Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limining maqsadi

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limining maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ – 3775-son qarorlariga muvofiq har bir oliy ta’lim muassasasida 1-kurs davomida saralab olingan eng iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etish (mazkur guruhlardagi talabalar soni oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi), 2-kursdan ularni o‘qitishni alohida o‘quv reja va dasturlar asosida amalga oshirish, ushbu toifadagi talabalarni magistraturaga maqsadli qabul qilish va bu orqali oliy ta’lim muassasalari kafedralari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish, universitetda iqtidorli talabalarni maqsadli ilmiy faoliyatga jalb qilish va yo‘naltirish, kafedralar hamda fakultetlarda bu borada olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirishdan iborat.