Professor M.G.Davletshin tavalludining 95 yilligi munosabati bilan ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Psixologiya fanlari doktori, professor M.G.Davletshin tavalludining 95 yilligi munosabati bilan “Zamonaviy psixologiya fanining amaliy imkoniyatlari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, “Pedagogika va psixologiya” fakultetida 2018 yil 10-noyabr kuni psixologiya fanlari doktori, professor M.G.Davletshin tavalludining 95 yilligi munosabati bilan “Zamonaviy psixologiya fanining amaliy imkoniyatlari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Unda M.G.Davletshinning hayoti va ijodi, ilmiy salohiyati,  ilm-fan sohasida erishgan yutuqlari, insoniy fazilatlari  yodga olinib, uni hayotiy faoliyatiga  bag’ishlangan video lavha namoyish etildi.

 “Zamonaviy psixologiya fanining amaliy imkoniyatlari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanga respublikamizdagi barchga soha mutahasislari, shu bilan bir qatorda xorijlik olimlar ham  tashrif buyurib, M.G.Davletshin  hayoti va ilmiy faoliyati haqida fikr va mulohazalar almashishdi.

Anjumanda psixologiya fanlari doktori, professorlardan G‘.B.Shoumarov, V.M.Karimova, Sh.R.Baratov, D.G‘. Muxammedova, V.P.Chudakova, P.S.Ergashev  va boshqa ko’plab olimlar ishtirok etishdi.