Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi notiqlik san’ati bo`yicha navbatdagi tanlovni e`lon qiladi

Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi O`zbekiston Respublikasidagi oliy o‘quv yurtlarining nemis tilini o‘rganuvchi talabalari o‘rtasida notiqlik san’ati bo‘yicha navbatdagi tanlovni e’lon qiladi.

Hurmatli rektor janoblari! Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi O`zbekiston Respublikasidagi oliy o‘quv yurtlarining nemis tilini o‘rganuvchi talabalari o‘rtasida notiqlik san’ati bo‘yicha navbatdagi tanlovni e’lon qiladi. O‘zining 2019-yil 14-yanvardagi 25/2019-sonli notasida elchixona O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga rejalashtirilayotgan tadbir haqida ma’ lumot bergan. O‘tgan yillardagi kabi tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich ishtirokchi oliygohda ta’lim olayotgan talabalar o‘rtasida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ikkinchi bosqich ishtirokchisini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqich 2019-yil 4-mart kuni Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi majlislar zalida o‘tkaziladi (Sharof Rashidov ko‘chasi, 15). Tanlovdan ko‘zlangan maqsad quyidagicha: • O‘zbekistonda nemis tili rivojiga hissa qo‘shish • Global ahamiyatga ega bo‘lgan zamonaviy muammolarga talabalar e’tiborini qaratish • Talabalarning ma’lum bir masala borasida o‘z nuqtai nazarlarini nemis tilida ifoda etish mahoratini rivojlantirish G‘oliblar quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi: • tilni bilish • tanlangan mavzuni yoritish • notiqlik san’ati: nutq strukturasi • ritorika vositalarini qo‘llash, intonatsiya Tanlov mavzulari: 1. Was ist das Besondere am Navruz-Fest? Welche Brauche gibt es und wie feiern Sie es personlich? Welchen deutschen Feiertag konnte man mit dem Navruz Fest vergleichen? Navruz bayrami mohiyati nimada? Qanday urf-odatlar bor va shaxsan Siz ularni qanday nishonlaysiz? Qaysi nemis bayramini Navruz bayrami bilan taqqoslash mumkin? 2. Kann man Geschichte einfach neu bauen oder geht nicht eher durch den Abriss von alten Gebauden auch die Geschichte einer Stadt verloren? Tarixni shunchaki yangidan qurish mumkinmi yoki eski imoratlarni buzish orqali shaharning tarixi yo‘qolmaydimi? 3. Im Mai wird der Bundesprasident Usbekistan besuchen. Welche Impulse erwarten Sie von dieser Reise, in welchen Bereichen konnen die deutsch-usbekischen Beziehungen besonders wachsen? Wo sehen Sie eventuelle Schwierigkeiten? May oyida Germaniya prezidenti O’zbekistonga tashrif buyuradi. Ushbu tashrifdan nimalarni qutyapsiz, qaysi sohalarda nemis-o’zbek aloqalari kuchayishi mumkin? Qaysi yo’nalishlarda ma’lum qiyinchiliklarni ko‘ryapsiz? 4. Ablauf eines Studiums in Usbekistan und eines Studiums in Deutschland. Worin sehen Sie die Vor- und Nachteile des jeweiligen Systems? O’zbekiston va Germaniyadagi oliy ta’lim o’rtasidagi farq. Ikkala tizimning afzallik va kamchiliklari nimadan iborat deb o’ylaysiz? Har bir ishtirokchi yuqorida keltirilgan mavzulardan biriga o‘z nutqini (5 daqiqagacha) oldindan tayyorlashi lozim. Plakatlar va Power-Point taqdimotlaridan foydalanilmasligini so‘rab qolamiz. Tanlov ishtirokchisiga qo‘yiladigan talablar: • nemis tili bo‘yicha mukammal bilim • oliygohning 3 yoki 4-kursida o‘qish • o‘tgan yillar g‘oliblari va ishtirokchilari tanlovda qaytadan ishtirok ETMAYDILAR. Tanlovning ikkinchi bosqich dasturi: 08.02.2019 — oliygoh miqyosidagi bosqich g‘olibining ism-sharifini ma’lum qilish 03.03.2019 — ishtirokchilarning Toshkentga safari, ularning joylashishi 04.03.2019 — soat 7.30 - elchixonaga kirish soat 8.15 - Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi majlislar zalida tanlovning boshlanishi soat 20.00 - g‘oliblarni taqdirlash marosimi va xayrlashuv ziyofati 05.03.2019 — ishtirokchilarning qaytib ketishi. Sizdan dastlabki tanlovni o‘tkazishingizni va 2019-yil 8-fevral sanasigacha quyidagi ma’lumotni yozma ravishda taqdim etishingizni so‘raymiz: 1. ikkinchi bosqichda ishtirok etish uchun oliygohingizdagi tanlov g‘olibining ism-sharifi, uning E-mail manzili va uyali telefon raqami; 2. tanlangan nomzod qancha vaqtdan buyon nemis tilini o‘rganib kelmoqda? Uning nemis tilini bilish ehtimoliy darajasi haqida ma’lumot berishingizni so‘raymiz. Viloyatlardan keladigan ishtirokchilarning yo‘l xarajatlari hamda Toshkentda ovqatlanish va yashash bilan bog‘liq xarajatlar Germaniya tomonidan qoplanadi. Sizning ko‘magingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiraman va ushbu loyihani birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshiramiz deb niyat qilaman. Hurmat ila, Kristofer Fuks Elchi o‘rinbosari