“Small business planning and promotion(SBPP)”

“Small business planning and promotion(SBPP)” yo‘nalishi bo‘yicha Iqtisodiy bilim asoslari” kafedrasi mudiri PhD., dotsent Abdilakimov Gafur Abdixalikovich grant soxibi bo‘ldi

Joriy 2018-2019 o‘quv yili davomida Hindiston davlatining ITEC dasturi bo‘yicha National Institute for Entrepreneurship and small business development (NIESBUD)da “Small business planning and promotion(SBPP)” yo‘nalishi bo‘yicha Iqtisodiy bilim asoslari” kafedrasi mudiri PhD., dotsent Abdilakimov Gafur Abdixalikovich grant soxibi bo‘ldi va 2018 yil 7 oktyabrdan – 2018 yil 1 dekabrgacha malaka oshirishim davomida qo‘yidagi ishlarni amalga oshirdi. 2018 yil 7 oktyabrda Hindiston davlati New Dehli shaxriga yetib keldi va 8.10.2018 yilda National Institute for Entrepreneurship and small business development (NIESBUD)da “Small business planning and promotion(SBPP)” yo‘nalishi bo‘yicha dars jarayoni boshlandi. Ikki oy davomida 36 ta davlatdan tashrif buyurgan 37 ta malaka oshiruvchilar ishtirok etdi va 15dan ortiq yetuk mutaxassislar tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tildi. Darsning birinchi kunlarida har bir malaka oshiruvchi tomonidan o‘zining davlati to‘g‘risida qisqacha taqdimot qilindi. Xaftaning har shanba kunlari Hindistonning yirik korxonalarida uchrashuv tashkil etildi va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirildi. Xaftaning har yakshanba kunlari Hindistonning tarixiy va madaniy joylariga sayoxat tashkil etildi. Har bir ishtirokchilar o‘zining elchixonasiga tashrif buyurishdi va Universitetga chet el professor-o‘qituchilarni jalb etish masalalari muhokama qilindi. Dasrlarda professor-o‘qituvchilar tomonidan biznes rejalar ishlar chiqish mexanizmi o‘rgatildi va har bir tinglovchi tomonidan biznes reja taqdimoti qilindi. Har bir mavzu yakunida test topshirildi. Malaka oshirishim yakunida imtihonlardan muvafaqqiyatli o‘tganligim uchun Hindiston davlatining ITEC dasturi bo‘yicha National Institute for Entrepreneurship and small business development (NIESBUD)ning “Small business planning and promotion(SBPP)” yo‘nalishi bo‘yicha (A+) sertifikati berildi. 1.12.2018 yilda Hindiston davlatidan O‘zbekiston Respublikasiga qaytdi.