O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiri o’tkazildi

6-dekabr kuni Tabiiy fanlar fakulteti talabalari va professor-o’qituvchilari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiri universitetning faollar zalida o’tkazildi. 

6-dekabr kuni Tabiiy fanlar fakulteti talabalari va professor-o’qituvchilari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiri universitetning faollar zalida o’tkazildi. Tadbirda talabalar tomonidan sahnalashtirilgan tomoshalar, qiziqarli chiqishlar, hamda savol-javob ko’rinishidagi chiqishlar namoyish qilindi. Talabalar faolligini ta’minlash ularga yanada ko’tarinki ruh bag’ishlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Satira teatri aktyor va aktrisalari jalb qilindi. Ular ham yig’ilganlarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etishdi. Taniqli san’atkorlar tomonidan kuy-qo’shiqlar ijro etildi, qiziqchilar ajoyib chiqishlari bilan yig’ilganlarni xushnud qilishdi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligiga bag’ishlab 5-TTJda osh dasturxoni tashkil qilindi. fakultet dekanlari tashabbusi bilan tashkil etilgan osh dasturxoni katta bayramga ulanib ketdi. TTJning birinchi qavatida bayram dasturxoni tuzaldi. Tabiiy fanlar fakulteti hamda Fizika-matematika fakultetlari professor-o’qituvchilari bayram munosabati bilan yig’ilganlarni samimiy qutlab, qozon boshida milliy an’analar va ularning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati to’g’risida o’zaro fikr almashishdi. Shundan so’ng talabalarga osh tortiq qilindi. 10-TTJda istqomat qiluvchi talabalarni ham bayram dasturxoniga taklif qilindi. Taomlanishdan so’ng talabalar tomonidan musiqali bayram o’tkazildi.