“Konstitutsiya–milliy qomusimiz” mavzusida davra-suhbati tashkil etildi

Konstitutsiya har bir davlatning asosiy huquqiy hujjati hisoblanadi. Uning me’yorlari nafaqat davlat tuzumi, davlat hokimiyati va boshqaruvini tashkil etish prinsiplarini, balki ijtimoiy hayot me’yorlarini ham belgilab beradi.

Konstitutsiya har bir davlatning asosiy huquqiy hujjati hisoblanadi. Uning me’yorlari nafaqat davlat tuzumi, davlat hokimiyati va boshqaruvini tashkil etish prinsiplarini, balki ijtimoiy hayot me’yorlarini ham belgilab beradi. Konstitutsiyamizda oilaviy turmush tarzining huquqiy asosini tashkil etuvchi prinsipial qoidalar va jamiyatning iqtisodiy asoslari, iqtisodiy faoliyat erkinligini kafolatli ta’minlash, mulkdorlar huquqlarini himoya qilishga bag‘ishlangan. Bosh qomusimiz qabul qilingan kun-8 dekabr alohida qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, umumxalq bayrami deb e’lon qilingan.

2018 yil 7-dekabr kuni “Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi” kafedrasi “Konstitutsiya–milliy qomusimizmavzusida davra-suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri S. Nazarov va kafedra o‘qituvchilariva talabalar qatnashdilar.Tadbirni Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri S. Nazarov ochib berib,talabalarni bayram bilan tabrikladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish – butun O‘zbekiston xalqining muqaddas burchi haqida aytib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi yurtimizda keng nishonlanishi haqida gapirdi. Shundan so‘ng kafedra o‘qituvchisi B. Bobojonovga so‘zga chiqib kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlaganidek, yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizimning yetukligining ifodasi haqida gapirdi. Konstitutsiyamizning 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi, maktab ishlari davlat nazoratidadir. Asosiy qonunimizda fuqarolar huquq va erkinliklari, majburiyatlari belgilab berilgan. Unda O‘zbekiston xalqining millati, e’tiqodi, dini, jinsidan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ekanligi ta’kidlangan. Shundan so‘ng talabalar savollar bilan baxs-munozaraga kirishdilar. Tadbir juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi.