“Voyaga yetmaganlar bilan ishlashda psixologik-pedagogik xizmatning o‘rni”

“Voyaga yetmaganlar bilan ishlashda psixologik-pedagogik xizmatning o‘rni” mavzusida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi

Toshkent shahar Sergeli tumani xalq ta’limi bo‘limi tomonidan “Voyaga yetmaganlar bilan ishlashda psixologik-pedagogik xizmatning o‘rni” mavzusida o‘quv amaliy seminar uyushtirildi. Seminar-treningdagi “Suitsidal xulq-atvor” deb nomlangan 3-sho‘bani Nizomiy nomidagi TDPU “Umumiy psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari I.I.Raximova hamda Z.H.Kamalovalar olib borishdi. Ushbu seminar-trening jarayonida ishtirokchilarga suitsidal xulq-atvor haqida ma’lumot berildi. Tayyorlab kelingan videoroliklar taqdim etildi. Ishtirokchilar bilan birgalikda “Suitsidal xulq-atvor”ni oldini olishga qaratilgan psixologik trening o‘tkazildi. Trening so‘ngida ishtirokchilar ushbu treningdan olgan bilimlarini mustahkamlash uchun pedagogik texnologiyalardan foydalanildi. Seminar-trening mazmunli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tganligini ishtirokchilar ta’kidlab o‘tdilar.