Tojikistonning Xo’jan davlat universiteti dotsenti, bastakor, kompozitor, san’at arbobi Toshmatov Abdurahmon hisobot konsertini taqdim etdi

2018-yil 12-noyabr kuni Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti Musiqiy ta’lim kafedrasida bir oy davomida faoliyat ko’rsatgan qardosh mehmonimiz, Tojikistonning “Xo’jan” davlat universiteti dotsenti, bastakor, kompozitor, san’at arbobi Toshmatov Abdurahmon hisobot konsertini taqdim etdi.

Konsertni Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori A.Akramov kirish so’zi bilan ochib berdi. Hisobot konsertini Musiqiy ta’lim kafedrasi mudiri Q.Panjiyev olib bordi. Konsert davomida respublikada xizmat ko’rsatgan Xor ansambli hamda Musiqiy ta’lim kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda talabalari o’z  chiqishlarini namoyish etdi.