“Umumiy pedagogika” kafedrasi professor-o’qituvchilari tashabbusi bilan talaba qizlar uchun shifokor-ginekolog bilan suhbat tashkil etildi

Shifokor-gnekolog Imomkulova M.K. qizlarni oilaga tayyorlash, ayollar va qizlarning reproduktiv salomatligi,  sog’lom hayot tarzi, shaxsiy gegiyena haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi.

17-noyabr 2018-yil “Umumiy pedagogika” kafedrasi professor-o’qituvchilari jumladan, X.A. Ruzmetova, G.N. Ibragimova, N.S.Mirsagatova, S.A.Djumayeva, Z.D.Abralova, I.I.Rejametova,  F.O.Mirzayeva, N.M.Gafurova, O’.U. Abdullayeva, G.M.Qurbonova,  Sh.X.Tashmetova, I.V.Morxova, M.X.Nishanova hamda Shifokor-gnekolog Imomkulova Maxmuda Kilichevna 7-conli TTJ talaba qizlari bilan davra suhbati o’tkazdilar. “Umumiy pedagogika” kafedrasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha mas’ul o’qituvchisi Ruzmetova X.A. tashrif buyirgan shifokor-gnekolog Imomkulova Maxmuda Kilichevnani talabalarga tanishtirdi. Shifokor-gnekolog Imomkulova M.K. qizlarni oilaga tayyorlash, ayollar va qizlarning reproduktiv salomatligi,  sog’lom hayot tarzi, shaxsiy gegiyena haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi. Ayollarning turli surunkali hastaliklar va ularni oldini olish, davolash yuzasidan shifokor sifatida maslahat va tavsiyalar berdi.

Davra suhbati davomida talaba qizlar salomatlik yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Tadbir mazmunli va amaliy maslahatlarga boy boldi.