"O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyatining navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

2019-yil 17-yanvar kuni majlislar zalida “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyatining navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

2019-yil 17-yanvar kuni majlislar zalida “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyatining navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda, jamiyat a’zolari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi vakillari ishtirok etdilar. Kun tartibiga binoan “O‘zbekiston – Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori, professor E.Z.Nuriddinovning jamiyat tomonidan 2018-yil davomida olib borilgan ish faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi. Yig‘ilishda, jamiyat a’zolarining tarkibi qayta ko‘rib chiqilib yangi a’zolar qabul qilindi. Shuningdek, jamiyatning 2019-yilda amalga oshiriladigan ishlari muxokama etilib, O‘zbekistondagi H.Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan yaqin hamkorlik ishlarni olib borganda, o`tkaziladigan madaniy-ma’naviy tadbirlarga mamlakatimizning keng jamoasini jalb etish takliflari kiritildi. Muxokama jarayonida ko‘tarilgan takliflarni xisobga olgan holda “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyatining 2019-yilgi rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.