Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida "Talabalar kuni"ga bag'ishlangan bayram dasturi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida "Talabalar kuni"ga bag'ishlangan bayram dasturi bo'lib o'tdi. Bayram dasturi ajoyib kuy va qo'shiqlar, sahna ko'rinishlari, turli o'yinlar va ajoyib chiqishlarga boy bo'ldi. Dastur davomida elimiz suygan sanatkorlar tashrif buyurishdi. Yoshlar ittifoqi faollari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Talabalarimiz olam olam quvonch bilan bayram dasturini tomosha qilishdi va bayram dasturi so'ngiga qadar faolligini namoyish etishdi.