“Men shu aziz Vatan farzandiman”

Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Toshkent viloyati Zangiota tumani 13-maktab bilan hamkorlik shartnomasi asosida ish rejasi tasdiqlangan. Mazkur ish rejaga ko‘ra universitetning Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, mazkur rejada belgilangan “Men shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostidagi “Yo‘l xaritasi” rejasidagi turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti N.Vohidova ma’ruzachi sifatida qatnashdi. Bugungi kungacha dotsent N.Voxidova “Oliyjanoblik oliy qadriyat”,  “Mening oilam”, “Kim bo‘lsam ekan”, “Vatan ostonadan boshlanadi” kabi mavzularda o‘quvchilar bilan jonli muloqot o‘rnatib, ma’ruza, bahs-munozaralar tashkil qildi. O‘tkazilgan tadbirlar o‘quvchilar o‘rtasida o‘qishga, o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni yanada oshirishga yordam berdi. Tadbir so‘ngida maktab ma’muriyati dotsent N.Voxidovaga o‘z tashakkurini bildirdi.