Chilonzor tumanidagi 4 -sonli maktab internatiga tashrif

"Yosh faylasuf " to‘garagi a'zolari RN-202, 302-A, TS-203 guruh talabalari Chilonzor tumanidagi 4 -sonli maktab internatiga nogiron bolalarni Yangi yil bayrami bilan tabriklash uchun tashrif buyurdilar.

Xalmetova Shaxlo Abdugafurovna boshchiligidagi "Yosh faylasuf " to‘garagi a'zolari RN-202, 302-A, TS-203 guruh talabalari Chilonzor tumanidagi 4 -sonli maktab internatiga nogiron bolalarni Yangi yil bayrami bilan tabriklash uchun tashrif buyurdilar. Uchrashuv o'quvchilar bilan o'yin shaklida quvonchli tanishuv bilan boshlandi. Musobaqaning birinchi bosqichi qiziqarli boshlanib, kapitanlarning boshchiligidagi jamoalar Yangi yil mavzusida rasmlar chizdilar. Musobaqaning ikkinchi bosqichida har bir kapitan o'z jamoasining afishasini taqdim etdi. Shundan so'ng g'olib va sovrindorlarni aniqladilar, barcha bolalar kitoblar bilan taqdirlandi va raqslar bilan yakunlandi. Bayram kechasi oxirida bolalarga sovg'alar topshirildi. Uchrashuv samimiy va mehmondo'st muhitda o'tkazildi. Tadbir talabalar va bolalarda yaxshi taassurot qoldirdi.