul ishlarni amalga oshirganlarga, uchinchisi butun dunyo tan oladigan muvaffakiyatlarga erishgan fiziologiya yoki tibbiyot soxasi vakilllariga, to‘rtinchisi inson ideallarini uzida mujassam etgan va aks ettirgan adabiy asarlar mualliflariga, beshinchisi insoniyat birdamligi qullikni bartaraf kilish, xarakatdagi armiyalar sonini qisqartirish xamda davlatlar o‘rtasidagi tinchlik shartnomalari soxasida buyuk xizmat kursatgan shaxslarga. Fizika va kimyo soxasidagi mukofotlar Shvesiya qirollik Akademiyasi tomonidan, fizialogiya va tibbiyot soxasi bo‘yicha beriladigan mukofotlar Stokgolmdagi qirollik Karolina instituti tomonidan, adabiyot soxasidagi soxasidagi mukofotlar Stokgolmdagi Shvesiya Akademiyasi tomonidan, tinchlik soxasidagi mukofot esa Norvegiya Oliy xukumati xukumat kengashidan saylanadigan besh kishidan iborat qo‘mita tomonidan beriladi.

Mening aloxida xoxishim shundan iboratki, mukofot berilganda, kaysi millatdan kat’iy nazar, skandinaviyalikmi yoki boshkami, umuman millati xisobga olinmagan xolda ushbu mukofotga eng loyik nomzodlar tanlab olinishi zarur.

Ushbu vasiyatnoma oxirgi va mukammal xisoblanib, u qonuniy kuchga ega xamda agar mening o‘limimdan so‘ng boshka vasiyatnomalar paydo bo‘lsa ularning barchasini bekor qiladi.

Va nixoyat, mening so‘ngi talabim shundan iboratki, o‘limim to‘g‘risidagi malakali vrachning xulosasidan so‘ng, mening tanam yokib yuborishga berilsin.

Alfred Berixard Nobel

Parij, 1895 yil 27 noyabr

 

Nobel Jamg‘armasi

Shvedsiya davlat parlamentida ovoz berish yo‘li bilan o‘z o‘rnini topgan Nobel jamg‘armasining nizomi, Shvedsiya qirolining tasdig‘idan o‘tgach, 1900 yil 29 iyun kuni, Nobel vasiyat qilib ketgan maqsadli jamg‘arma to‘g‘risidagi g‘oya amalga oshirildi. 1897 yili A.Nobelning barcha mol mulkini sotishdan xosil bo‘lgan jamg‘armaning umumiy miqdori tuqqiz millionni tashkil kildi. 1901 yil Nobel mukofoti sovrindorlarining xar biri 42 ming dollardan mablag‘ oldilar.

Nobel jamg‘armasining Nizomida mukofotlarni topshiruvchi har to‘rtta tashkilot qoshida Nobel institutlari tashkil etilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular ko‘rsatilgan nomzodlarni o‘rganish va ulardan mukofotga munosiblarini tanlab olish bilan bog‘lik tashkiliy ishlarni amalga oshiradi.

Tashkiliy ishlarni asosan Shvesiya Fanlar Akademiyasi qoshida ochilgan institutlar amalga oshiradi:

Masalan : 1905 yili Shvesiya Fanlar Akademiyasi qoshida ochilgan institut, keyinchalik esa ushbu institutda fizika (1937) va kimyo (1944) fanlari soxasida Nobel mukofotini berish bo‘limlari tashkil etildi.

Shuni aloxida ta’kidlab o‘tish kerakki, A.Nobelning niyati bo‘yicha mukofotlar o‘z vaqtida ilmiy kashfiyot va ixtirolarini yaratib, keyinchalik keksalik gashtini surayotgan yoki ilmiy ishlardan uzoqlashib qolgan olimlarga emas, balki kelajagi porloq hamda o‘z soxasining fidoiysi bo‘lgan novqiron ilm dargalariga berilishi ko‘zda tutilgan edi.

Nomzodlarni tanlash

X,ar yili 21 oktyabr A.Nobel tavallud tobgan kuni yangi mukofat soxiblarining nomlari e’lon qilinadi xo‘sh, bunday boobru mukofat nomzodlari kay tartibda va kimlar tomondan aniklanadi.

Ushbu nomzodlarni tanlash institut qoshidagi qo‘mitalar tomonidan amalga oshirilib qo‘mita a’zolariga vakolat maddatlari uch yildan besh yilgacha beriladi. Yil boshi nobel qo‘mitalari tomonidan jaxondagi taniqli olimlarga yangi nomzodlar ko‘rsatishlari uchun so‘rovnomalar junatiladi. Nomzodlar to‘g‘risidagi takliflar yilning 1 fevraliga kadar jamgarmaga topshirilishi shart.

Kumitaning majlis va kengashlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘ta sir saklanadi. Majlis vaktida stenografik yozuvlar o‘tkazilmaydi va mukofat nasib etmagan nomzodlarning nomlari xech qaerda e’lon kilinmaydi. Umuman olganda, Nobel mukofatining soxiblarining o‘rtacha yoshi 39 ga teng bo‘lib, bu yosh fiziklarda 36, kimyogarlarda 39, tibbiyot vakillarda 41 ni tashkil etadi. Eng yosh mukofot soxibi Uilyam Laurens Bregg xisoblanadi. U ushbu mukofotga 25 yoshida sazovor bulgan.

Shu kungacha Nobel mukofotiga ko‘plab olimlar sazovor bo‘lib,ular fiziklar, ximiklar, tibbiyot vakillari, adabiyot soxasi vakillaridir.

Fizika fani buyicha Nobel mukofoti sovrindorlari.

Fan olamida shunday olimlar ijod kilib utganki, ular yaratgan ilmiy goya kashfiyotlar butun bir yangi urganiladigan soxalarning yuzaga kelishaga sababchi buladi. Xuddi shunday kilingan ishlar natijasida fizika soxasida erishlgan yutuklar orkali fan tarakkiyotida ulkan chukkilarga erishildi va erishilmokda. Bunga misol tariksida mikroelektronika , nanotexnalogiyalar buyicha kilinayotgan ixtirolarni aytib utish mumkin.

Kuyida fizika soxasida bir kancha ishlarni amalga oshirgan Nobel mukofoti sovrindorlarining ba’zilari xakida fikr yuritilgan.

Nobel mukofotining ilk sox,iblari Vilgelm Konrad Rengent nemis fizik tadkikodchisi. (1901) (fizik)

Yakob Xendrik Vant- Goff Niderlandiyalik fizik kimyogar (1901) (kimyo) Emil Adolf Bering Nemis Bakteriolog olimi (1901)

 

Kush mukofot soxiblari

Nobel mukofoti soxiblari orasida shunday insonlar borki, ular o‘z xayotlari va ilmiy faoliyatlari davomida yaratgan ixtiro xamda kashfiyotlari orqasidan qo‘lga kiritgan yutuqlari uchun ushbu noyob mukofotga ikki martadan sazovor bo‘lganlar ulardan:

Nobel mukofoti tug‘risidagi ma’lumotlarni tayyorlash davomida bir oiladan yetishib chikkan sovrindor olimlar dikkatimizni tortdi. Bir oila yoki sulola vakillaridan bu oliy mukofotga kuyidagi olimlar sazovor bulishgan:

Per va Mariya Kyuri, ularning kizi va kuyovi Iren va Frederik Jolio- Kyuri, ota bola Nils Bor va Oge Bor, ota bola Uilyam Genri Bregt va Uilyam Lorens Bregt, ota bola Mann Sigban va Kay Sigban      Mariya Sklodovskaya-Kyuri Varshava shaxri Laynus Poling Jon Bardin Fredrik Senger Albert Eynshteyn AKSh(Oregonta) AKSh (Viskonsin) Angiliya(Rendkomb) Olmoniya(Ulma) Oilaviy mukofot soxiblari