Talabalari guruhi Sog'liqni saqlash muzeyiga tashrif buyurdi

6-dekabr kuni BTМ fakulteti talabalari guruh rahbari Hamidova N.A. boshchiligida falsafa fani o'qituvchisi Li E.V. bilan Sog'liqni saqlash muzeyiga tashrif buyurdi.

6-dekabr kuni BTМ fakulteti talabalari guruh rahbari Hamidova N.A. boshchiligida falsafa fani o'qituvchisi Li E.V. bilan Sog'liqni saqlash muzeyiga tashrif buyurdi. Muzeyda inson homilasining embrional rivojlanishi, turli organ tizimlarining fiziologiyasi va anatomiyasi va boshqalar haqida muzey hodimi ma'lumot berdi. Talabalar harbiy tibbiyot sohasida qo'llanilgan birinchi jarrohlik asbob -uskunalari bilan tanishdilar.Talabalarni inson organizmining anatomik va fiziologik xususiyatlariga muvofiq joylashgan maket juda qiziqtirdi. Maketda o'rganilayotgan organlarning har birini ajratish va uni har tomondan ko'rib chiqish mumkin edi.

Ekskursiya so'ngida talabalar murabbiylar bilan birgalikda suratga tushishdi.