Bizning futbol terma jamoamiz yana bir bor g'olib.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Chilonzor tuman maxalli kengashi tomonidan 17-noyabr xalqaro talabalar kunini keng nishonlash maqsadida "Talabalik oltin davrim" loyihasi doirasida Chilonzor tumanida joylashgan oliy ta'lim muassasalari o'rtasida "Futzal" sport turi bo'yicha tashkil qilingan musobaqada, Nizomiy nomidagi TDPU terma jamoasi 7:2 xisob bilan oliy o'rinni qo'lga kiritdilar. O'yin Iqtisodiyot universitetida bo'lib o'tdi.