TDPU 2-kurs talabalari «SHINHAN DREAM FOUNDATION» fondi stipendiyasini qo'lga kiritdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti koreys tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil oluvchi ikki nafar talaba «SHINHAN DREAM FOUNDATION» fondi stipendiyasi sohibiga aylandi. Mazkur loyiha bo‘yicha talabalarga 600 AQSh dollari miqdorida ta’lim stipendiyasi taqdim etiladi.

«FRIENDASIA» Assotsiatsiyasining xalqaro aloqalar hamda xorijiy stipendiyalar loyihasi asosida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Rus tili va adabiyoti fakulteti Koreys tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari Dyu Andrey hamda Kim Natalya «SHINHAN DREAM FOUNDATION» fondining maxsus stipendiyalariga ega bo‘ldi. Toshkent davlat pedagogika universitetida talabalarga sertifikatlarni rasman topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda «SHINHAN BANK» vakillari ishtirok etib, talabalarni yutuqlari bilan qutladi.