Xushxabar! Universitetimizning 3-bosqich talabasi «Yosh kitobxon» tanlovida mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Xushxabar! Toshkent davlat pedagogika universitetining 3-bosqich talabasi Shohsanam Xolboeva 327,2 ball bilan «Yosh kitobxon» tanlovining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

15 dekabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan «Yosh kitobxon» tanlovining 20-30 yosh toifasidagi respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

 

MTRKning Media markazida o‘tgan yakuniy bosqichda  14 nafar qatnashchilar «O‘zbek adabiyoti bilimdoni», «Jahon adabiyoti bilimdoni», «Buyuk mutafakkir va adib» hamda «She'riyat» kabi 4 ta shart bo‘yicha bellashishdi.

Toshkent davlat pedagogika universitetining 3-bosqich talabasi Shohsanam Xolboeva 327,2 ball bilan «Yosh kitobxon» tanlovining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G'olib talabamizga Prezident sovg‘asi «Spark» avtomobili va «Kitob olami» do‘koniga 3 oylik xarid uchun 20 foiz chegirma taqdim etildi.

 

Universitet rahbariyati Xolboeva Shohsanamxonni ushbu yutuq va mukofotlar bilan qutlaydi hamda yutuqlari bardavom bo'lishini tilaydi.