“Eng bilimdon kitobxon”

Tarix fakulteti 1 -bosqich talabalari o‘rtasida “Eng bilimdon kitobxon” ko‘rik tanlovini saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2017 - yil 12 - yanvarda “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish” haqida imzolangan farmoish talablaridan kelib chiqqan holda, 2018 - yil 19 - dekabrda “O‘zbekiston demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Tarix fakulteti 1 -bosqich talabalari o‘rtasida “Eng bilimdon kitobxon” ko‘rik tanlovini saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Tarix fakulteti tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 101-102 guruhi talabalari bilimlarini sinab ko‘rishdi. Tadbirda taniqli o‘zbek adiblari M.Behbudiy, S.Ahmad va O‘.Hoshimov ijodiga murojaat etildi. Tanlov quyidagi shartlar asosida o‘tkazildi: adib haqida malumot, tanlangan asar haqida qisqacha ma’lumot, asardar parcha, manolog ijro etish, men ushbu asarni o‘qishni tavsiya etaman va asardan sahna ijro etish bo‘yicha bahslashildi. Tanlovda faol ishtirok etgan ishtirokchi talabalarga kitob sovg‘a qilindi. Tanlovda 5 ta kichik guruh ishtirok etib, eng yuqori mahorat bilan ishtirok etgan ikki guruh final bosqichiga chiqishdi.