Yangi yil bayrami munosabati bilan Yangi yo‘l tumanidagi 11-ixtisoslashgan hamkor muassasada sovg‘alar ulashildi

2018-yil 26-dekabr kuni Maxsus pedagogika fakultetining Logopediya, Oligofrenopedagogika va Surdopedagogika kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda talabalar tomonidan Yangiyo‘l tumani 11-yordamchi maktabiga “Yangi Yil bayrami” munosabati bilan tashrif uyushtirildi.

2018-yil 26-dekabr kuni Maxsus pedagogika fakultetining Logopediya, Oligofrenopedagogika va Surdopedagogika kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda talabalar tomonidan Yangiyo‘l tumani 11-yordamchi maktabiga “Yangi Yil bayrami” munosabati bilan tashrif uyushtirildi. Professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bolajonlar kayfiyatini ko‘tarish uchun barcha o‘quvchilarga sovg‘alar ulashdilar. Bolalar juda ham xursand bo‘ldilar. Kafedralarning professor-o‘qituvchilari yordamchi maktab pedagogik jamoasini qiziqtirgan savollarga javob berdilar va metodik tavsiyalar berdilar. Istiqbol rejalar muhokama qilindi.