Adabiyotga e’tibor - kelajakka e’tibor mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi “Adabiyotga e’tibor - kelajakka e’tibor” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 

Prezidentimizning 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risidagi”gi Qarori bu borada ishlarni amalga oshirishda dasturulamal bo‘lmoqda.

         Talabalar o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida 2018 yil 12 noyabr kuni universitet ARMda Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 402-guruh talabalari bilan “Adabiyotga e’tibor - kelajakka e’tibor” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida “Jismoniy madaniyatkafedrasi b.f.n. dotsent M.Toirova, dotsent R.I.Latipov sozga chiqib, ijodkor ahli oz farzandining qalbida millat ozligini anglashga, milliy goyani shakllantirishga, urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizning mazmun-mohiyatini anglash singari goyalarni oz ma’ruzalarida va chiqishlarida asarlari orqali yetkazishga uringanlar deya oz fikrlarini bildirib otdi.

Davra suhbatida ARM masul xodimi 1-toifali bibliograf  D.S.Toraeva, ARM fondi va undan foydalanish holatlari, internet tizimi va undan foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida batafsil malumotlar berib otdilar.