Talabalar diqqatiga! Toʻlov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini toʻlash muddati oʻzgardi

2018/2019 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining ikkinchi va undan yuqori kursida tahsil olayotgan talabalar uchun belgilangan toʻlov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini toʻlash muddati joriy yilning 31 dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.

Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga 2018/2019 oʻquv yili qabulida kirish sinovlari natijasiga koʻra yetarli ball toʻplamagan va oshirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun;

2018/2019 oʻquv yilida respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tavsiya etilgan xorijiy fuqarolar uchun;

Edu.uz