Innovatsion pedagogika fakulteti talabalari “Muruvvat” internat uyiga tashrif buyurdi

2018-yilning 24-dekabr kuni Innovatsion pedagogika fakulteti Logopediya yo’nalishi talabalari 1-sonli “Muruvvat” internat uyiga tashrif buyurdi.

2018-yilning 24-dekabr kuni Innovatsion pedagogika fakulteti Logopediya yo’nalishi talabalari 1-sonli “Muruvvat” internat uyiga tashrif buyurdi. Ushbu internatda 4 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan ruhiy va jismoniy imkoniyati cheklangan bolalari tahsil oladi va istiqomat qilishadi. Tashrifdan maqsad, internat tarbiyalanuvchilarini kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklash va imkoniyati cheklangan bolalar bilan muloqot malakasini oshirish.