25-dekabr kuni "Yangi yil oqshomi" nomli bayram dasturi bo'lib o'tdi.

25.12.18 yil kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida kelayotgan yangi yil bayrami munosabati bilan "Yangi yil oqshomi" deb nomlangan bayram dasturi bo'lib o'tdi. Biz talabalar o'z oldimizga yangi-yangi orzular, yangidan yangi maqsadlar qo'yamiz. Bizning Nizomiy nomidagi Toshkent davlat edagogika universiteti talabalari ham bu yilgi Yangi 2019-yilni o'zgacha kutib olishni niyat qilishdi va bir yoqadan bosh chiqarib ko'tarinki ruhdagi Yangi yil shukuhini barchaga ulashishdi.Yangi yil oqshomi nafaqat, bayram shodligini ulashdi balki talaba-yoshlar orasidan yangi iqtidorlarni kashf etdi, talabalarni o'zaro do'stlikka chorladi hamda universitetimiz talabalari nimalarga qodir ekanliklarini barchaga ko'rsatdi. Universitet rahbaryati, yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori O.A.Qo'ysinovga va universitet yoshlar ittifoqi yetakchisi S.Ismoilxonovga shuningdek, tadbirda alohida jonbozlik qilgan Pedagogika va psixologiya fakultetining eng iqtidorli va faol talabasi N. Matkarimova hamda boshqa tashkilotchi talabalarga alohida rahmat deb qolamiz. Bu bayram tadbiri yuqori saviyada bo'lib o'tdi deb o'ylaymiz. Bu bayramda eng e'tiborga loyiq jihati "E'tirof-2018" loyihasi bo'ldi. Ayni shu loyihada talabalarning ustozlarga e'tirofi bo'ldi! Yil davomida o'z mehnati bilan talabalar hurmatini qozongan ustozlar munosib taqdirlandi. Yangi yil bazmi universitet tarixidagi eng ajoyib va esda qolarli voqea bo'ldi deb o'ylaymiz. Bu bayram oqshomi keyingi yosh avlodga mana shunday shukuhdagi bayramlarning debochasidir.