Robert Byorns tavalludiga bag’ishlab adabiy-musiqiy kompozitsiya tashkil qilindi.

19 dekabr 2018 yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetining katta tantanalar zalida buyuk Shotlandiya shoiri Robert Byorns tavalludiga bag’ishlangan bayramona tadbir o`tkazildi.

Rus tili va adabiyoti fakultetidagi “Orfey” dramaturgiya to’garagi faoliyati doirasida 19 dekabr 2018 yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetining kata zalida buyuk Shotlandiya shoiri Robert Byorns tavalludiga bag’ishlangan bayramona tadbir o`tkazildi. Adabiy-musiqiy kompozitsiya quyidagi yo’nalish talabalari va magistrlari yordamida tayyorlandi: Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti o’zga tilli guruhlarda) va chet tili (ingliz tili). Tadbirni rus tili va adabiyoti fakulteti dekani, “Orfey” dramaturgiya to’garagi rahbari Matenova Yu.U. ochib berdi. U o’z chiqishida yoshlarning ma'nan yetuk, sog’lom va barkamol avlod bo’lib rivojlanishi uchun eng yaxshi klassik аsarlar bilan tanishish zarurligini ta’kidladi. So’ng “Orfey” dramaturgiya to’garagi qatnashchilari tomoshabinlar e’tiboriga XVIII asrning eng buyuk Shotlandiya shoiri hisoblangan Robert Byorns qalamiga mansub she'rlar, epigrammalar va qo'shiqlarni taqdim etdilar. Sahnada “Findley”, “Tem Glen”, “Robin”, “Mening otam halol fermer edi” va boshqa shu kabi mashhur she'rlar jarangladi. To’garak a'zolari tomonidan asarlarning ayrimlari ingliz tilda taqdim etildi. Tadbir yakunida “Kitobxon” g’oyasini targ’iboti doirasida tamoshabinlar bilan interfaol suxbat o’tkazildi. Unda talabalar adabiy-musiqiy kompozitsiyani ko’rgandan olgan o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdilar, shuningdek o’zlarining sevimli mahalliy, rus va xorijiy shoirlarining she’rlarini o’qib berishdi.