“Ozarbayjon madaniyat va adabiyot haftaligi”

2018 yil 8-9 noyabr kunlari “Ozarbayjon madaniyat va adabiyot haftaligi” bo`lib o`tdi.

2018 yil 8-9 noyabr kunlari “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati hamda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyat va adabiyot haftaligini tashkil etildi. Tadbir Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning birinchi kuni universitet binosining fayesida Ozarbayjon Respublikasining tarixi, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, adabiyot va tasviriy san’atini ifoda etuvchi foto suratlar hamda ko‘rgazmalar namoyish qilindi. Ko‘rgazma bilan keng jamoatchilik, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Nizomiy nomidagi TDPU binosida O‘zbekistonda “Ozarbayjon madaniyat va adabiyot haftaligi”ga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishish jaryoni. 2018 yil 8 noyabr.

Tadbirning ikkinchi kuni O‘zbekistonda “Ozarbayjon madaniyat va adabiyot haftaligi” doirasida “Guseyn Djavida ijodi – jahon dramaturgiyasi namoyondasi» mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkil etildi. Ushbu tadbirda Ozarbayjon Respublikasidan tashrif buyurgan vakillar, jumladan: “Kaspiy” gazetasining rahbari, filologiya fanlari doktori, shoir Sona Veliyeva, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi, filologiya fanlari doktori, professor Kamron Aliyev va filologiya fanlari doktori Azer Turan ishtirok etdilar. Konferensiya boshlanishi oldida, odatga binoan Ozarbayjon Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar, “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati a’zolari, O‘zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi hodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar, Nizomiy Ganjaviy xaykali ostiga gul chambar qo‘yish marosimini amalga oshirdilar. Shundan so‘ng, universitetda tashkil etilgan “Ozarbayjon madaniyati” xonasini ko‘zdan kechirdilar. Nizomiy nomidagi TDPU oldidagi Nizomiy Ganjaviy xaykali ostiga konferensiya ishtirokchilarining gul chambar qo‘yish marosimi. 2018 yil 9 noyabr. Nizomiy nomidagi TDPU oldidagi Nizomiy Ganjaviy xaykali ostiga konferensiya ishtirokchilarining gul chambar qo‘yish marosimi. 2018 yil 9 noyabr. Nizomiy nomidagi TDPU oldidagi Nizomiy Ganjaviy xaykali oldida konferensiya ishtirokchilarining esdalik rasmi. 2018 yil 9 noyabr. Nizomiy nomidagi TDPUda tashkil etilgan “Ozarbayjon madaniyati” xonasi bilan tanishish jaryoni. 2018 yil 9 noyabr. Rasmiy marosim o‘z yakuniga yetkach, universitetning katta zalida konferensiya o‘z ishini boshladi. Konferensiyani, so‘zga chiqqan “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati raisi, Nizomiy nomidagi TDPU rektori, professor Sh.S.Sharipov va O‘zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori S.Abbasovlar, ochiq deb e’lon qildilar. Konfrensiyada, filologiya fanlari doktori, shoir Sona Veliyeva, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiki Baxtiyor Aminiov, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining muhbir a’zosi, filologiya fanlari doktori, professor Kamron Aliev, filologiya fanlari doktori Azer Turan, “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori, tarix fanlari doktori, professor Erkin Nuriddinov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Adxambek Olimbekov, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti professori, filologiya fanlari doktori Xamidulla Baltabaev, tarjimon, shoir, yozuvchi Boboxon Sharif va Alisher Navoi nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Gyulbaxor Ashurovalar qiziqarli va mazmunli ma’ruzalar bilan chiqish qildilar. Nizomiy nomdagi TDPUda tashkil etlgan O‘zbekistonda “Ozarbayjon madaniyat va adabiyot haftaligi” doirasida “Guseyn Djavida ijodi – jahon dramaturgiyasi namoyondasi» mavzusidagi xalqaro konferensiya ochilishi. 2018 yil 9 noyabr. Nizomiy nomdagi TDPUda tashkil etlgan O‘zbekistonda “Ozarbayjon madaniyat va adabiyot haftaligi” doirasida “Guseyn Djavida ijodi – jahon dramaturgiyasi namoyondasi» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari. 2018 yil 9 noyabr. Xalqaro konferensiya ishtirokchilariga “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati raisi, Nizomiy nomdagi TDPU rektori, p.f.d., professor Sh.S.Sharipovning tabrik so‘zi. 2018 yil 9 noyabr. Xalqaro konferensiya ishtirokchilariga “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati raisi, Nizomiy nomdagi TDPU rektori, p.f.d., professor Sh.S.Sharipovning tabrik so‘zi. 2018 yil 9 noyabr. Xalqaro konferensiya ishtirokchilariga O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori S.Abbasovning tabrik so‘zi. 2018 yil 9 noyabr. Xalqaro konferensiya ishtirokchisi O‘zR Fanlar akademiyasi akademiki B.Aminov ma’ruzasi. 2018 yil 9 noyabr. Xalqaro konferensiya ishtirokchisi Ozarbayjon Respublikasidan tashrif buyurgan olima, filologiya fanlari doktori, shoir Sona Veliyevaning ma’ruzasi. 2018 yil 9 noyabr. Xalqaro konferensiya ishtirokchisi Ozarbayjon Respublikasidan tashrif buyurgan olima, filologiya fanlari doktori, shoir Sona Veliyevaning ma’ruzasi. 2018 yil 9 noyabr. Xalqaro konferensiya ishtirokchisi Ozarbayjon Respublikasidan tashrif buyurgan olima, filologiya fanlari doktori, shoir Sona Veliyeva, “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati raisi, Nizomiy nomdagi TDPU rektori, p.f.d., professor Sh.S.Sharipovga estalik sovg‘asini topshirmoqta. 2018 yil 9 noyabr. “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati raisi, Nizomiy nomdagi TDPU rektori, p.f.d., professor Sh.S.Sharipov tomonidan Xalqaro konferensiya ishtirokchisi Ozarbayjon Respublikasidan tashrif buyurgan olima, filologiya fanlari doktori, shoir Sona Veliyevaga estalik sovg‘asi, milliy chopon topshirish jarayoni. 2018 yil 9 noyabr. Xalqaro konferensiya ishtirokchisi O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Adxambek Olimbekov ma’ruza paytida. 2018 yil 9 noyabr. Xalqaro konferensiya ishtirokchisi Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining muhbir a’zosi, filologiya fanlari doktori, professor Kamron Aliyev ma’ruza paytida. 2018 yil 9 noyabr. Xalqaro konferensiya ishtirokchisi Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining muhbir a’zosi, filologiya fanlari doktori, professor Kamron Aliev, “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati raisi, Nizomiy nomdagi TDPU rektori, p.f.d., professor Sh.S.Sharipovga estalik sovg‘asini topshirmoqta. 2018 yil 9 noyabr. “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati raisi, Nizomiy nomdagi TDPU rektori, p.f.d., professor Sh.S.Sharipov, O‘zbekistonda “Ozarbayjon madaniyat va adabiyot haftaligi” kunlarini tashkil etishdagi xizmatlari uchun O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasovni Fahriy yorliq bilan taqdirlamoqta. 2018 yil 9 noyabr. Xalqaro konferensiya ishtirokchilarining estalik surati. 2018 yil 9 noyabr. Konferensiya yakunida, O‘zbekistonda “Ozarbayjon madaniyat va adabiyot haftaligi” tashkil etilganligi, qardosh xalqlar bir birlarining madaniyat va adabiyot sohasidagi yutuqlari bilan yaqindan tanishi uchun qulay imkoniyat yarataolganligi va bunday tadbirlar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona rishtalarini mustahkamlanib borishi uchun xizmat qilishi aloxida ta’kidlandi. Ta’kidlash joizki, “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati tomonidan tashkil etilayotgan va O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlikda o‘tkazib kelinayotgan barcha tadbirlar mamlakatimizning “Dunyo bo‘ylab” va “Ma’naviyat va ma’rifat” teledasturlari orqali tasvirga olinib, respublikamiz jamoasiga namoyish etib kelinmoqda.