Nizomiy nomidagi TDPU da "TALABALAR TEATR STUDIYASI" tanlovi.

Nizomiy nomidagi TDPU da "TALABALAR TEATR STUDIYASI" tanlovi bo'lib o'tdi. Tanlovda tabiiy fanlar, boshlang'ich ta'lim, fizika-matematika, defektologiya, pedagogika-psixologiya, chet tillari fakultetlaridan tashrif buyurgan teatr jamoalari o'zaro kuch sinashdilar va ular tomoshabinlarga ajoyib chiqishlarini namoyish etishdi. Tanlov natijalariga ko'ra 3-o'rin defektologiya fakulteti "Maysaraning ishi" nomli chiqishi uchun, 2-o'rinni pedagogika-psixologiya fakulteti "Onalar sayyorasi" nomli teatr chiqishi uchun, 1-o'rinni esa boshlang'ich ta'lim va jismoniy madaniyat fakulteti "Xayotmi, yo" deb nomlangan asari uchun qo'lga kiritdilar.