Ozarbayjon Respublikasining poytaxti Baku shahrida navbatdagi VI xalqaro Baku gumanitar forumi bo‘lib o`tdi

2018 yil 25-26 oktyabr kunlari Ozarbayjon Respublikasining poytaxti Baku shahrida navbatdagi VI xalqaro Baku gumanitar forumi bo‘lib o`tdi.

2018 yil 25-26 oktyabr kunlari Ozarbayjon Respublikasining poytaxti Baku shahrida navbatdagi VI xalqaro Baku gumanitar forumi bo‘lib o`tdi. Forumda 80 - ta davlat vakillari, jami 800 - dan ziyod kishi ishtirok etdi. Unda, O‘zbekiston Respublikasi vakillari orasida “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori t.f.d., professor E.Z.Nuriddinov qatnashdi. Ushbu forum - “Формирование нового мира и нового человека: творчество и развитие человека” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Forumning yalpi majlisida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilxom Aliyev maruza bilan chiqdi. Shundan so‘ng xalqaro tashkilotlar va turli davlat vakillari so‘zga chiqdilar. Yalpi majlistan so‘ng, Forum bir nechta yalpi sessiyalarga va shubalarga bo‘lingan xolda o‘z ishini davom ettirdi. Jumladan: - Birninchi yalpi sessiya “Образование и наука в контексте развития человеческого капитала” mavzusida Haydar Aliyev markazida bo‘lib o‘tdi; - Ikkinchi yalpi sessiya “Инновatsiи как новие источники для креативной экономики” mavzusida Haydar Aliyev markazida bo‘lib o‘tdi; - Uchinchi yalpi sessiya “Бакинский протсесс – Развитие межкултурного диалога в селях обеспечения безопасности человека, мира и устойчивого развития: уроки и перспективы десяти лет” mavzusida Absheron mehmonxonasining “Sharq 1” zalida bo‘lib o‘tdi; - “Инвеститсии в будущее: к устойчивому и инклюзивному развитию” mavzusidagi uchrashuv Ozarbayjon diplomatiya akademiya universitetida bo‘lib o‘tdi; - “Политика дезинформатсии – угрозы стабилности в современном мире” mavzusidagi uchrashuv Absheron mehmonxonasining “Xodjasan” zalida bo‘lib o‘tdi; - “Усиление регионалного сотрудничества для достижения селей в области устойчивого развития” mavzusidagi uchrashuv Fayrmont Baku mehmonxonasining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida o‘z ishini olib borgan sessiya va yig‘ilishlarda “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori t.f.d., professor E.Z.Nuriddinov qatnashib, so‘ngi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan isloxotlar va jumladan inson xuquqlarini ximoya qilish borasida olib borilayotkan amaliy ishlar yuzasidan ma’lumotlar berdi va muhokama qilinayotgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori, t.f.d., professor E.Z.Nuriddinov VI xalqaro Baku gumanitar forum ishtirokchisi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilxom Aliyevning VI xalqaro Baku gumanitar forum ochilishidagi nutqi. 2018 yil 25 oktyabr. “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori, t.f.d., professor E.Z.Nuriddinov VI xalqaro Baku gumanitar forumi o‘tkazilgan Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat saroyi oldida.