Yangiyo‘l shahar 11-ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabdagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun “8-dekabr konstitutsiya kuni” bayram tadbiri o‘tkazildi

7-dekabr kuni Nizomiy nomidagi TDPU “Maxsus pedagogika” fakulteti professor-o‘qituvchilari Yangiyo‘l shaxar 11-ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun tadbir o‘tkazdilar. 

7-dekabr kuni Nizomiy nomidagi TDPU “Maxsus pedagogika” fakulteti professor-o‘qituvchilari Yangiyo‘l shaxar 11-ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun tadbir o‘tkazdilar. Tadbirda “Maxsus pedagogika” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.T.To‘raeva, fakultet hamkorlik ishlari bo‘yicha ma’sul S.M.Pulatova, oligofrenopedagogika yo‘nalishi 101-102-guruh talabalari  qatnashdilar. Fakultet guruh murabbiylari raisi N.Q.Abidova, fakultet professor-o‘qituvchilari I.T.Xamraeva, B.X.Xusnutdinova, S.Yu.Shamsievalar ishtirokida “Maxsus pedagogika” fakulteti va Yangiyo‘l shahar imkoniyati cheklangan bolalar uchun 11-ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab orasida 2018-2019 o‘quv yillari hamkorlik shartnomasi imzolandi va ish rejasi tasdiqlandi.

Tadbirda “8-dekabr konstitutsiya kuni” munosabati bilan fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.T.To‘raeva so‘zga chiqib, maktab jamoasini va o‘quvchilarni bayram bilan tabrikladilar.

101-guruh talabalari bolajonlarga bayram tabrigini yo‘llab “Zumrad va qimmat” ertagini namoyish qildilar.

Tadbir so‘ngida fakultet hamkorlik ishlari bo‘yicha ma’sul S.M.Pulatova va  o‘qituvchilar bolajonlarga sovg‘a salomlar ulashdilar.