"BIZ SIZNI YOLG'IZ QOLDIRMAYMIZ" shiori ostida hayriya aksiyasi o'tkazildi

7-dekabr kuni Tabiiy fanlar fakulteti tomonidan bir guruh faol talabalaridan iborat guruh fakultet rahbariyati va "Yoshlar ittifoqi" hamkorlikda "BIZ-SIZNI YOLG'IZ QOLDIRMAYMIZ" shiori ostida hayriya aksiyasi tashkil etildi.

7-dekabr kuni Tabiiy fanlar fakulteti tomonidan bir guruh faol talabalaridan iborat guruh fakultet rahbariyati va "Yoshlar ittifoqi" hamkorlikda "BIZ-SIZNI YOLG'IZ QOLDIRMAYMIZ" shiori ostida hayriya aksiyasi tashkil etildi. Aksiya doirasida Gemotologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti 2- bolalar gematologiya bo'limidagi bemor bolalarning holidan xabar olindi va ularga sovg’alar ulashib, bolajonlarga olam olam quvonch bag'ishlandi. Ko'p sonli talabalarimizning o'z qo'llari bilan yasagan buyumlari, tikkan ko'ylaklari sovg'a qilindi, shuningdek, kafedralar yordami bilan 34 nafar muntazam qatnovchi va 27 nafar shu yerda 3-4 oylab davolanayotgan va sog'ligi og'ir bolalarga sovg'alar berildi.